Telegram Web
Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar biroz pasayibdi. Lacetti 1,5 foiz, Damas 6,3 foiz va Labo 2 foizga arzonlashgan.

Mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxlari:

- Lacetti: kam foydalanilgan - 15 236 dollar, ko‘p foydalanilgan - 13 300 dollar.

- Damas: kam foydalanilgan - 8 250 dollar, ko‘p foydalanilgan - 7 500 dollar.

- Spark: o‘rtacha foydalanilgan - 10 500 dollar, ko‘p foydalanilgan - 9 200 dollar.

Elektromobillar esa yana ham ko'proq arzonlashgan. Masalan:

- BYD Han 10,2 foizga arzonlashib, ko‘p foydalanilgan variantda 31 450 dollar.

- BYD Song Plus EV Champion esa 7,2 foizga pasayib, o‘rtacha foydalanilgan variantda 27 500 dollardan sotilmoqda.

@lazizhamidov
Parkovka muammosi haqida yozgan edim. Bugun Toshkent shahar hokimligi shahar ko‘chalarida pulli to‘xtash joylari tashkil etish uchun auksion o‘tkazishini e'lon qilibdi. Bu mayondonlar uchun 262,8 ming kvadrat metr maydon taklif qilinib, firma uchun yillik ijara stavkasi 57,2 milliard so‘mdan boshlanadi ekan. Ijarachilar parkovkalarni jihozlash va harakatni tartibga solish uchun kamida 5 million dollar sarmoya kiritishi kerak deb aytilgan.

Lekin, bu maydonlarda yer osti yoki ko‘p qavatli yer usti parkovkalar qurilishiga oydinlik kiritilmabdi. Agar parkovka maydonlari klasik shaklda amalga oshiriladigan bo'lsa, shundoq ham tanqis bo‘lgan joylar yanada cheklanadi afsuski.

@lazizhamidov
O’zbekiston tarixi haqida mulohazalar…

@lazizhamidov
Ushbu xaritada Osiyo davlatlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi asosiy manbalari ko'rsatilgan. Ko'pchilik davlatlarda ko'mir va tabiiy gaz asosiy energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, Rossiya, Eron va Saudiya Arabistoni tabiiy gazga, Xitoy, Qozog'iston va Hindiston esa ko‘mirga tayanadi.

O‘zbekistonda tabiiy gaz asosiy energiya manbai bo‘lsa-da, meni eng ko'p xursand qilib turgani so‘nggi yillarda quyosh va shamol energiyasi stansiyalari qurilib, muqobil energiyaga sarmoyalar kiritilmoqda. Atom elektr stansiyasidan ko'ra shu muqobil energiyalar biz uchun ko'proq foydali bo'lsa kerak.

@lazizhamidov
Toshkent viloyatida yo‘llarga kartondan yasalgan odamlar va bolalar qo‘yilishi rejalashtirilayotgan ekan, yo‘l transport hodisalarini kamaytirish uchun. Lekin bu usul qanchalik foyda beradi, bilmayman. Birinchi navbatda to'g'ri tuzilgan yo'l infrastukturasi kerak bizga, ikkinchi navbatda qoidabuzarlikni jazo olishi muqarrar bo'lishi kerak. Yuqori jarima bo'lsayu, lekin qo'lga tushish ehtimoli kam bo'lsa, bu ham yordam bermaydi.


@lazizhamidov
Uzum xizmatlaridan har oyda 12 milliondan ortiq insonlar foydalanar ekan

Kompaniya 2024 yilning shu davrigacha bo‘lgan faoliyatini sarhisob qilibdi. Natijalar va yutuqlar hayratlanarli
. Misol uchun, kompaniya elektron tijorat bo‘yicha 237 million dollar daromad qilgan. Uzum xizmatlaridan foydalanuvchilar soni bo‘lsa, ikki karra oshgan. Hozirda, har uchinchi hamyurtimiz ulardan foydalanadi.

