tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2723
Last Update:
Antiviruslar haqida
🛡 Xo'sh, yuqorida so'rovnoma o'tkazgandik. 1200 dan ortiq kompyuter foydalanuvchilari ESET'dan foydalanishar ekan. Bu albatta kutilgan natija edi. Chunki bizda ko'plab kompyuter ustaxonlarida yangi noutbuk yoki kompyuter sotib olsangiz yoki sistema qildirsangiz ustaxonadagilar sizga ESET o'rnatib berishadi va miyamizga ESET brendi o'rnashib qolgan.
🦾 Hozirgi kunda deyarli barcha antiruslar yaxshi ishlaydi, ammo dunyo bo'ylab eng zo'r antiviruslar kuchli uchligini Bitdefender, McAfee va Norton antiviruslari band qilgan.
😂 Va shunisi aniqki bizda hech kim ma'lumotlarini himoyalash uchun antivirusni sotib olmaydi. Aksincha, crack, piratskiy yoki o'g'irlanganlaridan (ESET) foydalanishadi. Yana Google ularning ma'lumotlaridan foydalanishidan qo'rqib ham qo'yishadi.
🆓 Unda nima qilish kerak? Bepul antiviruslardan foydalaning. Avast, Avira va AVG sizga yordam beradi. Ma'lumot uchun Avast kuchli antiviruslar top o'nligiga kiradi.
🧐 O'zi kompyuterda antivirus kerakmi? Agar siz internetda faqat ishonchli manbalardan, saytlardan foydalansangiz va kompyuteringizga begona qurilmalarni kamroq ulasangiz unda sizga antivirus unchalik kerak emas. Aksincha esa antivirus o'rnatib oling.
❓ Antiviruslar haqida savolingiz bo'lsa izohlarda qoldiring.
©️ @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2723