Telegram Web
#faxr

Kecha Bookuzga aylanib borgandik. Do’kondan shularni yig’dik. Bilmaganlar uchun rasmdagi kitoblar Ahror Sharif ning tarjima kitoblari. Hammasi ham emas, do’konda borlari faqat (rasmdagi essensialism qayta tarjima qilingan, eski nashr emas).

Birgalikda orzu qilgandik - bizning kitoblar uchun kutubxonamizda alohida javonimiz bo’ladi, deb. Javonda menimcha Ahror Sharifni ijodi ko’proq bo’lsa kerak.

@mahinsworld
Mahin's World
Ayni damdagi wishlistim ekan. Doim yangilanib boriladi. https://mywishlist.online/w/ijob6n/mahins-wishlist
#new_books

Dekabr oyida wishlistimdan sovg’a qilinganlar va o’zim sotib olganlarim bir rasm bilan ifoda etilganda.

Hammaga rahmat, wishlistimdan kitob sovg’a qilishda davom eting

@mahinsworld
2024-yil o’qigan kitoblarim ro’yxatini yozaymi? 200 ta kitcha bosilsa, yozaman
#sarhisob
#2024


2024-yil hayotimda eng og’ir yillardan biri bo’ldi (yana biri 2013-yil edi). Shu sabab sarhisob qilishdan qochdim, ko’z oldimdan o’tkazish, o’tgan kunlarni yana qayta yashagim kelmadi. Lekin, har bir kunimiz - bizning tajriba, hayotimiz hisoblanadi. Qochib hech qayerga ketolmaymiz. Tug’ildikmi - yashashga majburmiz.

1. Kurt Vonnegut - Cat’s cradle
2. Furqat Alimardon - Pichirlagan sirlar
3. Дарон Аджемоглу - Узкий коридор (bu yil qayta o’qiyman)
4. Machiavelli - The Prince
5. Odil Yoqubov - Muqaddas
6. Tim Marshall - Prisoners of geography
7. Francis Fukuyama - Liberalism and Its discontents
8. Shuhrat - Oltin zanglamas
9. Fyodor Dostoyevskiy - Telba
10. Jorj Martin - Taxtlar o’yini
11. Уолтер Айзексон - Леонардо Да Винчи
12. Donna Tartt - The Secret history
13. Тревор Ной - Бесцветный
14. Nikolai Gogol - The Nose
15. Антон Чехов - Палата 6
16. Min Jin Lee - Pachinko
17. Baxtiyor Abdug’afur - Kazbek
18. Sylvia Plath - The Bell jar
19. Hanya Yanagihara - A Little life
20. Virjiniya Vulf - Shaxsiy xona
21. Kristin Hannah - The Nightingale
22. Kochanski - Resistance
23. Emil Zolya - Hamal
24. Han Kang - The Vegetarian
25. Madlen Miller - Kirka
26. Abdurazzoq Gurna - Jannat
27. Bahodir Umurzoqov - Oyjamol
28. Jorj Perek - Uxlayotgan odam
29. Orhan Pamuk - Qor
30. Харуки Мураками - Хроники Заводной Птицы
31. Han Kang - Human Acts
32. Pol Oster - Nyu-York trilogiyasi
33. Джоха Аль-Харти - Небесные Тела
34. Джонатан Сафран Фоер - Жутко громко и запредельно близко
35. Bessel Van Der Kolk - The body keeps the score
36. Musa Jalil - Moabit daftari

Tabiiyki yuqoridagi ro’yxatda mutaxassislik va ilmiy ishga doirlar yo’q. Bori shu.

@mahinsworld
Bu yil “Urush va Tinchlik”, “Jinoyat va Jazo”ni o’qishni juda xohlayapman.

Muammo - Urush va Tinchlikni qaysi tilda o’qishni bilmasligimda. O’zbekchasini Abdulla Qahhor va ayollari tarjima qilgan. Ruschada esa original. Siz qaysi tilda o’qigansiz?

