tgoop.com/motivationery/367
Last Update:
#Farzand_tarbiyasi
🍎 QURT TUSHGAN OLMA HIKMATI
Luqmoni Hakimning farzandi o'ziga nomaqbul do'stlarni ulfat bilibdi. Ular bilan bordi-keldini ko'paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g'ashini keltiribdi. Bir kuni u o'g'lini chaqirtirib:
– Bolam, do'stning bo'lgani yaxshi, ammo do'st tanlashda adashib qolma. Hozirgi do'stlaringning xulqi yaxshi emas. Senga yomon ta'sir ko'rsatishlari mumkin – deb nasihat qilibdi.
O'g'li esa o'ziga ishonch bilan:
– Otajon, siz menga kuchli tarbiya bergansiz, pand-nasihatlaringiz xar doim qulog'im ostida turadi, do'stlarimning yomon xulqlari menga aslo ta'sir ko'rsatmaydi, xavotir olmang – deb chiqib ketibdi.
SHu asnoda Luqmoni Hakim bog'dorchilik ishlari bilan o'g'lini yordamga chaqiribdi. Qarasa, o'g'li butun olmalarni alohida, kam sonli bo'lsada, qurt tushgan olmalarni esa alohida savatga joylayapti ekan. Hakim o'g'liga barcha olmalarni bir savtga joylayverishini tayinlab o'z ishida davom etibdi.
Vaqt o'tibdi, zarur bo'lganda olmalar qo'yilgan joyga borib qarashsa, barcha olmalarga qurt tushib butuni kam qolgan ekan.
Luqmoni Hakimning o'g'li unga e'tiroz bildirib:
– Otajon, olmalarni qo'shib terishimni buyurib edingiz, qurt tushgan bir ikki olmani deb butun olmalarning hammasini qurtga yem qilibmiz-ku –debdi.
Ota esa bir jilmayib qo'yib:
– Ko'rdingmi, bolam, garchi sog'-butun olmalar qurtlaganlaridan ko'ra ko'proqni tashkil qilgan bo'lsada qolganlarini ham buzibdi, ularga ham qurt tushiribdi. Sen qanday qilib qalbiga qurt tushgan ulfatlaring bilan bir joyda ko'p vaqtga qolasanu ular orasidan sog'lom qalb bilan qayta olasan – deb aytgan ekan.
P.S.: Farzandingizning atrofidagi do'stlariga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Zero, pashsha axlatga, asalari gulzorga yetaklaydi!
BY Motivatsiyalarđź“š
Share with your friend now:
tgoop.com/motivationery/367