Qiziq, keyingi yildan boshlab O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilarga o‘qotar qurollar bilan ishlash ko‘nikmalari o‘rgatiladi ekan. Rasmiy xabarda aytilishicha, ushbu darslarda o‘quvchilar qurollarni xavfsiz boshqarish, aniqlik bilan nishonga olish va sport texnikalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi deb aytilgan.
Mashg‘ulotlar Mudofaa vazirligi xodimlari tomonidan maxsus tayyorlangan harbiy qismlarda va o‘quv maydonlarida o‘tkazilishi rejalashtirilibdi.
@lazizhamidov

Quyidagi bayonotni o‘qib aftidan, AQSh Ukrainani Putin bilan kelishuvga borishga va Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridan voz kechishga undayotgandek taassurot uyg‘ondi.
AQSh Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Millerning aytishicha, agar AQSh Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga qaror qilsa, bu jarayonda Ukrainani qo'llab-quvvatlashda davom etadi. Lekin AQSh Ukrainani muzokaralarga majburlamoqchi emas.
“Prezident Zelenskiy muzokaralarga kirishishga qaror qilsa, biz uni albatta qo'llab-quvvatlaymiz. Qachon muzokara qilishni hal qilish - bu Prezident Zelenskiyga bog'liq, bu bizning uzoq yillik siyosatimizdir. Hech bir davlat, jumladan AQSh ham, uni bunga majburlashi to'g'ri bo'lmaydi. Biz adolatli va barqaror tinchlik o'rnatishga yordam beruvchi har qanday jarayonda uni qo'llaymiz. Lekin oxir-oqibat, bu qarorni biz emas, u qabul qiladi.
Ammo har doimgidek Vladimir Putinning Ukrainaga tegishli hududlarni egallash istagidan voz kechishiga doir biror belgi ko'rmayapmiz. Rossiya o'z istaganini oladigan, ammo Ukraina o'z qonuniy huquqlarini ololmaydigan muzokaralar mavjud. Lekin bunday muzokaralar Prezident Zelenskiyning manfaatlariga mos emas va u bunga majbur ham emas."

Bir qarashda maishiy mayda narsadek tuyilsa-da, asl muhim, e’tibor qaratish kerak bo‘lgan muammolardan biri shu asli. Nafaqat metrolarda, balki odam gavjum shahar markazlari, viloyatlar o‘rtasidagi asosiy katta yo‘llar bo‘yida ham hojatxonalar qurilishi, yaqin atrofiga hojatxona belgisini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi zarur deb o‘ylayman.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
O‘zbekiston fuqarolari uchun yo‘llardagi muammolar borasida to‘g‘ridan-to’g’ri telefon orqali rasmiylarga xabar berish imkoniyati paydo bo‘libdi.
Endilikda, mahalliy hududdagi yo‘llardagi chuqurlarni yoki yo‘llar bo‘yicha boshqa kamchiliklar haqida maxsus 1393 qisqa raqam orqali xabar berishingiz mumkin. Rasmiylar muammolarni imkon qadar tezkorlik bilan bartaraf etishga harakat qilishga va’da berishmoqda. Sinab ko‘rish kerak.

Oshqozonni kichraytiradigan operatsiya tabiiy uslubda ozish imkoniyati qolmaganlarga, zarur tekshiruvlardan o‘tganidan so‘nggina ruxsat beriladi. Ammo O‘zbekistonda hali bu darajaga yetmasdan va o‘zini ozdirishga harakat qilib ko‘rmasdan Turkiyaga borib operatsiya qildirib kelayotganlar ancha ko'payib qoldi.
Turkiya klinikalari Yevropaning ko'plab davlatlarida ham o‘z xizmatlarini reklama qiladi. Angliyada yashovchi bir tanishim aytib qoldi “Men hali bu darajaga yetmadim-ku, shu amaliyotni o‘tkazasizlarmi?” deb doktordan so‘raganida, doktor unga: “Yetmagan bo‘lsang, tezroq yet! Burgerlarni ko‘proq ye, keyin qilamiz”, deb javob beribdi.
Xususiy klinikalarda biznes manfaatlari ko‘pincha birinchi o‘rinda turadi, regulyatsiya va nazorat esa yetarlicha kuchli emas. Shu sababli, moliyaviy imkoniyati bor odam istalgan jarrohlik amaliyotini osonlik bilan qildira olishi mumkin.

