Telegram Web
БУЙРУҚ_35_Ҳомиладор_аёлни_вақтинча_бошқа_eнгилроқ_ишга_ўтказиш_тўғрисида.docx
29 KB
#namuna
Homilador ayolni vaqtincha boshqa yengilroq ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq

📑 Jamlanmada:

O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Uchta qonun hujjati ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/noDeEcMjFsM?si=QGgNHq8VPdVwvD7f
https://youtu.be/PSLVrvnAbU0?si=a5tCHiYpuaE0-CdH
https://youtu.be/f-MdGbgkbYg?si=FShHrHAcNNIDX5w9)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
#qonunbilan
Давлат нотариал идораси нотариусини лавозимига тайинлаш бўйича танлов ва хусусий нотариал фаолият билан шуғулланиш ҳуқуқини бериш бўйича малака имтиҳонини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритилди.
Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг буйруғи, 06.02.2025 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3114-4

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda
#savolimbor Assalomu alaykum. Bir masala bo’yicha bahs ketib qoldi. Bu yil 8-mart shanba kuniga to’g’ri kelyapti. Shunda 10-mart dushanba kuni 5 kunliklar uchun dam olish kuni bo’ladimi, ayrimlar ish kuni bo’ladi chunki yakshanba kuniga to’g’ri kelsagina dam olish kuni bo’ladi deyishyapti…

MK 208-moddasiga ko’ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

MK 207-moddasiga ko’ra, xodimlarga har haftada dam olish kunlari beriladi.

5 kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi. Aynan bitta ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun bajariladigan ishning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab ish haftasining har xil turlari belgilanishi mumkin.

5 kunlik va 6 kunlik ish haftasida umumiy dam olish kuni yakshanbadir. 5 kunlik ish haftasidagi ikkinchi dam olish kuni jamoa shartnomasida yoki ichki mehnat tartib qoidalarida yoxud smenalarga bo‘linib ishlash jadvallarida, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi.

❗️E’tibor bering, MK 208-moddasida umumiy dam olish kuni yakshanba haqida emas, balki dam olish kuni haqida gap ketgan.

⚠️ Demak, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “8-mart — Xotin-qizlar kuni” bayrami 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2025-yil 10-mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Shuning uchun 10-mart — dushanba kuni 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 6 kunliklar uchun esa ish kuni bo’ladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#test Xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish beruvchi ariza berilgan kundan e’tiboran ... ish kunidan kechiktirmay xodimga ish bilan bog‘liq hujjatlarni berishi shart.
Anonymous Quiz
75%
3
15%
5
9%
7
1%
9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўранг_жавоб_берамиз

▶️ Пенсионерларни ишдан бўшатишнинг қонуний йўллари борми?

Бу ҳақда меҳнат ҳуқуқи бўйича эксперт Муҳаммадамин КАРИМЖОНОВ тушунча берди.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
project-4417-v3 (1).pdf
115.9 KB
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 333-moddasiga o'zgartish kiritilishi mumkin.

Taklif etilayotgan loyihaga ko'ra
“Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdorini hisoblashda kechiktirilgan to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining to‘rt foiziga ko‘paytiriladi, so‘ngra ushbu miqdor kechiktirilgan kunlar soniga ko‘paytiriladi (kechiktirilgan to‘lov * (asosiy stavka * 4 foiz) * kechiktirilgan kun = pulli kompensatsiya)”.

Amaldagi miqdor turli bahslar va ish beruvchilarning e'tirozlariga sabab bo'layotgan edi.
ИЛТИМОСНОМА_1_Интизомий_жазони_муддатдан_олдин_олиб_ташлаш_ҳақида.docx
24 KB
#namuna

Intizomiy jazoni muddatdan oldin olib tashlash haqida iltimosnoma


📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi iltimosnoma namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/MpVBqHUCO18?si=VmyIPwrFFPe-9p8p)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Mehnat huquqi
Amaliyotda bahslarga sabab bo'layotgan MK 333-moddasi bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan javob. Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
Amaldagi tahrir va taklif etilayotgan loyiha bo'yicha taqqoslash

