tgoop.com/muratovuz/714
Last Update:
💡 Nima uchun biz Web Summit uchun Lissabondamiz?
Bizning iWatt loyihamiz — Elektromobillarni zaryadlashni avtomatlashtirish tizimi, uning yordamida markaziy osiyo davlatlarida birgina ilova orqali elektromobillarni zaryadlash imkoniyatini taqdim etamiz. IT Park bizga Web Summitda o‘z stendimizni tashkil etishga yordam berdi, shuningdek, Pizza Pitchda qatnashish orqali WS2024 da ishtirokimiz BMTTD tomonidan tashkil etildi.
🔥 Lisabon bu tadbir uchun ideal joy, chunki shaharda rivojlangan infratuzilma, texnologik xab, qulay narxlar va hukumat qo‘llovi mavjud. Bundan tashqari, iqlim, sifatli hayot va xavfsizlik kabi omillar ushbu Web Summit shu yerda bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Bizning Web Summitdagi asosiy maqsadlarimiz:
1. Networking va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish — Mahsulotlarimizni, shu jumladan, iWattni turli bozorlarda ishga tushirish.
2. Texnologiyalar va trendlarni o‘rganish — Yangi innovatsiyalarni o‘rganish va o‘zlashtirish.
3. Produktni taqdim qilish va g‘oyalarni test qilish — Platformamizni turli bozorlarda sinovdan o‘tkazish.
4. Potensial mijozlar bilan tanishish — Biz faqat iWatt emas, shu bilan birga O'zbekistondagi IT-eksportni ham rivojlantirish, dasturiy taʼminot yaratish bilan ham shug‘ullanamiz.
5. Sohaning yetakchi mutaxassislaridan o‘rganish — Masalan, Thomas Wolf - Hugging Face hammuassisi kabi mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati.
Web Summit — biz uchun katta imkoniyat, va biz katta ishonch bilan keldik!