Telegram Web
🌙 🌙  Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha yurtdoshlarimizni insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik bayrami – Qurbon hayiti bilan samimiy qutlaydi.

Ushbu saodatli onlarda hammamiz Qurbon hayiti bayramiga el-yurtimiz bilan birgalikda tinchlik-omonlik va sihat-salomatlikda yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom boʻlsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning Oʻzi doimo madadkor boʻlsin!


Xonadonlarimizni fayz-u baraka va osoyishtalik tark etmasin! Muqaddas ayyom – Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IT-Bilimlarini rivojlantirish markazida "Marubeni Corporation" bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yaponiyaning “Marubeni Corporation” kompaniyasi va IT Bilim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yapon kompaniyasining vakillari IT Bilim rahbariyati bilan kelajakda olib boriladigan loyihalar va hamkorlik ishlarini muhokama qilishdi.

Marubeni korporatsiyasi 160 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan Yaponiyaning eng yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tabiiy resurslar va qazilma materiallari bilan ishlash kabi ko‘plab faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. So‘nggi yillarda tashkilot IT-sohasiga ham katta e’tibor qaratmoqda.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/14331/

_________________

В IT Bilim состоялась встреча с японской компанией Marubeni Corporation

Представители японской компании встретились с руководством IT Bilim для обсуждения будущих совместных проектов и перспектив сотрудничества.

Marubeni Corporation — одна из крупнейших торговых компаний Японии с более чем 160-летней историей. Компания занимается различными видами деятельности, включая работу с природными ресурсами и ископаемыми материалами. В последние годы организация также уделяет значительное внимание на IT сферу.

Подробно: 👉 https://digital.uz/en/news/view/14331/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔Mo‘g‘ulistonga tashrif doirasida mahalliy kompaniya va tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos hamda IT Park vakillaridan iborat delegatsiyasining Mo‘g‘ulistonga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

◀️Dastlab Mo‘g‘uliston Raqamli rivojlanish va kommunikatsiyalar vazirligi Davlat kotibi Battsetseg Bataa bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda tomonlar hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi hamda hukumatni raqamlashtirish sohasida tajribalar almashdilar. Shuningdek, qo‘shma dasturlarni ishga tushirishga kelishib oldilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/14332/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huawei ME&CA prezidenti bilan raqamlashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Huawei ME&CA kompaniyasi prezidenti Yi Syan o‘rtasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalarni joriy etish, texnologiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha kelgusi hamkorlikni davom ettirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda AKT infratuzilmasi, tarmoqlarni raqamlashtirish, shuningdek,yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/14341/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 08:26:52
Back to Top
HTML Embed Code: