tgoop.com/maksudkhon/410
Last Update:
#Nazm
Robert Frostning “The Road Not Taken (Tanlanmagan yoʻl)” sheʼrini oʻzbek tiliga tarjima qildik. Oʻqib, baho berishingiz mumkin (quyida sheʼrning asli ham keltirilgan).
Tanlanmagan yoʻl
(Maqsud Salomov va Gulsanam Roziqova tarjimasi)
Kuz oʻrmoni oʻrtasida yoʻl ikkiga ayrildi,
Bir yoʻlovchi ikki rohdan yura olmaydi, afsus.
Uzoq turdim, soʻqmoqlarning soʻng biriga qayrildim,
Qay manzilga eltarkan, deb ichkariga tikdim koʻz:
Egri ekan changalzorda qayergadir qayrildi.
Safar uchun ikkinchisin maʼqul koʻrdim – serjilo,
Jozibador, ham kam odam bosib oʻtgan tuyuldi.
Va undagi oʻt-oʻlanlar maftunkorroqdek, ammo
Mendan oldin oʻzgalar ham xoʻp yurishgan bu yoʻldan,
Tanlanmagan soʻqmoqdan kam ezilmagandi, aslo.
Ikkisi ham oʻsha tongda barg-la birdek qoplangan,
Ikkisin ham oʻpmagandi besoʻnaqay qadamlar.
O birinchi yoʻl – yoʻlimsan boshqa kunga saqlangan!
Lek bilaman oʻz yoʻliga singib ketar odamlar
Va sen tomon qaytmogʻim ham gumonlarga mixlangan.
Oradan koʻp yillar oʻtib xotiralar qaytadir –
“Oʻrmon aro ikki soʻqmoq uchragandi dafʼatan –
Deya bir kun yod etarman xoʻrsingancha qaydadir, –
Tanlagandim kamroq yurib oʻtilganin va aynan
Oʻsha tanlov manglayimga taqdirni qilgan taqrir”.
Lyublyana, Sloveniya
22.05.2020
Asli:
The Road Not Taken
Two roads diverged in a yellow wood,
And sorry I could not travel both
And be one traveler, long I stood
And looked down one as far as I could
To where it bent in the undergrowth;
Then took the other, as just as fair,
And having perhaps the better claim,
Because it was grassy and wanted wear;
Though as for that the passing there
Had worn them really about the same,
And both that morning equally lay
In leaves, no step had trodden black.
Oh, I kept the first for another day!
Yet knowing how way leads on to way,
I doubted if I should ever come back.
I shall be telling this with a sigh
Somewhere ages and ages hence:
Two roads diverged in a wood, and I—
I took the one less traveled by,
And that has made all the difference.
Robert Frost
1916
P.S. Suratda Lyublyanada joylashgan Tivoli bogʻidagi ikkiga ayrilgan yoʻl. Faqat rasm kuzda emas, bahorda olingan. Oʻzim olganman. ;)
Kanalga ulanish👇👇
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
BY Salomov.uz

Share with your friend now:
tgoop.com/maksudkhon/410