tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2497
Last Update:
Nimaga Windows 8 va 10-da startup ovozlari yo'q?
🎞 Windows foydalanuvchilarini tadqiqotchisi Jensen Harris o'zining YouTube sahifasiga nima uchun Windows 8 va 10-ning startup ovozlarini "o'ldirgan"ligi haqidagi videoni joyladi. Unda siz startup ovozlari qanday paydo bo'lganidan boshlab, nima uchun o'chirib qo'yilganicha batafsil bilib olishingiz mumkin.
💻 Jensen Harris odamlar kompyuterlarini qayerlarda ko'proq ishlatishlari haqida izlanishlar olib borgan. Uning aytishicha, hozirgi kunda stol kompyuterlaridan ko'ra noutbuklar ko'proq sotilmoqda. Albatta, ular telefondan keyingi eng sevimli "ovunchog'imiz" bo'lib qolgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Kimdir ofisda, kimdir kafelarda, kimdir kutubxonalarda o'z noutbuklaridan foydalaniladi va endi tasavvur qilib ko'ring: ommaning ichidasiz, kompyuteringiz yoqdingiz va birdan startup ovozi jarangladi, hamma sizga 3 soniyaga bo'lsada qaraydi va albatta bu barchamizni noqulay vaziyatga tushirib qo'yadi.
👨🏼🦲 Jensen Harris ham o'zining Macbook Pro noutbuki bilan bo'lgan voqeani aytib berdi:
"Voqea tun vaqtida yuz bergan edi. Bizning yangi chaqalog'imiz bor edi. Men tun yarmida kompyuterimni internet uchun yoqmoqchi edim, lekin noutbuk ovozi o'chirilganmi yoki yo'q eslolmas edim. Tushindimki, menda kompyuter yoqish tugmasini bosish va C majordagi jarangdor startup ovozni eshitish yoki eshitmaslik va uxlayotgan chaqalog'imizni uyg'otib yubormaslik imkoniyati 50/50 edi va men tavakkal qilishdan ko'ra, noutbukni yoqmaslikka qaror qilgandim. O'sha daqiqada ichimda bir nima chaqnadi va startup ovozining bo'lishi kunning istalgan vaqtida kompyuterdan foydalanadiganlar uchun yomon xususiyat ekanligini tushundim va Windows 8-dan ovozni o'chirish uchun jamoamni yig'dim."
🔉 Startup ovozlari Windows 10-da butunlay olib tashlanmagan. Ular shunchaki o'chirib qo'yilgan. Yoqish uchun:
🔍 pastki chap burchakdagi qidiruv maydonida change system sounds
deb qidiring va natijadagi dasturga kiring. Play Windows Startup sound-ni belgilab qo'ying va Apply-ni bosing va OK-ni bosing.
◼️ Kompyuteringizni o'chiring.
◻️ Kompyuteringizni yoqing.
🤤 Nostalgia shunday emasmi?
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2497