Telegram Web
Nukus garnizonida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovining harbiy qism bosqichi bo‘lib o‘tdi

Harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan kamol toptirish maqsadida Nukus garnizonida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovining harbiy qism bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda harbiy xizmatchilar o‘zlarining kitobga bo‘lgan mehrini, o‘qigan asarlari asosida bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini namoyon etdilar. Ishtirokchilar badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar yuzasidan tayyorlangan savol-javoblar asosida bellashdilar.

Tadbir davomida adabiyotga bo‘lgan qiziqish, kitobxonlik madaniyati va nutq madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi. Harbiy xizmatchilar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish asosiy maqsadlaridan biri bo‘ldi.

G‘olib va faol ishtirokchilar qism komandirining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
6👍62👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV "Oʻzbekiston 24" / "MAXSUS REPORTAJ"

Мудофаа вазирлигига қарашли Жалолиддин Мангуберди номидаги ҳарбий-академик лицейи фаолияти ҳақида кўрсатув.


Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
2👍2
🔉Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi belgilandi


⭐️Hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi

◽️Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.

Chaqiriluvchilar tanlovda 1 yilda faqat 1-marta ishtirok etishi mumkin.

💤Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar oʻtkaziladi.

📁 Chaqiriluvchi bilan suhbat oʻtkazish orqali uning quyidagi maʼlumotlariga aniqlik kiritiladi:

harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishi va ishtiyoqi;
huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bogʻliq holatlar;
sogʻligʻining holati;
bilim darajasi;
oilaviy sharoiti va boshqalar.

🗃Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:

turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.

🔗Tanlov yakunlari boʻyicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik boʻyicha tegishli xulosa qabul qilinadi.

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali va xavfsiz tashkil etish, ayniqsa yoz oylarida turli ob-havo sharoitlarida ularning sog‘lig‘ini asrash maqsadida Nukus garnizonida ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotning yana bir muhim yo‘nalishi — yozgi mavsumda ko‘payadigan zaharli hashoratlardan qanday ehtiyot bo‘lish hamda chaqilish holatida birinchi yordam ko‘rsatish tartiblarini o‘z ichiga oldi.

Shuningdek, Tibbiy xizmat xodimlari tomonidan namoyish etilgan real holatlarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalari harbiy xizmatchilarni bilimlarini mustahkamlandi.

Mazkur mashg‘ulot harbiy xizmatchilarning nafaqat jangovar tayyorgarligi, balki ularning kundalik sog‘lom turmush tarzini saqlash, xizmat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga tayyor bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
👍4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq Mudofaa vazirligining marhum harbiy xizmatchisi – mayor Vaisov Baxadir RajabboyevichJasorat” medali bilan mukofotlandi.

Marhum harbiy xizmatchi o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida muqaddas qasamyodi va burchiga sodiq qolib, yurt tinchligi va farovonligi, fuqarolar hayoti va davlat mulkini saqlab qolish yo‘lida o‘z jonini xatarga qo‘yib, chinakam mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.

Bugun Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda Xorazm viloyati hokimligi vakillari birgalikda Shovot tumanida istiqomat qiluvchi marhumning oila a‘zolariga “Jasorat” medalini topshirdi.

Marhum ofitser mayor Baxadir Vaisovning oila a’zolari Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni hamda davlatimizning doimiy e’tibori va ijtimoiy himoyasida bo‘ladi. Oilasiga qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar ko‘rsatiladi.

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
18
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida muqaddas qasamyodi va burchiga sodiq qolib, fuqarolar hayoti va davlat mulkini saqlab qolish yo‘lida o‘z jonini xatarga qo‘yib, chinakam mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatgan marhum harbiy xizmatchi mayor Baxadir Vaisovning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
🙏85🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


⭐️Mudofaa vazirligi faoliyatini rasmiy, tezkor va ishonchli yoritib boradigan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni bir vaqtda, bir joyda kuzating!


🔗 Rasmiy sahifalarini barchasi 👉 shu yerda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/12 08:42:38
Back to Top
HTML Embed Code: