tgoop.com/kompyuter_bilimlari/3433
Last Update:
Caps Lock bilan xayrlashamiz!
⬆️ Klaviaturada yozayotgan vaqtingiz tasodifan Caps Lock'ni bosib yubordingiz va bir nechta so'zlar katta harflar yozilib qoldi. Asabni buzadigan holat. Keling shu Caps Lock'ni umuman ishlamaydigan qilib qo'yamiz:
🧑💻 Win + R'ni bosing ochilgan Run oynasiga regedit
'ni kiritib, Enter'ni bosing. Sizga Registry Editor oynasi ochiladi va u yerdan HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\CurrentControlSet\Control\Keyboard Layout
sahifasiga o'ting. U yerga sichqonchaning o'ng tomoni bilan bosib Binary Value (Двоичный параметр) yarating va uni "ScanCode Map
" deb nomlang. So'ng uning parametrlarini 00 00 00 00 00 00 00 00 02 00 00 00 00 00 3A 00 00 00 00 00
'ga o'zgartiring.
🔄 Kompyuteringizga bir marta Restart berganingizdan keyin Caps Lock "o'lib qolganini" ko'rasiz. Agar uni qayta "tiriltirishni" xohlab qolsangiz, shunchaki yaratganingizni o'chirib tashlang.
©️ @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/3433