tgoop.com/maksudkhon/542
Last Update:
Suratda OʻzSSRda chiqarilgan “Yangi yoʻl” ayollar gazetasining 1931-yildagi sonlaridan birining sahifasi.
Surat ostidagi izohda shunday yozilgan:
“Ona: oʻzingni tayyor huquqingni ola bilmay paranjiga oʻralganingday, bolangni ham beshikka kishanlab qiynama: koʻryapsanmi, bu bola beshiksiz qanday rohatda uxlayapti”.
Surat ostidagi izohni oʻzim tushunganimcha hozirgi soʻzlar bilan yozdim.
Surat onalarni milliy beshiklardan voz kechishga undaydi (bola krovatda uxlayapti).
Men beshikning foyda va zararlarini bilmayman, shu uchun bu masalaga fikr bildirmayman.
Eʼtiborimni tortgani alifbo boʻldi. Oʻsha paytda:
ng > ƞ
oʻ > ɵ
sh > ş
i > ь
j > c
y > j yozilgan ekan.
“X” va “H” ham ajratilmagan, faqat “X” harfidan foydalanilgan (xuquqingni, roxatda, uxlaydi).
“ning” qoʻshimchasi ham “ni” deb ishlatilgan (oʻzingni).
“A” harfi ham ikkita: “bala” va “həm” soʻzlarida koʻrish mumkin.
Kanalga ulanish👇👇
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
BY Salomov.uz

Share with your friend now:
tgoop.com/maksudkhon/542