MENDAGI_MENDALIKLAR Telegram 462
Hammamizga "Shaxsiy xona" kerak

Ayollar haqida koʻplab asarlar yaratilgan: katta-kichik she'rlardan tortib yirik romanlargacha. Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" esse-qissasi oʻzining nafaqat janr nuqtayi nazaridan ahamiyatli, balki inkor etib boʻlmas faktlarga asoslangan xulosalari bilan sizni oʻylashga majbur qiladi, achchiq haqiqati bilan ayollarning yuziga tarsaki tortadi, har bir ayolni uygʻonishga, ko'zini ochishga, dunyo ayvonida faqat bola tugʻishdan bundan-da balandroq ishlarni amalga oshirishga va shu orqali "ayol"likdan mustaqil va erkin SHAXS maqomiga koʻtarilishga chaqiradi. Buning uchun esa ayolga eng avval pul va shaxsiy xona boʻlishi kerak deydi Vulf: "Ayol ijodkor yozishi uchun hamma vaqt pul hamda yolgʻizlik kerak".
Shu oʻrinda aytish joizki, nafaqat ayolning rivojlanishi, balki jamiyatda jinsidan qatʼiy nazar, har bir insonning oʻz ustida ishlashi, rivojlanishi uchun moddiy taʼminot juda muhim. Doim shunday boʻlgan, hozir ham bu qonuniyat oʻzgarmagan. Zero: "Toki qornimiz toʻq boʻlmaguncha, yaxshi fikrlay ham olmaymiz, miriqib uxlay ham olmaymiz yoki boshqa ishlarga ham qoʻlimiz bormaydi".
Asar davomida Vulf oʻz fikrlarining ahamiyati va qiymati naqadar zarur ekanini tarixiy hodisalar bilan isbotlaydi. Oʻn oltinchi asrdan to yigirmanchi asarning boshlariga qadar yashab oʻtgan ayol ijodkorlarning shaxsiy hayoti hamda buning ijodiga qanchalik taʼsir etganini tahlil qiladi. Bu yoʻlda xayolan "Shekspirning singlisi" obrazini yaratadi. Vulfning fikricha, agar Shekspirning singlisi ham xuddi akasidek mantiq, grammatika, falsafa kabi bilimlarni o'rganish uchun imkoniyat mavjud boʻlganida u ham Shekspir darajasiga koʻtarila olgan boʻlar edi. Ammo Shekspir davrida hech bir ayol bunaqa darajaga chiqa olmas edi. Negaki tugʻilganidan kimgadir unashtirilgan, voyaga yetar-yetmas umrida koʻrmagan erkakka turmushga chiqish va butun umr farzand tugʻish, paypoq toʻqish, ovqat pishirishdan bir qadam ham ham oʻtmagan ayol uchun qoʻlga qalam olib, dunyoni zabt etishni oʻylash baliqning daraxtga tirmashib chiqishiga umid qilishdek gap.
Erkaklar-chi? Tugʻilganidan "yuqori jins" vakili ekani miyasining tomir-tomirlarigacha singdirilgan va hayotlari davomida "quyi jins" vakillaridan huquq va imkoniyatlari behad koʻp boʻlgan erkaklar dunyoni qalam bilan olishdi, koʻplab ixtiro-yu kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasini yangi bosqichga koʻtarishdi, jang qilib, dunyoni boshqarishdi va hokazo. Bularning barchasi iqtisodiy erkinlik va keng imkoniyatlarning mevasi deb hisoblaydi Vulf. Agarda ayollar ham xuddi erkaklar kabi muvaffaqiyat eshiklarini ochmoqchi boʻlsa, ularga hech kim bu eshik kalitini qoʻshqo'llab tutqazib qoʻymaydi: "Ularni himoyasiz qoldiring, barcha ishda erkaklar bilan tenglashtiring - ulardan askar, maros, mashinist, kemasoz yasang - bir kun kelib kimdir xuddi " Men samolyot koʻrdim" degandek, "Men bugun ayolni koʻrdim" deydigan dahshatli sur'atda oʻzgarib, yoʻqolib ketmaydi. Ayol oʻz ayollik qiyofasini yoʻqotsagina hamma narsa roʻy berishi mumkin".
Umuman olganda, esse-qissaning boshidan oxirigacha ayollarning yuksalishi uchun eng muhim omil - pul, moliyaviy mustaqillik suv va havodek zarur ekani, ayniqsa ijodkor ayol uchun ikki karra zarurligi haqida bong uriladi. Zero "Ruhiy erkinlik moddiyatga bogʻliq. She'riyat esa ruhiy erkinlikka bogʻliqdir".
Asarni yakunlar ekanman, har qanday davlat va jamiyatda nafaqat ayollarning ijodiy barkamolligi, balki butun bir millat san'at va madaniyatining taraqqiyoti eng birinchi iqtisodiy yetuklikka va rivojlanishga et va tirnoqdek bog'liq ekani va bu ikkov baravar yuksalishi, oʻsib borishini tarixdan to bugunga qadar oʻz tasdig'ini yoʻqotmagan haqiqat ekaniga amin boʻldim.
Bundan tashqari, asarda Virjiniya Vulf adabiyot va sanʼat toʻgʻrida ham oʻz mulohazalarini bayon etadi. Quyida shulardan iqtiboslar:
Sanʼatning yetukligi - har birimizga bera oladigan haqiqat hissida.

Adabiyot oʻzgalar qarash-fikrlaridan ozor chekkan, qalbi vayronalar bilan toʻla.

tgoop.com/mendagi_mendaliklar/462
Create:
Last Update:

BY Mendagi mendaliklar

Share with your friend now:
tgoop.com/mendagi_mendaliklar/462

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Healing through screaming therapy Informative Just as the Bitcoin turmoil continues, crypto traders have taken to Telegram to voice their feelings. Crypto investors can reduce their anxiety about losses by joining the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram. During the meeting with TSE Minister Edson Fachin, Perekopsky also mentioned the TSE channel on the platform as one of the firm's key success stories. Launched as part of the company's commitments to tackle the spread of fake news in Brazil, the verified channel has attracted more than 184,000 members in less than a month. How to create a business channel on Telegram? (Tutorial)
from us

Telegram Mendagi mendaliklar
FROM American