Eshitgan bo‘lsangiz kerak, Shimoliy Koreya askarlari Rossiya-Ukraina urushida qatnashmoqda. Bu ular uchun 1950-yillardagi Koreya urushidan so‘ng ilk bor harbiy harakatga qo‘shilish hisoblanadi. Bilasiz, Shimoliy Koreyada ko‘plab cheklovlar mavjud, shu jumladan internetdan foydalanish huquqi ham juda cheklangan. Aholining deyarli 99 foizi internetga kira olmaydi.
Rossiyaga urush uchun yuborilgan Shimoliy Koreya askarlari, hayotlarida ilk bor cheklanmagan internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Kuzatuvchilarning aytishicha, ular internetda asosan pornografik videolar tomosha qilayotgan ekan))

Yaqinda gastronomik ko’cha qilib ta’mirlangan Taras Shevchenko ko’chasiga bordim, zo’r qilib qo’yishibdi, menga yoqdi, yozda hali “qaynaydi” bu ko’cha, chiroqlari yoqilib, odam ko’payib, barcha do’konlar faoliyati boshlansa, juda jozibador joyga aylanadi.
Soat 18:00dan so’ng ko’chani mashinalar harakati uchun yopib qo’yisharkan. Toshkentga shunday ko’cha kerak edi. Hali bemalol vaziyatga qarab ikkala tomonini katta chorrahagacha uzaytirib qo’ysa bo’larkan.

Oxirgi "Lolazor" podcastida Otabek aka va Xushnud Xudoyberdiyev bilan birgalikda bir nechta dolzarb mavzularni tahlil qildik. Asosiy e’tibor byudjetdagi o‘zgarishlar, AQShning O‘zbekistonni JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi, Toshkent metrosidagi vaziyat va yashirin imtiyozlarning ijtimoiy ta’sirlariga qaratildi. Shuningdek, AQSh saylovi hamda propan narxi haqidagi mavzularga ham to‘xtaldik.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
YouTube
#34 2025-yilda kimning cho‘ntagi to‘ladi? | Lolazor podkast
“Lolazor”ning ushbu sonida byudjet masalasi, AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagani, Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat, juda ko‘p imtiyozlarning yashirin tarzda berilayotgani, Amerikadagi saylov, propan arzonlashishi va yana ko‘plab…
Yo‘l harakati qoidalarining qanday paydo bo‘lganligi haqida bir maqolani o‘qib qoldim. Aslida, bu qoidalar avval boshda odamlarning avtomobilni bemalol haydashlari uchun yirik avtomobil kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan va ularning bosimi ostida joriy etilgan ekan. Bu, albatta, barcha qoidalar noto‘g‘ri degani emas, lekin ba’zi holatlarda ushbu qoidalarni mantiq va ustuvorlik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish kerak, deb o‘ylayman. Chunki ayrim qoidalar yo‘lovchilar uchun xavf tug‘dirsa, boshqalari haydovchilar uchun xavfli bo‘lib, ba’zida halokatli oqibatlarga olib keladi.
Masalan, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyni tark etishni taqiqlash qoidasi: yo‘lda 80-120 km tezlikda harakatlanayotgan mashinalar yo‘l o‘rtasida turgan avariyali mashinaga urilib ketishi mumkin. Bu esa yana ham yirik avtohalokatlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishiga olib keladi. Buning o‘rnaklari juda ham ko‘p.
Yana bir misol — piyodalar faqat piyodalar o‘tish joylaridan o‘tishi kerakligi haqidagi qoida. Ammo shahar ko‘chalarida shunday joylar borki, piyodalar uzoqdagi o‘tish joyiga borishdan ko‘ra, duch kelgan joydan o‘tishga majbur bo‘lishadi. Sababi esa ba’zi hollarda o‘tish joylari noqulay joylashgan yoki juda uzoqda bo‘ladi, bu esa piyodalar uchun qiyinchilik tug‘diradi.
Dunyo tajribasiga qarasak, masalan, Germaniya va Angliya kabi ko‘plab davlatlarda piyodalarga har joyda yo‘lni kesib o‘tishga ruxsat berilgan. Britaniyada piyodalar hatto qizil chiroqda ham yo‘lni kesib o‘tishi mumkin. To‘g‘ri, Germaniyada kichik istisno bor: uch polosadan ortiq yo‘lni istaganizdek kesib o‘tish mumkin emas. Yaqinda Nyu-York shahrida har qanday joydan, hattoki qizil chiroqda ham yo‘lni kesib o‘tishga ruxsat berildi. Biz ham yo‘llarimizni piyodalar uchun yanada qulay qilish haqida o‘ylab ko‘rishimiz lozim. Yo‘llar, avvalo, mashinalar uchun emas, piyodalar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

