tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2202
Last Update:
🦠 Yaqinda Telegramda tarqayotgan ToxicEye nomli troyan virusi haqida yozgan edik. Ushbu mavzuda kod.ru ham maqola yozibdi va shu maqolaga asoslangan holda o'z postimizga qo'shimchalar kiritmoqchimiz.
🤔 Xakerlar nega aynan Telegramdan foydalanishmoqda? Sababi:
🛡 Telegram virusga qarshi himoya bilan ta'minlanmagan;
📞 Telegram sizdan faqat telefon raqam so'raydi va bu kiberjinoyatchilarning anonim qolishi uchun imkoniyatdir;
🌎 Xakerlar dunyoning istalgan burchagidan turib zararlangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni tezda ola oladilar va viruslarni oson tarqatadilar.
👨💻 Check Point Software Technologies tadqiqotchisi Idan Sharabi Telegram foydalanuvchilarini zararli e-maillardan ehtiyot bo'lishga chaqirdi.
🤕 Agar siz ToxicEye bilan zararlangan bo'lsangiz (yoki shunchaki ehtiyot chorasi sifatida tekshirib qo'yganingiz yaxshi) kompyuteringizda C:/Users/ToxicEye/ manziliga o'ting va rat.exe
faylini bor yoki yo'qligini tekshirib ko'ring.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2202