Telegram Web
Yaponiya poytaxti Tokioda oilaga vaqt ajratish va tug‘ilish darajasini oshirish uchun to‘rt kunlik ish haftasi joriy etiladi ekan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 145 million kishilik Yaponiyada 727 277 tug‘ilish qayd etilgan. 37 million kishilik O‘zbekistonda esa yanvar-oktyabr oylarida jami 783 089 tug‘ilishlar qayd etilgan.

@lazizhamidov
Yaqingacha AQSh davlat qarzining eng yirik ulushi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelar edi. Endi esa Yaponiya bu ko'rsatkich bo'yicha birinchi o'ringa chiqib olibdi.

AQShning jami 34 trillion dollardan oshiq davlat qarzi bor. AQSh har yili taxminan 5 trillion dollar soliq yig‘adi. Ushbu mablag‘ning 1,4 trillion dollari — faqatgina bu qarzlarning foizlarini to‘lashga yo‘naltiriladi. Solishtirish uchun O‘zbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

34 trillion dollarni tasavvur qilish oson emas, ayniqsa O‘zbekiston sharoitida. Ushbu ulkan summani tushunishga yordam berish uchun uni turli misollar bilan taqqosladim:

Birinchidan, O‘zbekistonning 2023-yildagi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) taxminan 90 milliard dollarni tashkil qilgan. 34 trillion dollar bu ko‘rsatkichdan 378 baravar ko‘p mablag‘ demakdir. Boshqacha qilib aytganda, O‘zbekiston iqtisodiyoti hozirgi darajasida qolsa, bu miqdordagi mablag‘ni ishlab chiqarishi uchun 378 yil kerak bo‘ladi.

Bu summani aholiga bo‘lib bersak, har bir o‘zbekistonlikka taxminan 944 ming dollardan to‘g‘ri keladi. Ya’ni, mamlakatning har bir fuqarosi sal kam millioner bo‘lgan bo‘lardi.

Shuningdek, Toshkentdagi "Tashkent City" kabi yirik loyihalarni olaylik. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1,5 milliard dollar atrofida edi. 34 trillion dollar bilan O‘zbekistonda 22 666 ta shunday mega-loyiha qurish mumkin.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg'onada shifokorlar xato qilib bir ayolning sogʻlom oyogʻini kesishibdi.

Maʼlum boʻlishicha, shifokorlar amaliyot vaqtida kasallangan va amputatsiya qilinishi kerak boʻlgan chap oyoq oʻrniga sogʻlom oʻng oyoqni kesishgan.

Biroz vaqt o'tgach amputatsiya qilinishi kerak boʻlgan chap oyoqni ham kesishga to’g’ri kelgan.

@lazizhamidov
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uch haftalik tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti yana qaytdi.

Podkastimizning bugungi sonida darsliklar ijarasining bepul yoki pullik bo‘lishi masalasi, byudjetni tasdiqlash jarayoni, agar Parlament byudjetni tasdiqlamaganda nimalar bo‘lishi, valyuta bozori, gaz muammosi, paxta mavsumi, "parkovka"lar bo‘yicha qaror va yana boshqa mavzularda suhbatlashdik.

📹 https://youtu.be/0iB2yVZCRlQ

Dam olish kunida, ayniqsa sovuqda issiq ko‘rpaga o‘ranib olib, tomosha qilish tavsiya etiladi.

👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Otabek aka yaxshi maslahat berishibdi. Chindan ham agar Rossiyada akangiz, ukangiz, otangiz, o‘g‘lingiz ishlayotgan bo‘lsa, bilingki, ular yemay, ichmay, kasal bo‘lsa, davolanmay, o‘nlab ijarachi turadigan kvartiraga faqat uxlagani borib, topganini sizga yubormoqda. Har imkon bo‘lganida ularga rahmat ayting, ko‘nglini, holini so‘rang.

@lazizhamidov
Ushbu rasmda AQShning Detroit shahrida amalga oshirilayotgan loyihani ko‘rishingiz mumkin. Bu loyiha chekka hududlarni rivojlantirishni va piyodalar uchun qulay qilishni maqsad qilgan. Loyihaning asosiy g‘oyasi eski avtoturargoh maydonlarini zamonaviy yashash va ish joylariga aylantirishdir. Bu doirada 2800 ta yangi kvartira, ofis binolari va 600 o‘rinli mehmonxona qurilishi rejalashtirilgan. Savdo markazlari esa yangicha ko‘rinishda qayta tashkil etiladi.

Ushbu o‘zgarishlar natijasida hudud qiymati qariyb 170 million dollarga qimmatlashibdi. Bu esa, odamlar uchun shaharni barpo etish avtomobillar uchun shahar yaratishdan ancha foydaliroq ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, loyiha an’anaviy savdo markazlarining qadrsizlanib borayotganini ham yaqqol namoyish etadi.

