tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2849
Last Update:
Endi hamma Windows 11 o'rnata oladi
🔄 Windows 11'ning insayderlar uchun yangi 22000.168
versiyasi bilan birga Microsoft Windows 11 minimum talablariga o'zgartirishlar kiritganini ham ma'lum qildi.
🚫 Microsoft Windows 11'ni taqdim qilganidan beri eskiroq protsessorli kompyuterlarni Windows 11 o'rnatishdan bloklab kelayotgan edi.
🖥 Endilikda 64-bit, 1GHz, ikki yoki ko'proq yadroli protsessor, 4GB RAM, 64GB xotira, Secure Boot va TPM 2.0'ga ega istalgan kompyuterga Windows 11 o'rnatishga Microsoft ruxsat berdi.
💻 Ammo, bunda Microsoft drayverlarning muvofiqligi va tizimning yaxshi ishlashiga javob bermaydi. Shuningdek, Windows 11'ni eski protsessorli kompyuterlarga faqat ISO fayli orqali o'rnatish mumkin, boshqa yo'llar yo'q.
✅ Shu bilan birga Microsoft PC Health Check dasturiga yangilik kiritayotganligini aytdi. Bunda dastur sizga kompyuteringiz nimaga Windows 11'ga to'g'ri kelmasligi haqida ko'proq aytib beradi.
👉 Windows 11 ISO faylini yuklab olish: link
©️ @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2849