tgoop.com/motivationery/395
Last Update:
Yaxshi kayfiyat uchun maslahatlar
1. O’zingizni nazorat qilishni o’rganing
Arzimas narsalardan xafa bo’lmang, o’zingizga yaqin odamlar bilan tortishmang, ularni kechiring. Ularni kechirish orqali birinchi navbatda o’zingizni qiynaydigan g’azabdan xalos bo’lasiz.
2. Atrofga tabassum bilan boqing.
Sizni ranjitishsa yoki qiyinroq vaziyatga tushsangiz ham o’zingizga “Bu ham o’tib ketadi” deb ayting. Ishonish qiyin bo’lmasada, bu narsaga astoydil ishonsangiz, hamma yomon narsalar tezda o’tib ketadi.
3. To’xtang, ortga qarang
Bazan odamlar to’g’ri yo’nalishda ketayapmanmi yoki yo’qmi degan savolga javob berishi uchun o’ylashga vaqt topmaganliklari uchun ham qiyin qopqonga tushib qolishadi. Xuddi uyni tartibga keltirishga vaqt topganligingiz kabi, o’z o’y, fikr, maqsadlaringizni ham tartibga keltiring.
https://www.tgoop.com/motivationery
BY Motivatsiyalar📚
Share with your friend now:
tgoop.com/motivationery/395