tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2203
Last Update:
HTTP 🆚 HTTPS
🌐 Brauzerda "suzuvchilar" e'tibor bergan bo'lishlari mumkinki, ayrim saytlar https:// bilan ayrimlari esa http:// bilan boshlanadi.
🛡 HTTP bilan HTTPS orasidagi eng katta farq - bu xavsizlikdir. HTTPS saytlari himoyalangan bo'ladi, HTTP bilan boshlanadigan saytlar esa himoyalanmagan bo'ladi.
📄 HTTPS saytlarida SSL sertifikati bo'ladi va bu esa https:// saytlari himoyalanganining dalolatidir.
HTTP saytlarida bunday sertifikat bo'lmaydi.
🔓 Agar siz HTTP saytlariga ma'lumotlaringizni kiritsangiz, masalan, "parol: kompyuter_bilimlari
", xakerlar buni bemalol ko'ra oladilar ya'ni sizning ma'lumotlaringiz shifrlanmaydi.
🔒 HTTPS saytlarida esa sizning ma'lumotlaringiz shifrlanadi va kiberhujumchilar sizning ma'lumotlaringiz o'rniga mana bunga o'xshagan narsalarni ko'radilar: T8UV81pQfyhDkhebbz7+oiwldr1j2gHBB3L3RFTRsQCpaSnSBZ78Vme
🤓 Xulosa: Hech qachon http:// bilan boshlanadigan saytlarga o'z ma'lumotlaringizni kiritmang!
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2203