Mehnat kodeksining 333-moddasi (loyihasi) talablaridan kelib chiqib, xodimning bir oylik ish haqi miqdori 2 million so‘m to‘lanishi kerak bo‘lgan summa 10 kunga kechiktirilsa, har bir kechiktirilgan kun uchun quyidagicha hisob-kitob qilinadi:

2 mln so‘mning 0.54 (asosiy stavka * 4) foizi 10 800 so‘m bo‘ladi. Bu yerda, 0.54 foiz – bugungi kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 13.5 foiz bo‘lib, Mehnat kodeksining 333-moddasi (loyihasi) talabi bo‘yicha 4 foizi olingan.

Shunga ko‘ra, ish beruvchi xodimga o‘n kun uchun 108 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘lashi lozim.

Amaldagi tahrirga ko‘ra, ish beruvchi xodimga o‘n kun uchun 280 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘lashi lozim.
#savolimbor Assalomu alaykum, xodimni vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uni yillik mehnat ta'til muddatini hisoblashda hisobga olinadimi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi📤:

Ha, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish stajiga kiradi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrining muddatini ahamiyati yo'q.

❗️Masalan, "Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida"gi Yo'riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667 ) 22-bandiga ko'ra, sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda xodim 10 oygacha "bolnichniy"da yurishi mumkin https://lex.uz/docs/-2625878. Ana shu 10 oy to'liq har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish stajiga kiradi.

Chunki, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida xodim haqiqatda ishlamagan bo’lsada, uning ish o‘rni (lavozimi) saqlanadi.

MK 226-moddasiga ko’ra, har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga quyidagilar kiradi:

xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish o‘rni (lavozimi) saqlangan vaqt, shu jumladan har yilgi mehnat ta’tili vaqti, dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa davrlari...

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri ham har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish stajiga kiradi.

Diqqat! Har yilgi asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:

xodim uzrli sabablarsiz ishda bo‘lmagan vaqt;

xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar, bundan 226-modda birinchi qismining to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa ushbu Kodeks 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar vaqti;

ish yili davomida ikki haftadan oshadigan ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar vaqti.


Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu aleykum men men 30 yildan buyon mehnat ta'tiliga chiqmasdan ishlab kelmoqdaman men hozir mehnat shartnomamni bekor qilsam menga 30 yillik mehnat ta'tili Puli beriladimi yoʻq.


Javob
O‘ttiz yil davomida biror marta ham yillik mehnat ta’tiliga chiqmasdan ishlash juda noodatiy va hayratlanarli holatdir.

Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. Hisob-kitob xodimga xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarini to‘lashni ham o‘z ichiga oladi. Kodeksning 234-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

Demak agar siz hozir mehnat shartnomangizni bekor qilsangiz foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalari to‘lab beriladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://www.tgoop.com/MehnathuquqimurojaatBot
#test Ish beruvchi tanlov o‘tkaziladigan sana haqida tegishli ishga (lavozimga) kirayotgan shaxsga kamida ... oldin xabar qiladi.
Anonymous Quiz
33%
uch kun
20%
bir hafta
17%
ikki hafta
15%
o'n besh kun
16%
uch ish kuni
#savolimbor
Битта савол ?
Мен 2022-йил 17-феврал куни денов туман Халк талими булим мудури , мудур уринбосари, булимнинг кадрлар буйича инспектори мени уша куни кечги вакит соат 19-00 ларда раёнага Бир келиб кетинг деб чакириб, мудурнинг хонасига киритиб (хатто Кул телифонимни хам киргиздирмай ташкарида колдириб ) Мудур, уринбосар, ва кадир, мендан мажбурлаб ишдан бушаш хакида аризамни ёздириб олган эди. Шуни судга бериб ишни тикласа буладими? Ёки муддати утиб кетганми?


Javob
Sizning vaziyatingiz Mehnat kodeksining 560-moddasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu modda bo‘yicha ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati — xodimga ishdan bo‘shatilganligi haqidagi buyruqning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy deb belgilangan.

