НИЯТ
Онамни алдадим соппа-соғман деб,
Отамни алдадим: “Пулим бор доим”.
Оғамни алдадим: “Борарман, насиб...”
Мен сени нима деб алдай, Худойим?!
Ғунчани гул дедим – кулди, қувонди,
Булбул деб айтганим чумчуқми, билмам,
Бунда бахт бор дедим, эркам ишонди...
Роббим, энди мени ёлғончи қилма!
Мансур Жумаев
Онамни алдадим соппа-соғман деб,
Отамни алдадим: “Пулим бор доим”.
Оғамни алдадим: “Борарман, насиб...”
Мен сени нима деб алдай, Худойим?!
Ғунчани гул дедим – кулди, қувонди,
Булбул деб айтганим чумчуқми, билмам,
Бунда бахт бор дедим, эркам ишонди...
Роббим, энди мени ёлғончи қилма!
Мансур Жумаев
Forwarded from Suhrob Ziyo
SHOIR
Men Alisher bo‘lib kelgan zamonda,
Husayniy bor edi harnav jahonda.
Oltmish yil hikmatin ayladim insho,
O‘zgardimi-yo‘qmi, bilmadim, dunyo.
Ayroliqlarga ham sobir edim men,
Ketdim men, agarchi Bobur edim men.
Keldim bu olamga bo‘lib shoh Mashrab,
Dunyo o‘zgarmadi, boz ketdim tashlab.
Furqat bo‘lib keldim, furqatda ketdim,
Cho‘lpon bo‘lib keldim, hasratda ketdim.
Erkim qayda edi, erkim, bilmadim,
Erkin bo‘lib keldim, erkin bo‘lmadim.
Hasratli qo‘shiqlar ham yallalar — men,
Kelib ketgan qancha Abdullalar — men.
Men tag‘in borman shu dunyoyingizda,
Lekin she’r tilovchi dil bormi sizda?!
Savolim yurakka qadalgan o‘qmi:
Yo hanuz Boyqaro tug‘ilgan yo‘qmi?!
Bu ochiq daftarni butkul yopay deb,
Mansur bo‘lib keldim nusrat topay deb.
Tag‘in o‘zgarmasa dunyo, netgayman?
Endi o‘zgartirmay tashlab ketmayman!
Mansur Jumayev
Ketmayman, deb so‘z berib ketib qoldi...

Bandalikni tushunsa bo‘lar.
Bandasini tushunib bo‘lmas...
Bandasini tushunib bo‘lmas...
Forwarded from Шоҳсанам Нишонова шеърлари
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
****
Боқсам, ой терга тушди,
юлдузлар ерга тушди.
Нур бердинг юрагимга,
юрагим шеърга тушди.
Қўшиққа дўнди умрим
бахтга қоришди лошим.
Унинг елкаларини
оғритмадими бошим?
Аёнсан хавотир йўқ
довуллардан ўтган дам.
Суянтирма, Худойим,
ҳа, ҳаттоки унга ҳам.
****
Boqsam, oy terga tushdi,
yulduzlar yerga tushdi.
Nur berding yuragimga,
yuragim she'rga tushdi.
Qo'shiqqa do‘ndi umrim
baxtga qorishdi loshim.
Uning yelkalarini
og‘ritmadimi boshim?
Ayonsan xavotir yo‘q
dovullardan o‘tgan dam.
Suyantirma, Xudoyim,
ha, hattoki unga ham.
Sh. Nishonova.
Mavjuda Almanova o'qidi.
Боқсам, ой терга тушди,
юлдузлар ерга тушди.
Нур бердинг юрагимга,
юрагим шеърга тушди.
Қўшиққа дўнди умрим
бахтга қоришди лошим.
Унинг елкаларини
оғритмадими бошим?
Аёнсан хавотир йўқ
довуллардан ўтган дам.
Суянтирма, Худойим,
ҳа, ҳаттоки унга ҳам.
****
Boqsam, oy terga tushdi,
yulduzlar yerga tushdi.
Nur berding yuragimga,
yuragim she'rga tushdi.
Qo'shiqqa do‘ndi umrim
baxtga qorishdi loshim.
Uning yelkalarini
og‘ritmadimi boshim?
Ayonsan xavotir yo‘q
dovullardan o‘tgan dam.
Suyantirma, Xudoyim,
ha, hattoki unga ham.
Sh. Nishonova.
Mavjuda Almanova o'qidi.
Mansur aka she'rga ham, yorga ham yolchiganlardan edi. Turmush o‘rtog‘i shoirni shunchalar qadrlardiki, hayron qolganman. Shohsanam qo‘ng‘iroq qilib, uning o‘rniga bir xorijiy davlatga ijodiy festivalga borishimni so‘radi. Nega o‘zingiz bormayapsiz desam, "Mansur aka men bilan birga borib, bolalarga qarab turmoqchi, ammo men ko‘nolmayman. Men sahnada she'r o‘qiyman-u, u kishi bolalarga qarab turadimi? Unday qilolmayman" dedi.
Bir safar Shohsanamdan ijodiy tanlovga she'rlarini jo‘natgan, jo‘natmaganligini so‘radim. "Yo‘q, qanday topshiraman? Mansur aka bilan bir tanlovda ishtirok etolmayman. U kishini ustoz deb bilaman" dedi. Bir umr yo‘ldoshning sadoqati, hurmati shunchalik bo‘lar? Shohsanam Mansur akani uchratgandan beri asosan yori, oilasi va bolalari haqida yozganiga ham guvoh bo‘ldim.
Bu oiladan ko‘rgan yaxshiliklarimni sanab ado qilolmayman. Mudom o‘zimni qarzdor sezaman.
Afsus, shunday juftlik ayrildi.
Ammo men Shohsanamning katta iroda bilan farzandlarini voyaga yetkazishiga, Mansur Jumayevdan qolgan qalamni chang bostirib qo‘ymasligiga ishonaman.
****
Boqsam, oy terga tushdi,
yulduzlar yerga tushdi.
Nur berding yuragimga,
yuragim she'rga tushdi.
Qo'shiqqa do‘ndi umrim
baxtga qorishdi loshim.
Uning yelkalarini
og‘ritmadimi boshim?
Ayonsan xavotir yo‘q
dovullardan o‘tgan dam.
Suyantirma, Xudoyim,
ha, hattoki unga ham.
Shohsanamxon Odiljon Qizi
@kumush_abdusalomova

