MINECOFINUZ Telegram 10734
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#RASMIY_MUNOSABAT

📖 Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yilda maktablarda o‘quvchilar uchun darsliklar ijarasi bo‘yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan

2025–2027-yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiya asosida ishlab chiqilgan Budjetnoma loyihasida 2025–2026-o‘quv yilidan 2–11-sinflarda bir to‘plam darslik va mashq daftarlari uchun ijara to‘lovi undirish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etilgan edi.

📊 Budjet jarayonlarini shakllantirishda vazirlik tomonidan, birinchi navbatda, iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarishga ustuvor e’tibor qaratiladi. Bunda, samaradorlikni oshirish maqsadida turli yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar o‘tkaziladi.

🔆 Ta’kidlash lozimki, 2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratilgan. Ushbu mablag‘lardan 435,5 mlrd so‘mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan.

❗️2025-yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so‘m mablag‘larni to‘liq Davlat budjetidan qoplash ko‘zda tutilgan.

📝 Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardagi faol foydalanuvchilar tomonidan chop etilgan postlarda Budjet loyihasida Kitob jamg‘armasi xarajat va daromadlari ko‘rsatilmaganiga e’tibor qaratilgan. Qayd etish joizki, Kitob jamg‘armasi faoliyati to‘xtatilgan va yangi jamg‘arma tashkil qilinmagani sababli loyihada bu bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilmagan.

2025-yil uchun Davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi.

Bunda, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

tgoop.com/minecofinuz/10734
Create:
Last Update:

BY Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Share with your friend now:
tgoop.com/minecofinuz/10734

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

The Channel name and bio must be no more than 255 characters long Those being doxxed include outgoing Chief Executive Carrie Lam Cheng Yuet-ngor, Chung and police assistant commissioner Joe Chan Tung, who heads police's cyber security and technology crime bureau. Concise The main design elements of your Telegram channel include a name, bio (brief description), and avatar. Your bio should be: Telegram Channels requirements & features
from us

Telegram Iqtisodiyot va moliya vazirligi
FROM American