tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2277
Last Update:
Windows konsept dizaynlari
🤯 Ba'zan obunachilarimiz orasida "Windows 11 chiqibdi!" yoki "2021-yilda Windows 20 chiqar ekan!" degan gap so'zlar eshitib qolamiz.
✖️ Yo'q, do'stlar, bizda hozircha yangi chiqishi kutilayotgan Windows 10X OS bor xolos, u ham bo'lsa yoz oyi o'rtalariga kechiktirilgan.
🎨 Windows 11, 12... va hokazolar esa hali beri chiqmasligi aniqroq, siz ular haqida ko'rgan videolar esa "konsept dizaynlar" deyiladi, ya'ni bular dizaynerlar tomonidan ilhomlanib tayyorlangan hayoliy dizaynlardir.
🤗 Microsoft hozirda Windows 10-ni yanada mukammalashtirishda ish olib bormoqda va shu yil oktabr oyida bizni "Sun Valley" nomli juda katta o'zgarishlar, yangilanishlar kutmoqda.
🔗 Qiziquvchanlar uchun quyida Youtube-dagi Windows konsept dizaynlarini qoldiramiz:
• Windows 21 konsepti: link
• Windows 20 konsepti: link
• Windows 13 konsepti: link
• Windows 12 konsepti: link
• Windows 11 konsepti: link
• Windows 10 Sun Valley konsepti: link
• Windows 7 2020 konsepti: link
• Windows qayta tasavvur (konsept): link
• Agar Windows-ni Apple yaratganda qanday bo'lar edi (konsept): link
😉 Shuningdek, Windows-ni "dodasi" bo'lgan Windows 95 OS-ni o'z kompyuteringizda "his qilib" ko'rishingiz mumkin. Batafsil: link
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2277