Forwarded from Najmiddin Ermatov
Marsiya
Mansur Jumayevga
Toshkentdan Qarshi qadar yomg‘ir yog‘ib borodur,
O‘n bir dilpora do‘sting esdan og‘ib borodur,
Kuygan ko‘kay kuydirgi ko‘zni sog‘ib borodur,
Yo‘l ham bizga qo‘shilib, zorlanib borar, do‘stim.
Qatordan kamni sanab, kuzak hayron boqodur,
Yulduzini uchirgan osmon vayron boqodur,
Sen kutgan fasl* kelib, vale giryon boqodur,
Qilmishidan qismating orlanib borar, do‘stim.
Oldinda bir ulov bor, ichida ikki murg‘ak,
So‘lg‘in bitta gul bordir - sen sevgan o‘shal yurak,
Kim bosh bo‘lar ularga, kim bo‘lar endi tirgak?..
Orzular xazon yanglig‘ xorlanib borar, do‘stim.
Buncha uzun bu yo‘llar, buncha bag‘ri yag‘irdir,
O‘n bir yo‘ldosh boradur, bari yag‘ir bag‘irdir,
She'rlar qoldi shoirsiz, nahot she'r ham sag‘irdir?..
Lek shoiri Tangriga yorlanib borar, do‘stim.
Derazadan termulsam, otilib chiqib oting,
Xayolimda siniqqan surating turar qotib,
Tark etdi deb ingrasam, battar o‘rtabon yoding
Borgan sari dunyoda borlanib borar, do‘stim.
*''Biz kutgan fasl'' kitobi

Forwarded from zouᴉɹɥǝW
Shoir og’am Mansur Jumayevga
Odamizod aslida zavol ichra yashaydi,
“Nega” degan ulkan bir savol ichra yashaydi.
Og’a, hech kim kutmagan faslni kutganmiding,
Dardni misqollab yig’ib, ichingga yutganmiding?
Axir Orzudan Bunyod bo’lgandi-ku hayoting,
Bexos osmon gumburlab, sindi ikki qanoting.
Qara, gul-gul bahoring kul bo’ldi, kuzak bo’ldi,
Bu hol ochiq yaramga sepilgan tuzdak bo’ldi.
Jo’ralaring zulmatda sarson tushdek ko’rindi,
Otang yomg’irda qolgan mitti qushdek ko’rindi.
Nechun o’limga qarshi borolmayman, og’ajon,
Volidangning ko’ziga qarolmayman, og’ajon.
Qachon buncha ojiz-u, chorasiz qolar shoir?
Millatning musibati ortganda o’lar shoir.
Ketar chog’da shodmonu, xotirjam eding, balki,
Mansuri Halloj kabi “Anal-Haq”, deding, balki.
Bulutlar bo’zrayadi, yig’lamoqqa holi yo’q,
Mezon to’zg’in sochini yig’moqqa majoli yo’q. Yuragim tugab qoldi, qurib bitdi ko’zlarim,
Boshqa o’lmang, do’stlarim, boshqa o’lmang, do’stlarim…
✍️Mehrnoz
@mehrnoz_abbos