Siz 2022-yil 17-fevral kuni ishdan bo‘shash haqidagi arizani majburan yozganingizni aytayapsiz. Agar shu kuni yoki qisqa muddat ichida rasmiy buyruq chiqarilib, sizga topshirilgan bo‘lsa, buyruqning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy ichida sudga murojaat qilishingiz kerak edi.

Hozir 2025-yil fevral oyi, ya’ni sizning sudga murojaat qilish muddatingiz ancha oldin o‘tib ketgan. Odatda, sud ushbu muddat o‘tib ketgan taqdirda ishni ko‘rishni rad etadi. Fuqarolik protsessual kodeksining 155-moddasi bo‘yicha, agar sud sizning sudga murojaat qilish muddatini uzrli sabablar tufayli o‘tkazib yuborganingizni tasdiqlasa, muddatni tiklash mumkin.

Sizning holatingizda ishga tiklash bo‘yicha uch oylik muddat ancha oldin tugagan, lekin agar quyidagi holatlar mavjud bo‘lsa, sud sizning arizangizni ko‘rib chiqishi mumkin:
Majburiy ravishda ishdan bo‘shash haqidagi ariza yozdirilgani haqida isbotlar bo‘lsa (masalan, guvohlar, yozma dalillar, audio/video yozuvlar).
Muddatni o‘tkazib yuborish sabablari uzrli ekanini sudga tushuntira olsangiz (masalan, sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolar, huquqiy savodsizlik, bosim yoki tahdid ostida bo‘lish va hokazo).

Yuqoridagilardan kelib chiqib siz advokat bilan maslahatlashib, sudga ariza berish imkoniyatini muhokama qilishingiz tavsiya etiladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://www.tgoop.com/MehnathuquqimurojaatBot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўранг_жавоб_берамиз

Мурожаат: Қайси тоифа ходимларимиз ўзига қулай бўлган вақтда таътилга чиқиш ҳуқуқига эга?

Эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
АРИЗА_4_Иш_ҳақи_сақланмайдиган_таътил_бериш_ҳақида.docx
21 KB
#namuna
Ish haqi saqlanmaydigan ta’til berish haqida ariza

📑 Jamlanmada
:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ariza namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/3_yEuPAeNB0?si=yF1LLWSBq_XE1l6o)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
#savolimbor? Xodim asosiy ish joyida 0.5 stavka ishlaydi. O’rindoshlik joyida ham 0.5 stavka ishlashi mumkinmi? Chunki bizni tekshirgan vakolatli organ bu holatda o’rindosh bo’lib 0.5 emas 0.25 stavka ishlashi kerak deyapti. Chunki O‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas ekan. Shu to’g’rimi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Bu holatda vakolatli organning harakatlari noto’g’ri.

❗️MK 437-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga ko’ra, o‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan kunlarda u o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin.

⚠️ E’tibor bering bu yerda “xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas” deyilmoqda. Ya’ni xodim asosiy ish joyida 0.25 yoki 0.5 stavka ishlashidan qat’i nazar xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmi miqdorida o'rindoshlik asosida ishlashi mumkin. Masalan, ish vaqti haftalik 40 soat bo’lsa 20 soat, 36 soat bo’lsa 18 soat o’rindoshlik asosida ishlashi mumkin.

Demak, asosiy ish joyi bo’yicha 0.5 yoki 0.25 stavka ishlayotgan xodim 0.5 stavka o’rindoshlik asosida ishlashi mumkin (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari va musiqa fani o'qituvchilari
https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/2822 bundan mustasno).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#zakovat Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari o'rtasida A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludiga bag'ishlab o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinida Mehnat huquqi kafedrasi jamoasi 1-o'rin sohibi bo'ldi.

G'oliblarni va barcha ishtirokchilarni ajoyib va qizg'in o'yin bilan tabriklaymiz.

Tashkilotlarchilarga alohida rahmat!

P.S. Ha, aytgancha 600 ming so'mdan har bir kishiga))
#test Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida ... oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.
Anonymous Quiz
25%
3 kun
28%
7 kun
25%
10 kun
22%
15 kun
2025/02/15 15:59:18
Back to Top
HTML Embed Code: