tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2407
Last Update:
Disk qismlari
➗ Disk Management menyusidagi qismlari aslida 5 qismga bo'linganiligi haqida gaplashgan edik.
💿 Disk necha qismga bo'linishi hammada har xil bo'lishi mumkin va bu o'zingizga ham bog'liq.
💻 Hech qanday qismlarga bo'linmagan yangi diskli kompyuterga, Windows o'rnatayotganingizda Windows o'zi uchun diskni qismlarga bo'lib oladi.
▶️ 1-qism va yashirib qo'yilgan 2-qismlar kompyuter boot bo'lishi, ya'ni yonishi uchun ishlatiladigan disklar hisoblanadi. Agar siz bu disklarni birontasini o'chirib yuborsangiz kompyuteringiz umuman yonmay qoladi. (100 + 16 MB)
💠 3-qism bu siz Windows o'rnatgan qism. (128 GB)
♻️ 4-qism esa kompyuterda biron muammo bo'lib sistema ishdan chiqqan vaqtda Windows o'zini-o'zi to'g'rilab, tiklab olishi uchun ishlatadigan disk qismi. Shunday ekan buni ham o'chirib yuborish maslahat berilmaydi. (500 MB)
💾 Oxirgi qism esa ortiqcha disk qismi, ya'ni D disk. (336 GB)
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2407