tgoop.com/mrservis/1221
Last Update:
❗️Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi
⚡️“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko'chirish to'g'risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi
✅ Qarorga ko'ra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko'chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
📌 Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
🔹28 dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
🔹29 dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
🔹30 dekabr (dushanba) — qo'shimcha dam olish kuni;
🔹31 dekabr (seshanba) — qo'shimcha dam olish kuni;
🔹1 yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
🔹2 yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni.
🌿Kanalimizga obuna bo'ling: @mrservis
Barcha savol va murojaatlaringizni @chiqindilarBot ga yuboring
BY «Mironshox & Rahnamo servis» MChJ
Share with your friend now:
tgoop.com/mrservis/1221