Uzum marketpleysi aylanmasining jadal o‘sishi yangi sotuvchilarni jalb qilish va assortimentni doimiy kengaytirib borish hisobiga ta’minlanmoqda. Jumladan, marketpleysda 12 000 dan oshiq insonlar o‘z mahsulotlarini sotib kelmoqda va unda 1 mlndan ortiq mahsulotlar taqdim etilgan.

Bugungi kunga kelib kompaniya elektron tijorat va fintex yo‘nalishidan tashqari, bank xizmatlarini, BNPL xizmati, avtomobil xarid qilish uchun platforma va tadbirkorlar uchun mahsus ilovani ishga tushirgan. Uzum xizmatlaridan esa yuqorida ta’kidlanganidek, har oy 12 milliondan oshiq o‘zbekistonliklar foydalanadi.

Batafsil
“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolanibdi.

Qonundagi eng e'tiborli jihat esa O‘zbekistonda hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin ekan.

@lazizhamidov
Qozog'istonning gigant banklaridan biri bo‘lgan Kaspi Humo tizimini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokini to‘xtatganini e'lon qilibdi.

Kaspi o‘zi Humo tizimini sotib olish uchun jiddiy ravishda qiziqish bildirayotgan edi, lekin endilikda noma’lum sabablarga ko‘ra jarayonning keyingi bosqichiga o‘tmasligini ma’lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Humo xususiylashtirish jarayonida jami 8 investor ishtirok etmoqda, ulardan 6 tasi keyingi bosqichga o‘tgan.

@lazizhamidov
Ko‘pchilik, ehtimol, bugungi voqeani ko‘rgan bo‘lsa kerak. 58 yoshli afsonaviy bokschi Mayk Tayson, 19 yil davomida professional karyeridan chetda bo‘lganidan so‘ng, bir Youtuber bilan jang qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Ko‘pchilik Taysonni tanqid qilmoqda. Unutmaslik kerakki, boshidan boshlab o‘zi bu "show" edi, lekin juda ham qimmat "show".

Taxminlarga ko‘ra, tashkilotchilar 120 million dollar ishlab olishgan. Tayson jang uchun 20 million dollar atrofida pul olgan, reklama daromadlari esa bu summani 50 million dollarga yetkazgan. Tayson, mashhurligiga qaramay, yaqin tarixda bankrotlikka uchrab, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan edi. Shu sababli yaqin-yaqingacha obro‘siga to‘g‘ri kelmaydigan reklamalarda arzimas pul uchun ishtirok etib kelgan.

Ha aytgancha, uni Toshkent Citydan xonadoni ham bor, unga qo’shni bo’laman desangiz))

@lazizhamidov
InfinBANK ijtimoiy loyihalarning ishonchli hamkori sifatida e'tirof etildi

Yetakchi banklaridan biri bo'lgan InfinBANK xayriya kechasiga homiylik qilish orqali o'zining yuqori ijtimoiy mas'uliyatini yana bir bor namoyon etdi. Bank nafaqat moliyaviy xizmatlar ko'rsatish, balki jamiyatning barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratishda ham peshqadam ekanligini ko'rsatmoqda.

AQSh savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbir nogironligi bo'lgan tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan eng yirik loyihalardan biriga aylandi. InfinBANK kabi yirik moliya institutlarining bunday tadbirlarga homiylik qilishi mamlakatimizda inklyuziv tadbirkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo'shmoqda.

Bank rahbariyati vakili Ravshan Qodirov ta'kidlaganidek, InfinBANK kelajakda ham ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarning ishonchli hamkori bo'lib qoladi. Zero, bank faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri - jamiyat farovonligi yo'lida xizmat qilishdir.

Reklama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Statistika agentligi mamlakat hududlarida 1991-yildan boshlab Ambulator poliklinikalar (Xalq tilida oilaviy yoki mahalla poliklinikalari desak ham bo‘ladi) sonidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni taqdim qilibdi.

