#nega_aynan
“Yer tarixi: Ilk 4,5 milliard yil, fazoviy zarradan ona sayyoragacha”: tarjima uchun asos faktlar
Maktab darsliklarida Quyosh sistemasi qay tarzda yuzaga kelgani, Yerning yoshi nechidaligi, dinozavrlar, ularni qirgan asteroid va Darvin evolutsiya nazariyasi haqida umumiy maʼlumotlar beriladi. Biroq barchasi aslida ham shunday boʻlganmi? Bilganlarimiz qanchalik haqiqatga yaqin? Biz bilmagan yoki oʻzgargan faktlar bormi? Bularning bariga minerolog nigohi bilan qarashga nima deysiz?
Mazkur kitob eng kichik fazoviy zarralar yuzaga kelishidan tortib kelajakda ona sayyoramizni nimalar kutib turganigacha bahs yuritadi. Asarning oʻziga xos jihatlaridan bir shundaki, unda geosfera va biosferaning birgalikdagi evolutsiyasi oʻta qiziqarli va mufassal tarzda ochib berilgan.
Muallif Yer tarixi aslida oʻzgarishlar tarixidan iboratligini, uni oʻrganish oʻzlikni anglash bilan borabar esa-da, bu tarixning katta qismi bizga nomaʼlum ekanini taʼkidlaydi. Shunga qaramay, biz eʼtibordan chetda qoldiradigan, "oʻlik" mineral toshlarda sayyoramizning butun tarixi bitilgan boʻlishi hech gap emas.
Ilmiy-ommabop tilda yozilgan ushbu kitobdagi ilmiy tushunchalar sodda va oʻziga xos usulda yetkazib berilgan. Oʻzimiz yashab turgan sayyoraviy uyimizning oʻtmishi, buguni va kelajagiga befarq boʻlmagan kitobxonlar uchun ayni muddao.
Kitob orqali minerallar Yer yuzaga kelishida naqadar muhim ahamiyat kasb etgani, Oyning paydo boʻlishiga oid turli munozarali gipotezalar, olimlar "zerikarli million yillik" deb nom bergan davrda ham aslida ancha-muncha oʻzgarishlar sodir boʻlgani va boshqa koʻplab yangi maʼlumotlarni bilib olish mumkin. “Minerallar evolutsiyasi” deb atalgan yangi atamani kashf etasiz.
Muallifning oʻzi minerolog va astrobiolog boʻlib, u yillar mobaynida turli minerallarni toʻplash va ular ustida tadqiqotlar olib borish bilan shugʻullangan. Kitobda oʻzi boshidan kechirgan sarguzashtlar (Sahroyi Kabirdagi meteorit pullovchi savdogarlar deysizmi yoki oy zarralarini qoʻriqlagan federal agentlar deysizmi), yillar davomida o'zi, hamkasblari va boshqa ilm vakillari olib borgan izlanishlar natijalari va turli gipotezalardan misollar keltirgan.
Mutolaa orqali kitobxon Yer yagona uyimiz ekanini, uning kelajagi uchun har bir inson masʼul ekanini his etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1000KITOB_podkasti
"Iste’dodlar — O‘zbekistonning eng katta boyligi"
Podkastimizning bu galgi mehmonlari Darajaviy qonuniyat — venchur kapitali bilan yangi kelajak sari (The Power Law: Venture Capital and the Making of the New Future) kitobi muharriri, Aloqa Ventures sherigi Davron Parmonov hamda Tahrirchi va Tilmoch loyihalari asoschisi Muhammadsaid Mamasaidov bo‘lishdi. Biz ular bilan Venchur kapitali, startaplar, sun’iy intellekt va mashinaviy tarjimaning kelajagi, shuningdek, o‘zbek tilidagi imlo muammolari va loyiha haqida suhbat qurdik.
Batafsil: https://youtu.be/X0GC4xv_XBU

#iqtibos
Yangi tuzum olib kirgan ma’rifat o‘ziga yarasha kuch-qudrat bo‘lib, statistika qo‘mitalari aslida hisoblash imkonsiz narsalarni ham ro‘yxatga olishga intilardi. Avvalroq aytib o‘tganimizdek, maktablar katta yoshdagilar bilan bolalarning o‘zaro munosabatlari asosidagi norasmiy maskan bo‘lsa-da, yangi hukmdorlar ularni to‘laqonli “mahalliy maktab” tarzida bilib, ular borasida ham to‘liq statistik ma’lumotlar yig‘ishni talab qilardi. Ushbu ma’lumotlar o‘ta ishonchsiz bo‘lsa-da, ro‘yxatga olish jarayonining o‘ziyoq maktab tushunchasiga yangi ma’no baxsh etdi. Aholini etnik jihatdan tasniflashdan manfaatdor bo‘lgan yangi tuzum bora-bora etnik toifalarni reallashtirdi va bu kabi tasniflash mahalliy ziyolilarning o‘zlik borasidagi munozaralarida muhim va muqim o‘rin tutishi hali oldinda edi.
📚“Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda jadidchilik” (“The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia”)
✍️ Muallif: Adib Xolid
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

