MANAVIYAT_VA_MARIFAT_DARSI Telegram 3441
33-mavzu

KADRLAR SIYOSATIDA YANGICHA YONDASHUV

Har qanday soha yoki tarmoq rivojida kadrlar salohiyati muhim ahamiyatga ega. Bu, o‘z o‘rnida, jamiyat ravnaqi, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda aytish mumkinki, yurtimizda bugungi kunga kelib, kadrlar siyosatida yangicha, ilg‘or yondashuvlarni amalga tatbiq etish islohotlarning zarur va muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Xo‘sh, bugungi kunda mamlakatimiz ichki ishlar organlarida olib borilayotgan ishlar mazkur islohotlarga hamohang tarzda amalga oshirilyaptimi?
So‘nggi besh yil ichida ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarni har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, iymon-e’tiqodi va irodasi mustahkam, ma’naviyatli, fidoyi, mard va vatanparvar shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta’minlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori mas’uliyat hissini shakllantirishdan iborat. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda Prezidentimizning 2021-yil 2-apreldagi «Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi» huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ichki ishlar organlarining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishi, uning jamiyatda tutgan o‘rni va xalqimiz orasidagi obro‘si ko‘p jihatdan kadrlar salohiyati hamda ularning maqsadli kasbiy tayyorlanishiga chambarchas bog‘liq.
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga (ishga) qabul qilish Prezidentimizning tegishli qarori bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu Nizomga ko‘ra, xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maq­sadida o‘quv yurtlari, harbiy qismlar, mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarma (bo‘lim)larda, aholi turarjoylarida, tashkilot va muassasalarda muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi, ommaviy axborot vositala­rida qabul hamda bo‘sh lavozimlar to‘g‘risida e’lonlar joylashtiriladi, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalarida ochiq eshiklar kunlari o‘tkaziladi.
Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan (shu jumladan, o‘ttiz yoshdagi ham), oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan (ayollar bundan mustasno), shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan erkaklar (bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan) va ayollar (bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmagan) qabul qilinadi.
Dunyo davlatlarida ichki ishlar, polit­siya tuzilmalariga ishga qabul qilish bo‘yicha umumiy o‘xshashlikka ega bo‘lgan talablar va bir-biridan keskin farq qiluvchi jihatlarni kuzatish mumkin. Xususan, jahonning yetakchi davlatlari – AQSH, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Irlan­diya, Avstriya, Veng­riya, Chexiya, Turkiya va Isroil politsiya tizimiga ishga qabul qilish tizimi o‘rganilganda, quyidagi umumiy o‘xshash talablar mavjudligi ko‘zga tashlanadi:
 
– fuqarolikning mavjudligi;
– yosh senzi;
– tegishli ma’lumotga ega bo‘lishi;
– muddatli harbiy xizmatni o‘taganlik;
– jismoniy yaroqlilik;
Politsiyaga ishga kirish barcha davlatlarda minimal yosh chegarasi belgilangan, ammo ayrim mamlakatlarda maksimal yosh chegarasi umumiy mehnat qonunchiligidagi normalar bilan tartib­ga solinishi ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, AQSHning Luiziana shtatida yuqori yosh chegarasi pensiya yoshidan 5 yosh kichik bo‘lishi belgilangan. Buyuk Britaniyada esa yuqori yosh chegarasi mavjud emas.

tgoop.com/manaviyat_va_marifat_darsi/3441
Create:
Last Update:

BY MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Share with your friend now:
tgoop.com/manaviyat_va_marifat_darsi/3441

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

On June 7, Perekopsky met with Brazilian President Jair Bolsonaro, an avid user of the platform. According to the firm's VP, the main subject of the meeting was "freedom of expression." On Tuesday, some local media outlets included Sing Tao Daily cited sources as saying the Hong Kong government was considering restricting access to Telegram. Privacy Commissioner for Personal Data Ada Chung told to the Legislative Council on Monday that government officials, police and lawmakers remain the targets of “doxxing” despite a privacy law amendment last year that criminalised the malicious disclosure of personal information. The court said the defendant had also incited people to commit public nuisance, with messages calling on them to take part in rallies and demonstrations including at Hong Kong International Airport, to block roads and to paralyse the public transportation system. Various forms of protest promoted on the messaging platform included general strikes, lunchtime protests and silent sit-ins. Done! Now you’re the proud owner of a Telegram channel. The next step is to set up and customize your channel. 3How to create a Telegram channel?
from us

Telegram MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
FROM American