Statistikaga ko‘ra, mustaqillikning boshida Farg‘ona va Samarqand viloyatlari ambulator poliklinikalar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan bo‘lsa, ayni vaqtda Toshkent shahri bu borada birinchi o‘rinda turadi.

@lazizhamidov
Internetda bir inson asma kasalligining 4-darajasidan aziyat chekayotgan qizining ahvoli haqida kuyinib, tegishli idoralarga murojaat qilgani haqidagi videoga ko‘zim tushib qoldi. U qizining og‘ir azoblar ichida yashayotgani, biroq shu kungacha na hokimiyat, na mahalla, na ijtimoiy himoya bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar tomonidan yordam ko‘rsatilmaganini aytgan.

O‘ylaymanki, mamlakatda yirik loyihalar amalga oshirilayotgan bir paytda, ijtimoiy himoya masalalariga ham katta e’tibor qaratish zarur. Ayniqsa, nogironligi bor, qarovga muhtoj yoki ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan insonlarga yordam berish tizimini kuchaytirish kerak. Balki bu borada salmoqli ishlar qilinayotgandir ham, lekin iloji boricha yordamga muhtoj aholini katta qismini qamrab olish o'ta muhim. Bunday insonlarning ahvolini yengillashtirish uchun mahalla, davlat va ijtimoiy himoya tashkilotlari faoliyatini yanada samarali qilish lozim.

Masalan, Germaniyada ijtimoiy himoya tizimi qanchalik samarali tashkil etilganini ko'pchilik biladi. U yerda bu soha bir qancha muhim tashkilotlar tomonidan boshqarilmoqda. Eng yirik va asosiy tashkilotlardan biri Bundesagentur für Arbeit (Ish Agentligi) bo‘lib, u ish bilan ta’minlash, ishsizlik nafaqalari va kasbiy qayta tayyorgarlikni boshqaradi. Shuningdek, Sozialämter (Ijtimoiy xizmatlar agentligi) kam ta’minlanganlar, nogironlar va uy-joy yordamlarini ta’minlaydi, Gesetzliche Krankenversicherung (GKV) esa sog‘liqni saqlash xizmatlarini taqdim etadi. Rentenversicherung pensiya va nogironlik yordamlarini nazorat qiladi, Pflegeversicherung esa parvarishga muhtojlarga yordam ko‘rsatadi. Eng asosiysi, ushbu tashkilotlarning umumiy maqsadi faqat "bor" bo‘lishdan iborat emas, balki ular haqiqatan ham fuqarolar va muhtoj insonlar uchun moliyaviy yordam, sog‘liqni saqlash va bandlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

@lazizhamidov
Ukraina-Rossiya urushida yana bir tub burilish yuz berdi.

Bayden ma’muriyati Ukrainaga AQSh tomonidan taqdim etilgan qurollar bilan Rossiya hududining chuqur qismlariga zarba berishga ruxsat berdi. Dastlabki zarbalar ATACMS raketalari yordamida yaqin kunlarda amalga oshirilishi mumkin ekan.

Shuningdek, Fransiya va Buyuk Britaniya ham Ukrainaga o'zining SCALP va Storm Shadow raketalarini Rossiya hududlariga qarshi ishlatishga ruxsat bergan. Ushbu raketalar ikki turda ishlab chiqariladi, lekin Ukrainaga aynan qaysi turi yuborilgani noma’lum.

Bundan tashqari, Rossiya poytaxti Moskva, ehtimol, Ukrainaga yetkazib berilgan G'arbning uzoq masofali qurollari ta’sir doirasiga tushadi. RTVI tomonidan e'lon qilingan infografikaga ko'ra, bu qurollar urush maydonidagi strategik ustunlikni sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin.