"Bitta bo‘lsa ham inglizcha bilmaydigan bola bo‘lsa, tarjima qilish kerak"
Podkastimizning navbatdagi sonida fizik olimlar, loyihamiz ekspertlari Rustam Ashurov va Po‘lat Tojimurodov mehmon bo‘lishdi. Biz ular bilan ilm-fan, fizika, kitoblar, ta’lim va loyiha haqida suhbatlashdik.
Batafsil: https://youtu.be/Tqc8E_75uKk?si=3hf2bG4VO4tCSbJg
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
"Bitta bo‘lsa ham inglizcha bilmaydigan bola bo‘lsa, tarjima qilish kerak"
Podkastimizning navbatdagi sonida fizik olimlar, loyihamiz ekspertlari Rustam Ashurov va Po‘lat Tojimurodov mehmon bo‘lishdi. Biz ular bilan ilm-fan, fizika, kitoblar, ta’lim va loyiha haqida suhbatlashdik.
Batafsil: https://youtu.be/Tqc8E_75uKk?si=3hf2bG4VO4tCSbJg
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
#nega_aynan
Yalangʻoch statistika: Ma’lumotlarni vahima libosidan xalos etish
Statistika deganda kishi xayoliga oʻsha mashhur ibora keladi: "Yolgʻonning uch turi mavjud: yolgʻon, gʻirt yolgʻon va statistika". Bu gapda qanchalik jon bor oʻzi, umuman olganda statistika va uni oʻrganish qay darajada ahamiyatli?
Statistika — ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, talqin va taqdim etish ilmi. Matematikaning bu boʻlimi odatda murakkab va zerikarli fan sifatida qaraladi. Tarjima qilinayotgan kitobimizning ahamiyatli jihatlaridan biri — zerikarli ilmiy sohani sodda, tushunarli va oʻziga bogʻlab qoʻyadigan darajada qiziqarli tarzda oʻrgatishidir.
Kitob sizga statistik tahlil siyosat va biznes strategiyasidan tortib, shaxsiy tanlovlargacha bo‘lgan barcha darajadagi qarorlarni qanday shakllantirishini tushuntiradi. Uni oʻqir ekansiz, kompaniyalar mahsulotlarni taklif qilish uchun algoritmlardan qanday foydalanishi; shifoxonalar sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash uchun omon qolish ko‘rsatkichlarini qanday tahlil qilishi kabi murakkab jarayonlarni oddiy misollar va hazillar orqali tushunib olasiz.
Kitob sodda va qiziqarliligidan tashqari, kitobxonni tanqidiy fikrlash va tahlilga oʻrgatadi. Hozir ma’lumotlar oqimi juda keng, oqibatda odamlarni turli usulda manipulyatsiya qilish mumkin. Deylik, ommada biror taassurot uygʻotish uchun butun ma’lumotning faqat bir qisminigina e’lon qilish, grafiklarni buzib ko‘rsatish holatlari koʻp uchraydi. Kitobda bu usullar batafsil tushuntiriladi, soʻng o‘quvchi ma’lumot manbalarini tekshirish, ehtimoliy noxolisliklarni aniqlash va asosli qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini egallaydi.
"Yalang‘och statistika" raqamlar ko‘pincha bizga ta’sir o‘tkazish va ba’zan aldash uchun ishlatiladigan dunyoda noto‘g‘ri axborotga qarshi qalqon vazifasini o‘taydi, deya olamiz.

#bu_qiziq
"Mangu munozara" (inglizcha Great Conversation) haqida eshitganmisiz?
Hayotga doir shunday masalalar borki, ular yuzasidan barcha davrlarda faylasuf va olimlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirgan – biri ikkinchisining fikrini davom ettirib toʻldirgan yoki rad etgan. Bu davomli jarayon. Ana shu fikriy zanjir Great Conversation (“Mangu munozara”) deb ataladi.
“...munozara”da g‘oyalarning davrlararo bir-birini qanday to‘ldirgani va o‘stirib borilgani yaqqol ko‘rinadi. Masalan, Suqrotning “Adolat nima?” savoli zamonaviy faylasuf Jon Rolsning adolat nazariyalarida o‘z aksini topgan.
“...munozara”da erkinlik, aql-idrok va bilimga intilish kabi umumbashariy qadriyatlar muhokama qilinadi. Shu tariqa unda fikrlar qarama-qarshiligi, tanqidlar orqali intellektual o‘sish yuzaga keladi.
Ushbu "munozara"ning turli yoʻnalishlarda bosh ishtirokchilari bor. Masalan, falsafa va axloqda Platon, Aristotel, Dekart, Nitshe; aniq fanlarda Galiley, Nyuton, Eynshteyn; adabiyot va san’atda Gomer, Dante, Shekspir va Milton...
Ularning g‘oyalarini o‘rganish bugungi murakkab muammolarni tushunishga ko‘maklashadi. Qolaversa, zamonaviy bahslarni o‘z intellektual ildizlariga bog‘lashga imkon beradi.
1000KITOBda bu yil chop etiladigan asarlarning aksariyatida “Mangu munozara” tadqiqlarini kuzatasiz. Xususan, Oksford universiteti nashriyotining “Qisqa tanishtiruv” toʻplami ushbu bahsni umumiy qamrab olib, fundamental bilimlar berishi bilan ham ahamiyatli.

