MANAVIYAT_VA_MARIFAT_DARSI Telegram 3721
52-mavzu

Eng yaxshi sovg‘a – kitob

Buyuk sarkarda bobomiz Amir Temurning «Kitob (bitik) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir», degan taʼkididan ham kitob milliy o‘zlik hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qiluvchi mayoq ekanligini anglash qiyin emas.

Hozirgi kunda yurtimizda kitobxonlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda. Aholi o‘rtasida milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalari targ‘ib qilinyapti. Eng faol kitobxonlarni rag‘batlantirishga qaratilgan qator tanlovlar o‘tkazilyapti. Respublikamiz bo‘ylab kitob yarmarkalari tashkil etilyapti. Buni ichki ishlar organlari tizimida o‘tkazilayotgan «Eng faol kitobxon xodim», «Eng ilg‘or kitob¬xon kursant», «Kitobxon oila» ko‘rik-tanlovlari misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu o‘rinda kitob mutolaasi tanlovlarida g‘olib chiqib, mukofotlarni qo‘lga kiritish uchun emas, har birimizning ruhiy olamimizni boyituvchi maʼnaviy ehtiyojimizga aylanmog‘i zarurligini taʼkidlashimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, shunday degandi:

«... hamma¬miz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, yaʼni, kitob¬xonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chi¬qish vazifasi turibdi».

Hozirda hayotimizga kirib kelgan kompyuter, o‘zi kichkinagina quticha bo‘lsada, qator imkoniyatlarga ega mobil telefonlar yordamida istalgan yangiligu axborotni bilib olish mumkin. Bu odamlarda kitob o‘qish uchun vaqt sarf¬lash shartmikin, degan fikrni uyg‘otgani ham rost. Mulohaza qilaylik, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofilm bosma nashr etilgan badiiy asar o‘rnini bosolmaydi. Tan olishimiz kerak, kitob o‘qishning ajib bir zavqi bor. Bu haqda akademik Akmal Saidov shunday degan edi: «Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir».

Kitob o‘qigan inson dunyoqarashi kengligi, mulohaza qilishi, bilimi, yuksak tafakkuri bilan boshqalardan ajralib turadi. Kitob bilan yoshligidan oshno tutingan bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi. Shu o‘rinda oilada, maktab va bog‘chalarda bolalarning kitobga mehrini, adabi¬yotga qiziqishini oshirish ota-onalarning, o‘qituv¬chilarning vazifasi ekanligini ham aytib o‘tishimiz lozim.

Buyuk allomalar, olimu fuzalolar, shoiru adiblar hayoti va ijodi bilan tanishganimizda, ularning maʼrifatli oilalarda o‘sib ulg‘aygani bilan bir qatorda aynan ilm-maʼrifatga qiziqishi oilada kitobga eʼtibordan boshlangani, bu ularning taʼlimu tarbiyasida qo‘l kelganiga hayotiy misollar ko‘p. Jumladan, so‘z mulki-ning sultoni Alisher Navoiy yetti yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, buyuk muhaddisimiz Imom al-Buxoriy hazratlari esa olti mingdan ziyod ha¬disni yoddan bilgan. Ammo u davrlarda bugun bizdagi imkoniyatlarning bir qismi ham bo‘lmagan. Lekin ular o‘z maqsadlari sari intilib, izlanib, yuksak maʼnaviyat sohibiga aylanishgan.

Qachonki, insonning mustaqil fikri, maʼnaviy olami boy bo‘lsa, u jamiyatning faol aʼzosiga aylana oladi. Odamni borliqdagi boshqa mavjudotlardan ajra¬tib turuvchi omillardan biri ham uning maʼnaviyati¬dir. Bunda kitobdan yaxshi, beminnat do‘st va maslakdosh yo‘q ekanligini unutmasligimiz zarur.

Qalbi qalbiga muqaddas rishtalar bilan tutash insonlarmiz. Kitob esa har bir insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir. Bir-birimizga sog‘inganlarimiz yaxshilik, ezgulik ekan, bunda bilimlar chashmasi bo‘lgan kitobdan yaxshiroq sovg‘a yo‘q. Faqat kitobning sarasini tanlay bi¬lish kerak. Chunki hamma yaltiraydigan narsa olmos bo‘lmaganidek, mazmunan sayoz, badiiyat jihatidan oqsaydigan asarlar ham yo‘q emas.

tgoop.com/manaviyat_va_marifat_darsi/3721
Create:
Last Update:

BY MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Share with your friend now:
tgoop.com/manaviyat_va_marifat_darsi/3721

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

4How to customize a Telegram channel? Joined by Telegram's representative in Brazil, Alan Campos, Perekopsky noted the platform was unable to cater to some of the TSE requests due to the company's operational setup. But Perekopsky added that these requests could be studied for future implementation. Select “New Channel” Private channels are only accessible to subscribers and don’t appear in public searches. To join a private channel, you need to receive a link from the owner (administrator). A private channel is an excellent solution for companies and teams. You can also use this type of channel to write down personal notes, reflections, etc. By the way, you can make your private channel public at any moment. With the sharp downturn in the crypto market, yelling has become a coping mechanism for many crypto traders. This screaming therapy became popular after the surge of Goblintown Ethereum NFTs at the end of May or early June. Here, holders made incoherent groaning sounds in late-night Twitter spaces. They also role-played as urine-loving Goblin creatures.
from us

Telegram MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
FROM American