Alomat
Shoxlarini yozib turgan daraxtning
Qani! Qo‘yinligi yodiga tushsa.
Daraga bekinib olgan shamolning
Qani! Quyunligi yodiga tushsa.
Sukut alomati rizo emas.Yo‘q!
Qarg‘alar yozg‘irib o‘tgandek “qag‘-qag‘”!
Qarg‘alar yozdirib o‘tgandek “qalq-qalq”!
O‘z qoniga barmoq botirib bosish
Isyondir!
Hech qanday imzo emas, yo‘q.
Yerda qulab yotgan ulkan daraxtning
Qani! Gurziligi yodiga tushsa.
Yovuzman deganning, yovman deganning
Qani! Ezguligi yodiga tushsa!
Sukut alomati rizo emas, yo‘q.
Niyoz etilgani nizo emas, yo‘q.
Sukut alomati rizo emas, oh!
Sukut alomati rizo emas, O‘q!
Kumush Abdusalomova

Tutparvar
Tutparvar ko‘rsatdi o‘zini avval.
Uyoq-buyog‘ini oqlab qo‘ydi u.
Chelak to‘la ohak ko‘tarib keldi,
Tutni ahyon-ahyon yo‘qlab qo‘ydi u.
Ko‘p fursat o‘tmadi ammo oradan.
Pillaga o‘chligi sezilib qoldi.
Uning quloch-quloch ipak o‘rami –
Tillaga o‘chligi sezilib qoldi.
Tani g‘adir-budur bu bechora tut
Chopilgan joylarin boylab qolmasa.
Boltasin ko‘tarib kelgan mahali
Oqlashga kelgan deb o‘ylab qolmasa…
Ipakka o‘ranib yashamoq uchun
Nahot tut bag‘riga boltasi botsa?!
(Yaxshiyamki, Vatan tut emas!
Kallak-kallaklab,
Qurtlarga otsa?)
Kumush Abdusalomova
@kumush_abdusalomova
Tutparvar ko‘rsatdi o‘zini avval.
Uyoq-buyog‘ini oqlab qo‘ydi u.
Chelak to‘la ohak ko‘tarib keldi,
Tutni ahyon-ahyon yo‘qlab qo‘ydi u.
Ko‘p fursat o‘tmadi ammo oradan.
Pillaga o‘chligi sezilib qoldi.
Uning quloch-quloch ipak o‘rami –
Tillaga o‘chligi sezilib qoldi.
Tani g‘adir-budur bu bechora tut
Chopilgan joylarin boylab qolmasa.
Boltasin ko‘tarib kelgan mahali
Oqlashga kelgan deb o‘ylab qolmasa…
Ipakka o‘ranib yashamoq uchun
Nahot tut bag‘riga boltasi botsa?!
(Yaxshiyamki, Vatan tut emas!
Kallak-kallaklab,
Qurtlarga otsa?)
Kumush Abdusalomova
@kumush_abdusalomova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
Kitob Mohiraning katta enasiga yozgan maktubi bilan boshlanib va u kelajakda orziqib kutayotgan qizi To‘marisga yozgan maktubi bilan tugagan. Yozuvchi mana shu ikki maktub orqali o‘z olamini to‘la ochib bergan. Bolaligidan uni nimalar tashvishga solgani, yuragiga azob bergani...
Qiziga yozgan maktubidan esa uning kelajak orzulari, rejalari, hayotdan va o‘zidan kutayotganlari anglashiladi. Mohira qiziga yozgan maktub so‘nggida "Yolg‘iz gunohim - ayolligim. Ayol bo‘lish hatto Xudo bergan tafakkurdan ham odamlarning ra'yiga qarab foydalanish demakdir" deydi. Niyat qildimki, qizlarim ulg‘ayganda ularga shu maktubni o‘qib beraman. Umuman har bir ona mana shu maktubni o‘qishi va qizlariga ham o‘qib berishi zarur bizning jamiyatda. (#)
©️ Kumush Abdusalomova
📚 @akademnashr
Youtube | Instagram | Facebook | Twitter