tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2923
Last Update:
Watermark (водяной знак) nima?
😖 Ko'pincha rasmlar, videolar va elektron hujjatlarda xira va kulrang rangdagi yozuvlarni ko'ramiz. Masalan, agar Windows operatsion tizimimizni aktivatsiya qilmasak, unda tizimni aktivatsiya qilish kerakligini eslatuvchi watermark paydo bo'ladi. Yoki Bandicam ekran yozib oluvchi dasturi yordamida ekranlarini videoga yozib olganlaridan keyin videoda chiqib qoladigan "www.BANDICAM.com" yozuvi ko'pchilikning asablarini buzganligi aniq.
💦 Watermark - o'zbekchaga o'girsak "suv belgisi" - yozuv, logotip, shtamp ko'rinishida bo'ladi va ulardan mualliflik huquqlarini himoya qilish va mahsulotni haqiqiyligini aniqlash maqsadida ishlatiladi.
🤑 Ularni yo'qotish uchun esa mahsulot sotuvchisini aytganini qilishngiz kerak. Masalan, Windows 10'dagi suv belgisini yo'qotish uchun uni aktivatsiya qilish lozim. Bandicam yordamida yozib olingan videolardagi suv belgisini olib tashlash uchun dasturning premium xizmatidan foydalanishingiz kerak.
©️ @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
![](https://photo2.tgoop.com/u/cdn4.cdn-telegram.org/file/WUiP9RtmS8pterMkPpZcvxOH4AuInZ7pbDcxFJnedg0G3Df5BIi7Pbg9LUmsE6BLWOisyZ9sPVFfq5NSL5oCbvrDkhqgILD0sPNWAzSdFtn7J6ZJZnoR_QPkBebacWzl2A3vz1DNFhIyJ5K1EY9wTbR5HPojEazYBiwxRRgBsnxtiBbNgguKHWRr0rC4ygmmKSApB3IifT4VbUw5m187Qq6jVjX7_c5onY9TslhjedNGWUP8hdpbwYQ5p7ox760i3Hc812ivWcwnuvAgPLZqVTWcAA2Q-S2UFL9h_-QEtWxAXmMPRRHByZsFpIk3Q1Zvm708pzON85z0n5DDoP053Q.jpg)
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2923