tgoop.com/mrservis/1205
Last Update:
🌐 Bilasizmi?
✔️ Dunyo miqyosida har yili 92 million tonna toʻqimachilik chiqindilari chiqindixonaga tashlanadi;
✔️ Dunyo miqyosida to‘qimachilik chiqindilarining 73% yondiriladi yoki poligonlarda ko‘miladi, bu esa katta resurslar yo‘qotilishiga va atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladi;
✔️ Dunyodagi to'qimachilik chiqindilarining atigi 13% u yoki bu tarzda qayta ishlanadi, to'qimachilik mahsulotlarining 1% dan kamrog'i yangi kiyimlarga aylanadi;
✅ Germaniyada har yili 1 million tonnadan ortiq to'qimachilik mahsulotlari yig'iladi. Yig'ilgan kiyimlarning taxminan 62 foizi qayta ishlatiladi, qolgan qismi tozalovchi materiallarni yaratish uchun qayta ishlanadi. Yig'ilgan to'qimachilikning atigi 4 foizi ko'miladi. O'zbekistondachi?
🟥 Mutaxassislar kiyim-kechakning ikkilamchi yoki aholi orasida keng tarqalgan “ikkinchi qoʻl” isteʼmolining tarqalish darajasi va sabablarini, shuningdek, kiyim-kechaklarni saralash va qayta ishlash darajasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (IMRI) tomonidan onlayn so‘rov o‘tkazilmoqda.
📝Hurmatli fuqarolar! Ushbu so'rovnomada faol ishtirok etishingizni va o'z fikringizni bildirishingizni so'raymiz.
⌛️So‘rovnomani to‘ldirish 2-3 daqiqadan ko‘proq vaqtni oladi.
📗Sizning faol ishtirokingiz kiyim-kechaklarni qayta ishlash muammolarini hal qilish va to'qimachilik sanoatining aylanmaligini ta'minlash bo'yicha aniq takliflar ishlab chiqishga yordam beradi.
👉 So'rovnomaga o'ting 🌿Kanalimizga obuna bo'ling: @mrservis
Barcha savol va murojaatlaringizni @chiqindilarBot ga yuboring
BY «Mironshox & Rahnamo servis» MChJ
Share with your friend now:
tgoop.com/mrservis/1205