tgoop.com/lilyning/2355
Create:
Last Update:
Last Update:
So'ramang holimni
aytolmayman hech,
Ko'ksimdagi tig'ni
ko'rmaysizmi yo ?
Yuling shul yuragim,
bo'lmasidan kech,
Sotaman arzonga
olmaysizmi yo ?
Lek biroz yirtilgan,
yamalgan rosa,
Darbadar zulmatlar
ichra ko'milgan,
Sotmasdim bozorda
o'zimga qolsa,
Lek qirmizi qon-la
g'amga yo'g'rilgan.
Ne kerak yuragim
o'lik badanga,
Muddatim yetganu,
jonim uzilgan.
Olib ketolmasam
birga kafanda,
Yashashdan to'yganu,
chunon buzilgan.
So'ramang ahvolim,
Aytolmayman hech.
Qalbdagi dardimni
sezmaysizmi yo?
Uzing shul yuragim
bo'lmasidan kech,
Sotaman tekinga
olmaysizmi yo ?
- (c) Nilufar Kamol