@lazizhamidov
Dunyoning boshqa bir burchagida uyqu uchun pul to‘lashmoqda)

Kuzatuv qurilmasi ishlab chiqaruvchi Whoop kompaniyasi xodimlariga yaxshi uxlaganliklari uchun oylik 100 dollar va qo‘shimcha bonuslar to‘lamoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu sarmoya o‘zini to‘liq oqlamoqda. Yaxshi dam olgan xodimlar yuqori unumdorlik ko‘rsatib, keltirgan foyda o‘n barobar ortiq bo'lib qaytmoqda ekan.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet ellik shaxslarga oid qonun kuchga kirdi.

Bunday shaxslar ro‘yxatiga O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan shaxslar ham kiritiladi.

Mazkur ro‘yxatga tushgan shaxslar uchun mamlakatga kirish besh yilga taqiqlanadi. Shuningdek, ular O‘zbekistonda bank hisob raqamlarini ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda qatnashish, moliyaviy va shartnoma munosabatlariga kirishish imkoniyatidan mahrum qilinadi. Faqatgina o‘z mulklarini sotish huquqi saqlab qolinadi.

@lazizhamidov
O‘zbekistonning davlat qarzi 2025-yilga kelib 45,1 milliard dollarga yoki yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 36,7 foiziga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu ko‘rsatkich global o‘rtacha darajadan past bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiy barqarorlik uchun qarzning boshqaruvchanligi va samarali boshqaruvi katta ahamiyatga ega. To'g'ri boshqaruv amalga oshirilmasa jiddiy oqibatlar yuzaga keladi.

Yuqoridagi suratda dunyoning boshqa davlatlarining davlat qarzi YaIMga nisbatan qanday ko'rsatkichda ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

@lazizhamidov
O'zbekistonda donor sifatida qon topshirayotganlarni rag'batlantirishning o'ziga xos usulini o'ylab topishibdi. Menga yoqdi.

Endi, kamida 40 marta qon topshirgan fuqarolar uchun maxsus imtiyozlar taqdim etiladi:

- Jamoat transportida bepul sayohat qilish imkoniyati;
- 15 barobar bazaviy hisoblash miqdori (taxminan 5,6 million so‘m) miqdorida bir martalik mukofot.

O'zi donor sifatida tez-tez qon topshirish juda ham foydali. Chunki qon topshirish organizmni yangilab, yurak salomatligini yaxshilaydi va kasalliklar erta aniqlanadi. Eng asosiysi esa, donorlik og‘ir bemorlarni kerakli qon bilan taminlab hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

Quyidagi link orqali O‘zbekistondagi qon quyish markazlarining manzilini bilib olishingiz mumkin.

@lazizhamidov
Bugun O‘zbekistonda dollar kursi 12 900 so‘mdan sotilibdi. Bu yangi rekord. Yil boshidan beri so‘m dollarga nisbatan 4 foizga qadrsizlandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil uchun belgilangan byudjetda dollar kursi o‘rtacha 13 250 so‘mdan hisoblangan.

@lazizhamidov
Biroz avval Bitcoin narxi 93600 dollarga chiqib o‘zining yangi rekordini o‘rnatibdi.

Salvador degan davlat bor. 700 kundan beri bozor holatidan qat’i nazar, har kuni 1 Bitcoin sotib olib keladi. Salvador hukumati Bitcoin narxi 26000 dollarlik vaqtidan bu ishni boshlagan. Ular sotib olishni boshlagandan keyin orada bir narxi 18000 dollargacha tushib ketgan. Ushanda hamma tanqid qilgan edi. Hozirda Salvador hazinasida 549 mln dollarlik 5871 ta BTC bor. Sal kam 300 million dollar foyda ko'ribdi.

@lazizhamidov
Forwarded from Pulli Gap
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Bitkoin narxi oshib borayotganini bilsangiz kerak?

Shu sababli, unga qiziquvchilar soni ham ko‘paymoqda.

Biz esa shu mavzuda video tayyorlashimiz kerak deb o‘yladik)

Marhamat, O‘zbekistonda qonuniy usulda bitkoin sotib olish imkoniyati!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 20:33:19
Back to Top
HTML Embed Code: