KOMPYUTER_BILIMLARI Telegram 2634
Windows - macOS - Linux

📊 Yuqoridagi so'rovnomamizda kanalimiz obunachilari ko'pchiligi Windows'dan foydalanishlari sababmi, Windows OS ko'proq ovoz yig'ibdi. Tabiiyki, macOS va Linux foydalanuvchilari kanalimizda kamroq. Xo'sh, qaysi OS yaxshiroq? Quyidagilarni o'qib, o'zingiz xulosa qilavering.

🖥 Keling, barcha maqtaydigan macOS'dan boshlaymiz. To'g'ri dizaynga gap yo'q, ishlashi ham tez, xavfsizligi zo'r. Lekin macOS bilan siz o'zingizni hashamatli qasrda qamalib qolgandek his qilasiz. Hech o'ylab ko'rganmisiz nima uchun macOS tez ishlaydi? Chunki u faqat Apple'ning kuchli Macbook'lari va iMac'larida ishlaydi. Qani uni o'zingizni Acer, HP yoki boshqa xarakteristikasi o'rtacha noutbukingizga o'rnatib ko'ringchi. Garchi buni iloji bo'lmasa ham, natijani aytish qiyin emas, shunday emasmi? Nima uchun macOS xavfsiz? Chunki unga siz xohlagan dasturlaringizni o'rnata olmaysiz. Albatta, bu xavfsizlikning bir chekkasi. Undan tashqari, tizim sozlamalarini o'zingiz xohlagandek o'zgatira olmaysiz. Aytganimizdek, macOS faqat Apple noutbuk va kompyuterlarida ishlaydi va ularni sotib olish sizga qimmatga tushadi va uning qimmatligi, faqat puli bor odamning sotib olishi, O'zbekistonda sotib olishga qurbi yetadiganlarning juda ko'p emasligi sabab biz uchun u juda qadrli bo'lib qolgan.

🐧 Linux'ga keladigan bo'lsak, uning qo'llab-quvvatlovchilari faqat developer'lar va havaskor xakerlar. Nima uchun? Chunki undan foydalanish boshqa OS'larga qaraganda biroz qiyinroq. Lekin Linux bilan hatto 90-yillardagi kompyuterlar ham "uchib" ishlaydi. Ochiq-kodli va eng muhimi bepul. Albatta, unda ham cheklanishlar mavjud. Linux'ga ham istagan dasturlaringizni o'rnata olmaysiz. Shuningdek, siz juda ko'p amallarni Linux terminalida sudo bilan bajarishga mahkumsiz.

💠 Windows - nima uchun har doim yomon? Windows'ni ko'pchilik ta'mirtalab deydi. Nimaga Windows qotadi? Chunki u istalgan kompyuterga o'rnatiladi. Kompyuter Windows'ni ko'taradimi, yo'qmi foydalanuvchining ishi yo'q. Windows'ni xarakteristikasi Macbook'nikidek kompyuterga o'rnating va ishlatib ko'ring. Endi ham u qotmoqdami? Endi ham u sekin ishlamoqdami? Albatta yo'q! Nimaga Windows buzilib qoladi yoki xavfsiz emas? Chunki uni siz crack aktivatsiyasidan tortib, crack dasturlargacha o'rnatib ishlatasiz. Hattoki, kompyuteringizdagi ESET antivirusi ham crack bo'lib yotibdi. Interfeysiga kelsak, Windows 10 macOS'dek chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin oddiy foydalanuvchi uchun Windows 10 keragidan ortiq chiroyli, va sodda. O'rnatishidan tortib, foydalanishingizgacha barchasi oson. Keragidan ortiq erkinlik va qulaylik mavjud. Windows'ni macOS'dan o'g'irlaydimi? Lekin macOS ham Windows'dan o'g'irlagan narsalar yo'q emas.

🌍 Dunyo aholisining 30 foizdan ortig'i kompyuterlarida Windows'dan foydalanishadi. macOS foydalanuvchilari esa 16 foizdan ortiq. Linux'dan dunyo bo'ylab 1 foizdan ko'proq odam foydalanadi.

😉 Endi o'zingiz aytingchi qaysi OS yaxshiroq?

©️ Birinchi raqamli Windows blog: @kompyuter_bilimlari

tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2634
Create:
Last Update:

BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2634

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

As of Thursday, the SUCK Channel had 34,146 subscribers, with only one message dated August 28, 2020. It was an announcement stating that police had removed all posts on the channel because its content “contravenes the laws of Hong Kong.” Those being doxxed include outgoing Chief Executive Carrie Lam Cheng Yuet-ngor, Chung and police assistant commissioner Joe Chan Tung, who heads police's cyber security and technology crime bureau. Your posting frequency depends on the topic of your channel. If you have a news channel, it’s OK to publish new content every day (or even every hour). For other industries, stick with 2-3 large posts a week. Clear Just as the Bitcoin turmoil continues, crypto traders have taken to Telegram to voice their feelings. Crypto investors can reduce their anxiety about losses by joining the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram.
from us

Telegram Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
FROM American