Toshkentda uzoq vaqtdan beri kutilayotgan noqonuniy va davlat tiliga rioya qilinmagan reklama bannerlariga qarshi “kurashish” nihoyat boshlanibdi.
Hokimiyat shahar ko'rinishni yaxshilash va reklama qonunlariga rioya qilish zarurligini eslatib, o'zbek tilida yozilishi kerakligini aytib o'tgan.
Shunga o'xshash choralar yaqin kunlarda Qozog'istonda ham kuzatilgan edi. Masalan, Olma-ota hokimiyati so'nggi yillarda reklamalarning milliy ko'rinishga mos bo'lishi va davlat tilidagi yozuvlarning mavjudligiga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Qirg'iziston poytaxti Bishkekda ham mahalliy hokimiyat reklamalarning til me'yorlariga mosligini jiddiy shaklda nazorat qilib keladi.

Uzum fintech va e-commerce xizmatlari sinergiyasini kuchaytirmoqda
Uzum Tezkor foydalanuvchilari buyurtmalarni Uzum kartasi orqali chegirma bilan to‘lashlari mumkin. Fintech va e-commerce xizmatlarining uyg‘unligi har doim Uzumning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan — u ekotizim ichida noyob foydalanuvchi tajribasini yaratadi va umuman bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun yana bir omiliga aylanadi.
Uzum karta egalari yil oxirigacha ilovada yoki Uzum Tezkor saytida karta bilan buyurtmalarni to‘lagan holda 20% chegirma olishlari mumkin (va 11.11 savdo davrida esa xizmatda birinchi buyurtmani rasmiylashtirishda — 50%). Yaqin orada Uzum Market marketpleysida buyurtmalarni rasmiylashtirishda ham chegirma mavjud bo‘ladi.
Batafsil
Reklama

Bitcoin narxi 82 ming dollardan oshib, yangi rekord o‘rnatibdi. Ochig'i Trump saylovda g'alaba qozongandan keyin narx rekord darajada oshganiga xayron qolmadim.
Chunki Trumpning "AQSh kriptoning poytaxti bo‘ladi" va "AQSh Bitcoinni strategik zaxira sifatida saqlaydi" kabi va’dalari bor edi.
Bundan tashqari, Trumpning "AQSh hukumati Bitcoin sotmaydi" va "Milliy Bitcoin zaxirasi yaratiladi" kabi qarashlari, Bitcoinni davlat darajasida barqaror aktiv sifatida ko'rishga zamin yaratmoqda. Ko'ramiz bu o'sish qayergacha borar ekan.

Men o‘ylaymanki, yaqin kelajakda, ehtimol 5-8 yil ichida Toshkentni ikkita katta muammo kutib turibdi. Bu muammolar hozirdan tashvish uyg‘ota boshladi, ammo hali kech emas. Ulardan biri — ommaviy ravishda qurilgan turar-joy binolarida yetarli parkovkalarning yo‘qligi. So‘nggi 4-6 yil ichida qurilgan ko‘p binolarda umuman parkovkalar mavjud emas. Ikkinchi muammo esa shaharda jamoat transportining ustunligi yo‘qligi, ya’ni yengil mashinalarga nisbatan jamoat transporti qulay va samarali emasligi.
Komil ishonch bilan ayta olaman-ki, kelajakda, aynan yangi qurilgan turar-joy binolarida parkovkalar yetishmasligi sababli, odamlar uylarini sotishni boshlashlari mumkin. Sobiq ittifoq davrida qurilgan to‘rt qavatli binolar atrofidagi davlatga tegishli bo‘lgan va ma’lum xonadonlar tomonidan parkovka sifatida foydalaniladigan joylar ham aholi o’rtasida o’zaro talashuvga aylanishi mumkin.
Toshkent hokimiyati va vakolatli tashkilotlar bu masalalarga radikal yondashishi kerak, deb o‘ylayman. Birinchi navbatda, aholi zich joylashgan hududlarda davlat tomonidan ommaviy tarzda ko‘p qavatli yer usti va yer osti avtoturargohlar qurilishi zarur. Ikkinchi navbatda esa avtobuslar uchun maxsus yo‘llar ajratilishi kerak — bular katta yo‘llarning o‘rtasida bo‘ladimi yoki chetida farqi yo‘q, lekin faqatgina avtobuslar uchun mo‘ljallanib to‘silgan bo‘lishi zarur. Shunday yo‘l bilan, chaspik vaqtida yengil mashinalar svetoforlarda to‘xtab turganda, avtobuslar hech qanday to‘siqsiz o‘tishi kerak. Bu esa hatto shaxsiy mashina egalari uchun ham jamoat transportini tanlash imkoniyatini oshiradi.
Bu muammoni hozirdanoq Toshkentliklar va shahar mehmonlari o‘z tanalarida his qilishni boshlashdi. Kelgusi 2-3 yil ichida ushbu ikki muammoga davlat miqyosida jiddiy e’tibor qaratilmasa juda kech bo‘ladi.
Albatta, bu mening shaxsiy fikrlarim bo‘lib, mutlaq haqiqatga davo qilmayman.

