I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyining 3-qavati vaqtinchalik yopildi
I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyining 3-qavatida muzey ashyo va buyumlarini yangi zamonaviy qiyofada namoyish etishga hozirlash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu sababli muzeyning ushbu qavatdagi ekspozitsiya zallari 2025-yil 3-yanvardan 7-martga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.
Renovatsiya ishlari muzey ekspozitsiyalarini yangilash, zallarni ta’mirlash-tiklash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va tashrib buyuruvchi san’at ixlosmandlari uchun yanada qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Muzeyning 3-qavati ishga tushgunga qadar:
• muzeyda mavjud kolleksiyalar fond zaxira xonalariga joylashtiriladi;
• muzeyga kirish chiptalari hamda ekskursiya xizmatlariga 50% chegirma taqdim etiladi.
🌐 O‘zbek tilida 🌐 Rus tilida
✅ Telegram ✅ Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
🌐 Veb-sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida yarim yil mobaynida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Ko‘rgazmaning eng yorqin asarlaridan biri Aleksey Ribnikov mo‘yqalamiga mansub mashhur “Shimol yog‘dusi” (o‘ngdagi rasm) asari hisoblanib, unda qish kezlaridagi qor qirmizi va sarg‘ish tusga kirib ko‘zlarni qamashtiruvchi nodir samoviy shu’la gavdalangan. “Nurli” avangard harakatining asoschisi Mixail Larionov huzurida tahsil olgan Ribnikov ushbu tabiat hodisasini tantanavor mushakbozlikka o‘xshash tarzda tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan. Pirovardida rassom shimoliy ekspeditsiyalarning tez-tez ishtirokchisiga aylanib, u yerdan olgan taassurotlarini o‘zining kelgusi asarlarida mujassam etadi.
“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.
🖼 Aleksey Ribnikov, “Shimol yog‘dusi”, 1914
Ko‘rgazmaning eng yorqin asarlaridan biri Aleksey Ribnikov mo‘yqalamiga mansub mashhur “Shimol yog‘dusi” (o‘ngdagi rasm) asari hisoblanib, unda qish kezlaridagi qor qirmizi va sarg‘ish tusga kirib ko‘zlarni qamashtiruvchi nodir samoviy shu’la gavdalangan. “Nurli” avangard harakatining asoschisi Mixail Larionov huzurida tahsil olgan Ribnikov ushbu tabiat hodisasini tantanavor mushakbozlikka o‘xshash tarzda tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan. Pirovardida rassom shimoliy ekspeditsiyalarning tez-tez ishtirokchisiga aylanib, u yerdan olgan taassurotlarini o‘zining kelgusi asarlarida mujassam etadi.
“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.
🖼 Aleksey Ribnikov, “Shimol yog‘dusi”, 1914
Forwarded from Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
В Государственном музее искусств имени И. В. Савицкого продолжает свою работу масштабный выставочный проект «Узбекистан: Авангард в пустыне», который на протяжении полугода демонстрировался в галереях и экспозиционных залах Италии.
Одна из самых ярких работ экспозиции, знаменитое «Северное Сияние» Алексея Рыбникова (на фото справа), изображает редкое небесное свечение в зимнюю пору, когда снег окрашивается в красный и жёлтый цвета. Рыбникову, который получил своё образование у основоположника авангардного течения «лучизм» Михаила Ларионова, удалось изобразить это природное явление похожим на праздничный салют. Впоследствии художник станет частым участником северных экспедиций, сюжеты которых воплотит в своих следующих работах.
Выставка «Узбекистан: Авангард в пустыне» продлится в Государственном музее искусств имени И. В. Савицкого до 15 января 2025 года.
🖼 Алексей Рыбников, Северное Сияние, 1914

#Tayinlov
Gulbahor Izentayeva I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyining direktori etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, lavozimga qadar Gulbahor Jollibayevna Izentayeva 2017−2020-yillarda I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. U 2020−2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi YUNESKO vakolatxonasining yuqori kengashida madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlagan. 2023-yildan boshlab hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Gulbahor Izentayevaga kelgusi ish faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.
Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati
✅ Telegram ✅ Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Veb-sayt