@lazizhamidov
O‘zbekiston madhiyasining qabul qilinganiga bugun 32 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan “Uzarxiv” Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan madhiyani qabul qilish haqidagi qonunning asl nusxasini e’lon qildi.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Generatsiya tarafidan ishontirib aytamanki, 2024-yildan 100 foiz o‘z ichki ehtiyojimizni qoplash imkoniyatimiz paydo bo‘ladi. Biz buni ta’minlaymiz, bizga shunday vazifa qo‘yilgan. Agar bu vazifani bajara olmasak, o‘ylaymanki, nafaqat men, balki tizimimizdagi barcha mas’ullar ishlashga noloyiqmiz» — deb aytgan edi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullar aniqlanibdi.

Avvalroq Toshkentda qalbaki dollarlar aniqlangandi. Bu qalbaki dollarlar bankomatdan o‘tgan edi. Ehtiyot bo‘linglar.

@lazizhamidov
League of Legends va Valorant kabi o‘yinlar bilan mashhur bo‘lgan Riot Games, o‘z xodimlariga juda ham katta ijtimoiy imtiyozlar berar ekan.

Masalan, kompaniya xodimlariga cheklanmagan miqdorda maoshi saqlab qolinadigan ta’til, video o‘yinlar sotib olishlari uchun katta miqdorda pul va istalgan sport zaliga yillik obuna hamda massaj kabi sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan birgalikda restoranda ovqatlanish uchun cheksiz maxsus plastik karta taqdim qiladi. Riot Games ushbu imtiyozlari bilan dunyo miqyosida “eng yaxshi ish beruvchi kompaniya” sifatida tan olinibdi.

@lazizhamidov
2017-yildan beri Markaziy bank raisi bo‘lib ishlab kelayotgan Mamarizo Nurmuratov lavozimidan ozod etilmoqda.

@lazizhamidov
Mamarizo Nurmuratov 2017-yildan beri Markaziy bank raisi lavozimida mas’uliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib kelgan edi. Murakkab iqtisodiy sharoitlarga qaramay, uning rahbarligi davrida quyidagi yutuqlarga erishildi:

- Valyuta konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi.

- Banklar va boshqa moliyaviy institutlar samaradorligi oshirilib, iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatildi.

- Raqamlashtirish rivojlandi. Naqd pul aylanmasini kamaytirish orqali iqtisodiyotni "oqlash" va shaffoflikka erishildi.

- Inflyatsiya darajasi pasaytirildi.

- Ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi. Avvallari ish haqi to‘lash yoki mablag‘larni hisobdan yechib olishda qiyinchiliklar bo‘lgan bo‘lsa, endi bu tizim yengillashtirildi.

- Tashqi (masalan, YETTB va TBC kabi investorlarning qaytishi) va ichki (aholining pullarni banklarda saqlay boshlashi) ishonch kuchaydi. Natijada xotirjam ishlash va yashash mumkin bo‘lgan, barqaror iqtisodiy tizim shakllandi.

Hozirda Markaziy bankka yangi rahbari sifatida Timur Ishmetov tayinlandi. Bu xabar yaxshi chunki Timur Aminjonovich ko‘p yillar davomida Mamarizo Nurmuratovning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.

@lazizhamidov
Markaziy bankning yangi rahbari Timur Ishmetov haqida qisqacha yozib o'tmoqchiman.

Timur Ishmetov 2000-yilda Toshkent Moliya institutining Moliya va kredit fakultetini tamomlagan. U 2008-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetida Xalqaro pul va bank sohasida magistrlik darajasini qo‘lga kiritgan.

Ishmetov davlatning iqtisodiyotga minimal aralashuvi tarafdori sifatida tanilgan va taqiqlar orqali tartibga solishga qarshi turuvchi shaxs sifatida e’tirof etiladi. U “Ochiq byudjet” loyihasining asosiy tashabbuskori va faol qo‘llab-quvvatlovchilaridan biri.

2022-yilda parlamentdagi chiqishi chog‘ida parlament deputati Gulbahor Saidg‘aniyeva fuqarolarning "Tashabbusli byudjet“ loyihasiga ovoz berishlarini cheklash taklifini bildirganda, Timur Ishmetovning "Nima haqqingiz bor mening ovozimni cheklashga?“, degan munosabati bilan ochiqlik tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etgan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zimizning gazimizni o'zimiz qayta sotib olyapmizmi?

"Lolazor" podkastida bu haqida gaplashib o‘tgan edik.

@lazizhamidov
Nima deyishni ham bilmaysan.

@lazizhamidov
“Umr” deb nomlangan surat ekan. Surat muallifi Xolida Musulmon.
@lazizhamidov
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekistonda odamlarning korrupsiya haqida xabar bermasliklarining asosiy sabablarini aniqlabdi.

@lazizhamidov
2025/07/10 19:51:23
Back to Top
HTML Embed Code: