MANAVIYAT_VA_MARIFAT_DARSI Telegram 3359
26-mavzu

INTЕRNЕT MUHITI VA AXBOROT O‘ZGARISHLARI

Kompyuter texnologiyasining ajib mo‘jizasi bo‘lmish internet kurrai zaminni yagona kibermakonga aylantirdi. Uning qator ijobiy jihatlari borligini inkor etmagan holda, ayrim salbiy jihatlaridan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ya’ni, bugun jamiyat xavfsizligi va barqaror­ligiga tahdid soluv­chi misli ko‘rilmagan yangi-yangi xavflar paydo bo‘lmoqda. Internet orqali amalga oshiriladigan axborot xurujlarining oldini olish juda mushkul. Shundan foydalangan ayrim kimsalar o‘z g‘arazli maqsadlarini internet orqali amalga oshirishi ommaviy tus olmoqda.

Axborot xurujining asosiy xususiyatlari:

omma va yakka shaxslar­ning onglari axborot xurujining obyekti hisoblanadi. Qaror qabul qilish vakolatiga ega shaxslarga ko‘proq tazyiq o‘tkazishga harakat qilinadi;

axboriy ta’sir har xil mashmashalar va mavjud axborot bo‘shliqlari orqali amalga oshiriladi;

yot maqsadlar zo‘rlab o‘tkaziladi;

axboriy ta’sir buzib ko‘rsatilgan fakt­larni o‘z ichiga olishi yoki ta’sir o‘tkazuvchiga maqbul emotsional holatni zo‘rlab o‘tkazishi mumkin.

Axborot quroli

Keng ma’noda – raqibni ke­rakli yo‘nalishda fikrlashga undaydigan, uning nuqtai nazarini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan va kerakli axborot yordamida amalga oshiriladigan harakatlardir.

Tor ma’noda – raqibning axborot zaxiralari ustidan nazoratni ta’minlaydigan va uning telekommunikatsiya tizimlariga zarar yet­kazadigan texnikaviy usullar va texnologiyalar.

Axborot qurolining asosiy xususiyatlari

yashirin xarakterga egaligi (urush e’lon qilmasdan maqsadga erishish);

keng ko‘lamda zarar yetkazishi;

ko‘plab sohalarda, ya’ni raqibning harbiy va noharbiy tuzilmalari tomonidan qo‘llanishi.

Axborot qurolining

turlari

axborotni yo‘q qilish, buzish yoki o‘g‘irlash;

axborot himoya vositalarini sindirish;

ruxsat etilgan foydalanuvchilarga kerakli axborot resurslariga kirishni cheklash;

raqibning texnik va dasturiy vositalari faoliyatini ishdan chiqarish.

Axborot texnologiyalarining tezkorlik bilan rivojlanib borishi natijasida boshqarish va saralash ancha mushkul bo‘lgan axborot oqimi vujudga kelmoq­da. Axborot sohasidagi globallashuv o‘ziga xos kurash maydoniga aylangan. Hozirgi paytda jahonda 20 ga yaqin davlatda yadro quroli ishlab chiqarish harakatlari davom etayotgan bo‘lsa, 120 ga yaqin mamlakatda «axborot xuruji» uyushtirilayotgani tashvishli holdir. Bu axboriy tajovuzlar millat ruhiga, insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap.

Darhaqiqat, ommaviy axborot vositalari hamda kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji hozirgi davrdagi g‘oyaviy kurashlarga ham qulay imkoniyatlarni yaratmoqda. Jumladan, tarqatilayotgan axborotlar oqimining qaysidir bir kuchning manfaatdorligi nuqtai nazaridan axborot iste’molchilariga yetkazi­lishi yoxud ataylab qarama-qarshi xarakterdagi ma’lumotlarni poyma-poy uzatish orqali odamlarning idrokini susaytirishga intilish kabi xatti-harakatlar yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Bugun jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muam­molardan biri, shubhasiz, milliy axborot makonimizga ma’naviy qadriyatlarimizga, barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu g‘oyamizga mutlaqo zid bo‘lgan nosog‘lom manfaatlar, qarama-qarshiliklar ta’siridagi oqim va undagi muttasil o‘zgarishlarning kirib kelayotganidir.

Mafkuraviy tahdidlar, «axborot xuruji» avvalo fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlar dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, jamoatchilik fikrini chalg‘itadi. Bu o‘z navbatida yurt osoyishtaligiga va jamiyat barqaror­ligiga putur yetkazadi. Bilintirmay ongga ta’sir ko‘rsatadigan axborot shaxs, oila va jamiyatni o‘z komiga tortaveradi. Davlat taraqqiyotiga, birinchi galda, ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, axborot qanday maq­sadda tarqatilganini, uning ijobiy yoki salbiy, foydali yoki zararli jihatlarini farqlash uchun odamlar ongi hamda ma’naviyati yuksak darajada bo‘lishi lozim.

tgoop.com/manaviyat_va_marifat_darsi/3359
Create:
Last Update:

BY MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Share with your friend now:
tgoop.com/manaviyat_va_marifat_darsi/3359

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Click “Save” ; Read now To edit your name or bio, click the Menu icon and select “Manage Channel.” The administrator of a telegram group, "Suck Channel," was sentenced to six years and six months in prison for seven counts of incitement yesterday. In 2018, Telegram’s audience reached 200 million people, with 500,000 new users joining the messenger every day. It was launched for iOS on 14 August 2013 and Android on 20 October 2013.
from us

Telegram MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
FROM American