Podkastimizning ushbu sonida ekspertlarimiz biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev hamda Germaniyaning Gyotingen universiteti doktoranti Izzat Sobitov mehmon boʻlishdi. Biz ular bilan loyihamiz, sohaga doir adabiyotlar, ilmiy ish bilan shugʻullanish kabi qator mavzularda suhbatlashdik.
Batafsil: https://youtu.be/atdM1foQgxo

Keling, suhbatlashamiz!
1000KITOB ning 2024-yildagi 50 kitobi tarjimalari tugab, Loyihaning birinchi bosqichi yakunlanishiga oz qoldi. 2025-yil uchun ham rejalar tuzilgan.
Kitoblar qachon chiqadi? Kelgusi rejalar qanday? Hozir-chi, aynan nima qilinyapti?
20-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida jonli uchrashuv o‘tkazmoqchimiz. Kelib, shu kabi savollaringizning barchasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Loyiha tashkilotchilaridan javob olishingiz mumkin. Uchrashuvda hamkor nashriyotlar ham o‘z yarmarkalari bilan qatnashadi.
Ishtirok etish uchun quyida ro‘yxatdan o‘ting:
📝 Ro‘yxatdan o‘tish
📆 20.12.2024
⏰ 15:00
📍 Yoshlar ijod saroyi

1000KITOB
Keling, suhbatlashamiz! 1000KITOB ning 2024-yildagi 50 kitobi tarjimalari tugab, Loyihaning birinchi bosqichi yakunlanishiga oz qoldi. 2025-yil uchun ham rejalar tuzilgan. Kitoblar qachon chiqadi? Kelgusi rejalar qanday? Hozir-chi, aynan nima qilinyapti?…
Uchrashuvga qatnasha olmagan boʻlsangiz, YouTube orqali jonli kuzatishingiz mumkin:
https://youtube.com/live/HTpMk7_lr54?feature=share

YouTube
“Yoshlar uchun ming kitob” va “WikiStipendiya III” loyihalari yil yakuniga bag‘ishlangan tadbir
“Yoshlar uchun ming kitob” va “WikiStipendiya III” loyihalari
yil yakuniga bag‘ishlangan tadbir
yil yakuniga bag‘ishlangan tadbir
#tanishing
✍️Tomas Hilland Eriksen
Tarjima huquqi uchun haq olmagan olim.
Norvegiyalik antropolog Tomas Hilland Eriksen zamonaviy dunyoda o‘zlik, madaniyat va globallashuvning murakkabliklarini tadqiq qilgan. Uning asarlari akademik antropologiya va keng ijtimoiy munozaralar o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi, shaxslar va jamoalarning globallashuv va jadal rivojlanishga qanday moslashayotganini tushuntirib beradi.
Eriksenning tadqiqotlari globallashuv va uning muammolari, o‘zlik va xilma-xillik, atrof-muhit antropologiyasi kabi mavzularni qamrab oladi. Umrining so‘nggi yillarida olim iqlim o‘zgarishi va barqarorlikning dolzarb muammolarini madaniy va ijtimoiy tizimlar bilan bog‘lab o‘rgangan. Shuningdek, global isish mahalliy jamoalar va ularning an’analariga qanday ta’sir qilayotganini tadqiq etgan.
Olimning "Kichik makonlar, katta masalalar" ("Small Places, Large Issues"), "Lahza istibdodi" ("Tyranny of the Moment"), "Etniklik va millatchilik" ("Ethnicity and Nationalism") kabi asarlari boshqa olimlar tomonidan yuqori baholanadi. "Kichik joylar, katta masalalar" ijtimoiy va madaniy antropologiyaga keng qamrovli kirish bo‘lsa, "Lahza istibdodi" zamonaviy aloqa texnologiyalari hayotimizni qanday o‘zgartirayotgani haqida chuqur tadqiqotdir. "Etniklik va millatchilik" esa zamonaviy dunyoda etnik o‘zlikning roliga tanqidiy qarashlarni aks ettiradi.
Loyiha doirasida "Kichik makonlar, katta masalalar" asarini Eldor Asanov va O‘tkir Xolmuradov tarjima qilishdi. Kitob haqida tarjimon bilan suhbatimizdan kengroq ma’lumot olishingiz mumkin.
Ushbu asarning tarjima huquqi bo‘yicha shaxsan muallif bilan kelishuv imzolagan edik. Olim o‘z asarining o‘zbek tilida, ijtimoiy loyiha doirasida chop etilayotganidan mamnunligini bildirib, tarjima va chop etish huquqini loyiha uchun bepul taqdim etgan edi. Afsuski, janob Eriksenga kitobning o‘zbek tilidagi nashrini ko‘rish nasib etmadi. Muallif shu yilning 24-noyabr kuni 62 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.