Rossiyada maktab o‘quvchilarini ko'chalardagi qor tozalash ishlariga jalb qilish rejalashtirilmoqda ekan. Bu taklif ko‘cha tozalovchi xodimlar yetishmovchiligi sababli deb aytilmoqda. Rejaga ko‘ra, maktab bolalari kuniga 4 soat davomida qor tozalash ishlarida qatnashishadi va buning uchun ularga 1000 rubl (taxminan 130 ming so‘m) haq to‘lanadi.
Ko‘pchilik bilib, eshitib turibdiki, oxirgi yillarda urush, iqtisodiy cheklovlar va migrantlarga nisbatan ayirmachiliklar sababli Rossiyada ishlayotgan o'zbekistonliklar mamlakatga qaytib kelishmoqda yoki boshqa mamlakatlarga ishlash uchun ketishmoqda (bu haqida avval ham yozgandim). Ularning o‘rnini qoplash borgan sari qiyinlashmoqda. Agar maktab o‘quvchilari kabi yoshlar ham og‘ir ishlarni bajarishga jalb qilinishga majbur bo‘lib qolingan bo‘lsa, balki Rossiya va uning aholisi urushni to‘xtatish, yangi mehnat siyosati va demografik muammolarni hal qilishni o‘ylab ko‘rar?

1955-yil noyabr oyi Sobiq ittifoq shaharlarining arxitekturasini jiddiy shaklda shaklanishiga sabab bo‘lgan oylardan biri. Chunki ushbu oyda Sobiq ittifoq Ministrlar Kengashining "Loyihalash va qurilishdagi ortiqcha elementlarni bartaraf etish to‘g‘risida"gi 1871-sonli tarixiy qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bilan shaharlarda ko‘plab o‘zgacha va qimmatbaho “stalinka” binolar o‘rniga oddiy, arzon va turar joy tanqisligini tezda hal qilishga yo‘naltirilgan “xrushchyovka” uylari paydo bo‘la boshlagan.
O‘sha davrdagi iqtisodiy tanqislik va uy-joy muammosi sabab, yangi loyihalarda go‘zallik va qulaylikdan ko‘ra iqtisodiylik ustuvorlik qilishni boshlagan. Arxitekturadagi ortiqcha dekorativ elementlar, noyob bezaklar yo‘q qilindi, natijada shaharlarda oddiy beton va sovuq ko‘rinishdagi uylar bilan to‘lib toshgan. Bu uylarning aksariyati inson uchun qulay sharoitni yaratmay, faqat arzon va tez quriladigan bino sifatida rejalashtirilgan edi. Masalan, qalin beton devorlar va tor xonalarga ega bo‘lgan xrushchyovkalar yozda issiq, qishda esa sovuq bo‘lib, zamonaviy issiqlik izolatsiyasi kabi qulayliklardan mahrum edi.
Yuqoridagi suratda 1950-yillarning boshlarida Toshkentda qurilgan turar-joy binolaridan birini ko‘rishingiz mumkin. Bu bino, aynan o‘sha davrda, yuqorida tilga olingan qonun qabul qilinishidan oldin qurilgan. Bugungi kunda bino Toshkentning madaniy yodgorliklari qatoriga kirib, shaharga o‘zgacha ruh bag‘ishlab turibdi.