tgoop.com/kompyuter_bilimlari/3156
Last Update:
Hibernate - kompyuterning qishki uyqusi
🔋 Quvvat rejimlari - kompyuterni o'chirish, uxlatib qo'yish, qayta yuklash. Undan tashqari kompyuterda yana bir hibernate (qishki uyquga o'xshagan narsa)
rejimi ham bor.
🖥 Kompyuter hibernate qilinganda u o'chadi, lekin to'liq emas va kompyuter uxlaydi lekin to'liq emas. Kompyuter hibernate qilinganda unda qilayotgan ishlaringiz - Word'da ishlayotgan bo'lasizmi, Photoshop'da ishlayotgan bo'lasizmi, farqi yo'q, ular RAM'dan qattiq diskka o'tkaziladi va kompyuter o'chadi. Kompyuterni hibernate'dan yoqilganda esa saqlab qo'yigan qattiq diskdagi sizning ishlaringiz RAM'ga qaytadi va ishingizni davom ettirishingiz mumkin. Ana shunday qilib hibernate funksiyasi bilan tugallanmagan ishlaringizni 24/7, ya'ni doimo saqlab turishingiz mumkin.
💻 Hibernate ko'pincha noutbuklarda foydalaniladi, chunki noutbukda batarea quvvati cheklangan. Noutbukni oddiy uxlatib qo'ygandan ko'ra, hibernate qilgan yaxshi, chunki hibernate qilinganda batareya sarflanmaydi.
©️ @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/3156