tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2630
Last Update:
Nimaga Windows 11 uchun minimum talablar boshqa Windows versiyalariga qaraganda ko'proq?
๐ป Windows 11 taqdim qilinganidan keyin, u uchun talab qilinadigan kompyuterlar Windows 10'nikiga qaraganda ikki barobar kuchliroq bo'lishi kerakli ma'lum bo'ldi. Lekin nega?
๐งโ๐ป Bir haftalik Windows 11'ning 22000.51 versiyasidan foydalanishdan so'ng nima uchun Windows 11 uchun minimum talablar yuqori ekanligini ayta olaman deb o'ylayman.
๐ฅ Eng birinchi navbatda animatsiyalar. Windows 11'da animatsiyalar juda ko'p. Windows 11'da har bir menyu ochilishi va yopilishida ikki-uchta animatsiyalar bor. Albatta, animatsiyalar "silliq" ishlashi uchun kompyuter biroz kuchliroq bo'lishi kerak.
๐ Ikkinchidan, TPM nima uchun kerak? Windows 10'ga o'xshamagan holda, Windows 11 TPM talab qiladi. Trusted Platform Module - bu xavfsiz kriptoprotsessor, ya'ni o'rnatilgan kriptografik kalitlar orqali qurilmani himoya qilish uchun mo'ljallangan maxsus mikrokontroller. Bu xavfsizlik uchun va bu so'nggi 3 yilda ishlab chiqarilgan ko'plab Intel va AMD protsessorlarida mavjud.
๐ฑ Android ilovalar o'qish funksiyasi. Albatta hozirgi Windows 11 beta versiyada xususiyat mavjud emas, ammo siz kompyuteringizga Bluestacks yoki boshqa Android emulatorlari o'rnatib ko'rgan bo'lsangiz, bilasizki bu kompyuter uchun biroz "og'ir" va Windows 11'ning bu kabi funksiya bilan kelishi albatta kuchliroq kompyuter talab qiladi.
๐ฎ Gaming. Windows 11 taqdimotida Windows 11 gaming'da eng zo'ri ekanligi ta'kidlandi. Shunisi ma'lumki, so'nggi vaqtlarda chiqarilayotgan o'yinlar juda kuchli kompyuterlarni talab qiladi va albatta eng avvalo sistema yaxshi ishlasa, unda "maza qilib" o'yin o'ynash mumkin. Sistema yaxshi ishlashi uchun esa yaxshiroq kompyuter kerak.
๐ Lekin... Lekin ko'pchilik Windows 11 Insider bo'lganlar bilishdiki, garchi kompyuter Windows 11 minimum talablariga javob bermasa ham uni o'rnatish mumkin. Siz Windows 11'ni so'nggi 3-4 yilda chiqqan kompyuterlarga o'rnatishingiz mumkin, ammo kompyuter kuchsizroq bo'lsa sizda asab buzilishlari bo'lishi mumkin)
โ๏ธ Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.
ยฉ๏ธ Birinchi raqamli Windows blog: @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2630