Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/muhammadjohns/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Muhammadjon's@muhammadjohns P.273
MUHAMMADJOHNS Telegram 273
Dasturchi nima ish qiladi?

– "Universitetdan kim (qaysi soha mutaxassisi) bo'lib chiqasan?"
– "Dasturchi"
– "Dasturchi nima ish qiladi?"

~~~

2014-yil Toshkent shahridagi Inha Universitetida o'qishni boshlaganimda uzoq-yaqin tanishlar shunaqa savollarni ko'p so'rashardi. U paytda o'zim ham yaxshi bilmaganim uchun "dasturchi ilova, vebsaytlar yaratadi" deb javob berardim.

O'ylab qarasam, bor-yo'g'i 10 yil oldin ham dasturchilik kasbi O'zbekistonda odatiy kasb hisoblanmagan ekan. Ko'p odamlar dasturchilar nima ish qilishini bilishmagan. Hozir ko'pchilikda dasturchi deganda qandaydir tushuncha bor.

Quyida dasturchi qiladigan asosiy ishlar:

● Dizayn yaratadi. Dasturni qanday qurish kerakligi, har xil qismlar bir-biri bilan qanday bog'lanishi kerakligini, yoki dasturning kichik bir qismi qanday ishlashi kerakligini ko'rsatib beradigan dizayn. Xoh butun bir dastur uchun, xoh uning bir qismi uchun bo'lsin, aksariyat dasturchilar dizayn yaratadi (ilova qanday ko'rinishi kerakligi haqidagi dizayn bilan adashtirmang).

● Reja tuzadi. Proyektdagi qilinishi kerak bo'lgan ishlarni rejalashtiradi. Bu shunchaki bir o'tirishda qilinadigan reja emas. Ba'zi dasturchilar butun jamoa uchun reja tuzishiga to'g'ri keladi: kim nima ish qilishi kerak, qancha vaqt ketadi, qanday risk bo'lishi mumkin, ... .

● Kod yozadi. Yuqoridagi dizayn va rejaga asoslanib, dasturlash tillaridan foydalangan holda kompyuter tushunadigan ko'rsatmalar to'plamini yozib chiqadi. O'sha ko'rsatmalar to'plami "kod" deb ataladi. Dasturchi kod yozadi, kod o'chiradi, kod o'zgartiradi.

● Yana kod yozadi. O'zi yozgan kodni tekshiradigan, to'g'ri ishlashini isbotlab beradigan kod yozadi. Bunday kod "test" deyiladi.

● Kod o'qiydi. Dasturchi odatda boshqa dasturchilar bilan birga ishlaydi hamda oldin boshqalar yozib ketgan kodlarni rivojlantiradi. Shuning uchun ishlash davomida juda ko'p kod o'qiydi. Yozganidan 10 barobar ko'proq kod o'qishiga to'g'ri keladi.

● Kod tekshiradi. Dasturchi o'zining va boshqalarning kodini yaxshilab tekshiradi. Kamchiliklar bo'lsa to'g'rilaydi yoki boshqalarga aytadi.

● Dasturdagi xatoliklarni to'g'rilaydi. Deyarli har doim dasturda katta-kichik xatoliklar chiqib turadi. Uni "bug" deymiz. Dasturchi shunday xatoliklarni to'g'rilaydi, ya'ni "debug" qiladi.

● Uzoq vaqt o'ylanib yuradi. Ayrim "bug"larni to'g'rilash oson bo'lmaydi. Ular qayerdan kelayotganini topish bir necha daqiqadan bir necha kungacha cho'zilishi mumkin. Ba'zi dizaynlar juda murakkab bo'ladi va chuqur e'tibor talab qiladi. Shunday paytda dasturchini o'ylanib yurganini ko'rasiz.

● Dasturni doim yaxshilab boradi. Dastur bir marta qurib, tugatiladigan narsa emas. Uni doim rivojlantirib bormasa, vaqt o'tishi bilan eskiradi.

● Hujjatlar yozadi. Ha, dasturchilar ham hujjat ishlari bilan shug'ullanadi:
- yuqorida aytib o'tilgan dizayn ("design doc");
- dasturni qanday ishlashini tushuntirib beradigan hujjat;
- proyekt plani;
- o'zgarishlar tarixi;
- proyektni vaqtida tugatishga halaqit berishi mumkin bo'lgan omillar;
- va hokazolarni yozib boradi.

● Boshqalar bilan birga ishlaydi. Dasturchi boshqa dasturchilar, proyekt menejerlari, har xil jamoalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Mitinglarda qatnashib, proyekt qanday ketayotgani haqida report beradi va boshqalardan report qabul qilib oladi.

● Yangi texnologiyalar o'rganadi. Dasturchilar ishlatadigan texnologiyalar yildan-yilga yangilanib turadi. Dasturchi shularni o'rganib, o'z bilimlarini sayqallab boradi.

● Boshqalarga bilim ulashadi. Dasturchi o'z bilganlarini boshqalarga o'rgatadi. Ko'pincha tajribali dasturchi o'zidan tajribasi kamroq bo'lgan boshqa dasturchilarga yo'l-yo'riq ko'rsatadi.

~~~

– "Dasturchi nima ish qiladi?"
– "Programma yaratadi."
– "Ha, mening bir tanishim ham programmist. Telefon bozorda telefonlarni programma qiladi."

@muhammadjohns

tgoop.com/muhammadjohns/273
Create:
Last Update:

BY Muhammadjon's

Share with your friend now:
tgoop.com/muhammadjohns/273

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

With Bitcoin down 30% in the past week, some crypto traders have taken to Telegram to “voice” their feelings. You can invite up to 200 people from your contacts to join your channel as the next step. Select the users you want to add and click “Invite.” You can skip this step altogether. Among the requests, the Brazilian electoral Court wanted to know if they could obtain data on the origins of malicious content posted on the platform. According to the TSE, this would enable the authorities to track false content and identify the user responsible for publishing it in the first place. While the character limit is 255, try to fit into 200 characters. This way, users will be able to take in your text fast and efficiently. Reveal the essence of your channel and provide contact information. For example, you can add a bot name, link to your pricing plans, etc. Other crimes that the SUCK Channel incited under Ng’s watch included using corrosive chemicals to make explosives and causing grievous bodily harm with intent. The court also found Ng responsible for calling on people to assist protesters who clashed violently with police at several universities in November 2019.
from us

Telegram Muhammadjon's
FROM American