@mahinsworld
Ok, Google

Kitob sotib olishdan qanday to’xtash mumkin?
@mahinsworld
​​#book_review

Ushbu kitob bilan qiziq bir hikoyam bor (o'zi ko'p holda tanlagan kitoblarim ortida hikoyalarim yotadi). Bundan ancha yillar avval, 2018-yilda kitobni ingliz tilida sotib oldim, used ya'ni o'qilgan versiyasini (kitobni esa afsus uydan topa olmayapman hozircha). O'qiyman deb doimgidek ortga surdim, doimiy Mahinchilik. Kitob do'konlarida qarardim, ichidagi illustratsiyalarni tomosha qilardim va ikkilanib ketaverardim. Dekabr oxirida "bo'ldi, o'tiraman va shu kitobni o'qiyman", deya o'zimga buyruq berdim. O'tirdim. O'qiy boshladim. Boshida haqiqatda ancha betlarida zerikdim. Bola tiliga moslasha olmadimmi yoki muallif yozish uslubiga, bilmadim.

Ammo, 30-foizidan keyin ipsiz bog'ladi va oxir-oqibat shunday joylari bo'ldiki rosa yig'ladim. Rosa gapni aylantirdim a? Kitobga qaytsak, kitobning nomi Jonathan Safran Foerning "Extremely Loud and Incredibly Close". Kitob o'ziga 2-jahon urushi bombardimoni, 9/11 voqealari, postravma, javobsiz muhabbat va bolakayning otaning isini qidirishini o'ziga qamrab oladi.

Kitobning bosh qahramoni Oskar Shell – o'n bir yoshli o'smir – o'quvchini o'zining o'ziga xos qahramonligi va sezgirligi bilan jalb etadi. Otasini 11-sentabr fojiasida yo'qotgan bolakay o'zining ichki dunyosida g'am-anduh, quvonch va qiziqishni uyg'unlashtirgan. U otasidan qolgan sirli kalitni va bu kalit ochadigan eshikni topishga bel bog'laydi. Bu kalitning kitobdagi timsoli otasini yo'qotgan farzandni otasi haqidagi zarradek bo'lsa-da xotirasini, isi hamda iforini izlashi, uni taniydigan, otasi haqida hech bo'lmasa ikki so'z ayta oladigan insonni izlab topish edi.

Foerning yozuv uslubi bu kitobda ayniqsa ajralib turadi. Matnda Oskarning ichki monologi, suratlar, she'rlar va xatlar bir-biriga o'ralashib, hikoyaga ko'p qatlamlilik bag'ishlaydi. Bu nafaqat syujetni, balki hissiy holatni ham yanada ta’sirli qilishga xizmat qiladi. Ikkinchi jahon urushi va 11-sentabr voqealari asarda ikki xil tarixiy kontekstni taqdim etadi. Ikkinchi jahon urushi davomida boboning guvohi bo'lgan Drezdendagi bombardimonlar insoniyat tarixidagi eng dahshatli voqealardan biri sifatida tasvirlanadi. Bu voqea boboning ichki dunyosida chuqur jarohat qoldiradi va uning sukut saqlash odati – gapirishni bas qilishi – shaxsiy travma va dunyo bilan bo'lgan aloqasini uzishi ramzi sifatida xizmat qiladi. Boboning yozuvsiz xatlari esa insoniyatning dardini ifodalashdagi ojizligini ta'kidlaydi.

Hayot juda qisqa, biz o'zimizni izlab yillarimizni yo'qotishimiz, yillarimizni yo'qota turib esa yaqinlarimizning diydoridan ham mosuvo bo'lishimiz mumkin. Kitob ana shu haqda. O'qib chiqing, yig'lmaslikka urining. Bilaman buni iloji bo'lmaydi.

@mahinsworld
#reading

Shu kitob mutolasi bilan bandman. Juda go’zal uslubda yozilgan, chiroyli so’zlar ishlatilgan. O’qiganmisiz?

@mahinsworld
​​#book_review

Bu dunyoda hamma ham dinamik, qiziqarli, shovqinli va ranglar to’la hayot kechirmaydi. Odatiy insonlarning hayoti bir tekis - oila, uy va ish, orada do’stlardan iborat bo’ladi. Bugungi review ana shunday hayot egasi Stoner haqida.

Qishloqda katta bo’lgan bolaga kunlardan bir kun ota-onasi Universitetda o’qishi kerakligini, Qishloq xo’jaligi yo’nalishida ta’lim olib, qaytib ularga qarashishi kerakligi aytishadi. Qahramonimizning ishqi esa universitetda adabiyotga tushadi. Aynan ana shu yerdan asarning eng go’zal joylari boshlanadi.

Bir tekis kechadigan “zerikarli” hayotning egasi bo’lmish Stonerda uni sevmaydigan xotini, uy va sevimli ishi bor edi. Ammo bilasizmi, uning hayotidagi adabiyot, so’zlar shunday bir o’rin olgandiki o’qib lol qolasiz. Balki ichimda bir tugallanmagan adabiyotshunos yashashigadir adabiyotga oid joylarini qayta-qayta o’qidim (ishoning hali ko’p qayta o’qiyman). Zerikarli hayotidagi muhabbat hikoyasida ham adabiyot yotadi. Bu joylaridagi tub burilishda uni na ayblay olasiz va na nimadir deya olasiz. Lom qolgancha kuzatasiz.

Asar muallif tomonidan hikoya qilinadi. Stoner unday qildi, bunday qildi tariqasida aytiladi. Xuddiki muallif sizga kechqurun ertak, qissa o’qib berayotgandek his qoldiradi. Jimgina eshitasiz. Diqqatingizni hech narsaga bo’lmaysiz.

Qisqa qilib aytganda siz go’zal so’zlar, adabiyot qiziq bo’lsa bilingki asar siz uchun. O’qing.
@mahinsworld
#nimadir

ancha bo'libdi. quloqda quloqchin, barmoqlar kompyuter klavishlarida shunchaki nimalardir, balki kechinma, balki qabldagilar, balki ong oqimida kelayotganlarni yozmaganimga.

ancha bo'libdi. sevgan musiqamni tinglamay qo'yibman. shunchaki uchragan ko'chalarda tentiramaganimga. sevgan qo'shig'imni xirgoyi qilgancha, yerdagi barglarni qo'limga olib qaramaganimga.

ancha bo'libdi. o'zimni tinglamay qo'yganimga. tabiatan depressiv, noluvchi menimni eshitmay qo'yganimga. bu safar qanday hislar qalbimda o'tayotganini so'ramay qo'ymaganimga.

ancha bo'libdi. ko'zimni yumgancha xayol surmaganimga. shirin bir xayollar og'ushida mast bo'lmaganimga. o'ylaganimga, miyamda bo'lgan-bo'lmagan ssenariylar tuzmaganimga. o'zimga-o'zim uzundan-uzun monologlarni aytmaganimga.

ancha bo'libdi. asar qahramonlari bilan gaplashmay qo'yganimga. qahramonlar dardini so'ramaganim, o'zimniki ham uniki bilan o'xshash ekanini aytmaganimga. qaynoq kakao ichgancha suhbatlashmaganimga.

ancha bo'libdi. boshqalarnikiga o'xshamgan telba hayotim bor ekanini. yo'q, telba hayot emas. unda yashovchi telba men ekanimni eslaganimga. o'zgalarnikidan o'zga bir olamim bor ekanini unutganimni, tan olmanimga.

ancha bo'libdi. chinakamiga yashaganimga. ancha. bo'libdi. ancha. bo'libdi. ancha

@mahinsworld
#reading

Kitob. Yolg’izlik. Va man. Va albatta. Dostoyevskiy

@mahinsworld
2025/01/10 11:58:42
Back to Top
HTML Embed Code: