Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1687 - Telegram Web
Telegram Web
Qarzdorlik!


So'ngi vaqtda aynan shu mavzuda, ya'ni qarzdorlikdan qutilish mavzusida menga ko'p yozishmoqda...
Bu mavzu hozir dolzarb bo'lishi ajablanari emas, chunki "Kuz" keldi. Ya'ni odamlar o'z "Cho'ntagiga" qarab emas, boshqalarga qarab (to'y va boshqa marosimlarga) harajat qiladigan fasl hozir.

Demak "Qarzdorlik" va undan qutilish ilmlarini chuqur anglash uchun eng birinchi tushuncha bu - Qarz bu Xudo sizga berganidan ko'proq narsaga suniy tarzda erishish oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy bo'shliqdir!

Qachon odam qarzdor bo'ladi?
Qachonki bugun Xudo unga bergan rizqiga qanoat qilmay nafsiga ko'ra atrofidagi kimlardandir qolishmay deb, qurbidan ortiq narsaga erishishga intilgan odam kimdandir keyin to'lash sharti bilan moliyaviy ko'mak oladi, bu jarayonni ruhiy qonuni shuki qarzdor kelajakdagi rizqini hozirdanoq qandaydir matohlar uchun ishlatib qo'ymoqda degani. Natijada unda kelajakda ham yetishmovchilik sodir boʻladi va qarzdorlik qo'shimcha qarzlarni vujudga keltiradi. Hamda bu surunkali tus oladi. Hatto odam bu zanjirni o'zida uzmasa, bu avlodlarida ham davom etishi mumkin. Shuning uchun qarzdor bo'lmay yashash ongiga erishish juda muhimdir!


Xo'sh buning uchun nimalarni anglash kerak?
1) Agar siz bugun atrofingizdagi kimlardandir moliyaviy qashshoqroq bo'lsangiz, kimdandir qarz olib ular bilan "Xoja ko'rsinga" bellashmasligingiz kerak. Aksincha Alloh bugun sizga bergan rizqiga qanoat qilishni va moliyaviy holatingizdan kelib chiqib yashashni boshlashingiz kerak. Shunda qarzdorlik zanjirini davom etishini to'xtasiz.

2) Agar bugungi rizqingizni barakali qilishni istasangiz, qalbingizni poklashga va savob ishlarni ko'proq qilishga urining. Bu albatta faqat kimgadir pul bilan ehson qilish degani emas. Hatto qilayotgan har kunlik ishingizni ham qalban bajarish va mehnatingizni qabul qiluvchi ikkinchi tarafga yanada barakali xizmat koʻrsatish ham savob amaldir!
Chunki rizqdagi baraka kamligi karmik jihatdan savoblaringiz kam ekanini belgisidir. Hayotingizga moliyaviy baraka kelishi uchun yer sayyorasiga shartsiz xizmatlarni ko'paytiring. Shunda karmik qarzlaringizdan uzilasiz va moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi.

3) Moliyaviy holatingizdan ham kamroq harajat qilib yashashni boshlang. Ya'ni topganingizni to'liq maishiy xarajatlar yoki marosimlarga sarflab yubormang. Asl darjangizdan ham oddiyroq hayot tarziga o'ting. Shunda sizda ortiqcha pullar to'planishni boshlaydi va kutilmagan rasxotli vaziyatlarda kimdandir qarz olishga majbur bo'lib qolmaysiz.


* Demak asl faravonlikka erishish uchun:
1) Avvalo rizqingizni qalban Allohga topshiring va bugungi rizqingizga qanoat qilib yashashni boshlang.
2) Atrofga yanada ko'proq foydali inson bo'lishga intiling. Hatto agar qayerdadir ishlamasangiz ham oila azolaringiz uchun bo'lsa ham mehr bilan xizmat qiling. Bu ham oilangizga baraka keltiradi.
3) Kibringiz va nafsingizga ko'ra topganingizni sarflab yuboravermay. Pullaringizni ma'lum qismini uni koʻpaytiradigan aktivlarga sarflang. Shunda pulni faqat siz emas, pullaringiz ham ishlab topadi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
"Dunyoviylik Dini!"


Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir postga ko'zim tushdi, unda
"Arablar bizni bosib olganda biz Islomni qabul qildik, lekin Ruslar bosib olganda, bizga o'z dinini singdirolmadi!" degan maʼnoda, biz huddiki islomni saqlab qololdik deb yozilgan ekan.

Xo'sh nega deyarli bir asr xalqimizni boshida turgan ruslar bizga Xristianlikni singdirolmadi?
Gap shundaki ularni maqsadi bizga Xudoga olib boradigan qaysidir dinni singdirish emas, aksincha aholi ongidan va qalbidan har qanday dinni yo'q qilish bo'lgan. Hatto ular o'z xalqiga ham xristianlikdan uzoqroq bo'lishi uchun turli taqiqlar qo'ygan.

Xo'sh bundan maqsad nima edi?
Maqsad qandaydir "ko'rinmas Ilohga" emas, davlat rahbariga qalban itoat qiladigan xalqni tarbiyalash edi. Chunki imperializm ongidagi rahbarlar bilardiki odamlar qanchalik o'ziga itaotkor bo'lsa va dunyoviy xirslar bilan yashasa, shunchalik ularni energiyasini ko'proq iqtisodiyot manfaatlari uchun so'rib olish mumkinligini...

Odamlar ongidan va qalbidan Xudoga iymonni yo'q qilsangiz ularda faqat ko'zi ko'rib turgan dunyoda, jamiyat ichida kimlardandir qolishmay yashash istagigina qoladi. Hamda itoat qiladigan buyuk Ilohga iymonsizlik boshqa kimgadir itoat qilish istagini uyg'otadi va atrofidagi odamlarni boshqarayotgan qaysidir rahbarga itoat qilib uni ilohiylashtirishga moyil bo'lib qoladi.

Odam o'zini avvalo bu dunyoga imtihon uchun kelgan ruh emas, balki mazza qilib yashab qolishi kerak bo'lgan tana ekanligiga ishonsa, unda tana istaklarini bajarish va shu tanani boshqa tanalardan ustunroq qilishga urinib yashash u uchun hayot ma'nosiga aylanadi. Imperialism siyosatini maqsadi ham odamlarda shunday e'tiqodni uyg'otish bo'lgan. Ya'ni odamlar qanchalik dunyo xirslariga singib ketsa, shunchalik ko'p energiyalarini imperiya uchun sarflashadi. Va hamma oxiratini emas, faqat bugungi o'z manfaatlarini o'ylab, bir birlari bilan kim ko'p kapital jamgʻarish bo'yicha musobaqalashib yashashni boshlaydi.


Ko'chaga chiqib odamlarni kuzating: Agar odamlar o'z manfaatlari uchun boshqalarni aldayotgan bo'lsa, yoki zo'rlik bilan ojizlarni mollarini o'ziniki qilishga urinayotgan bo'lsa...
Xudodan emas, qandaydir o'yinlardan yoki qandaydir matohlardan o'zi uchun omad kutib yashayotgan bo'lsa....
Ayollar o'z qomadlari bilan nomahram erkaklar rohatlanishiga imkon berib, buni o'ziga oro berish deb ishonyotgan bo'lsa...
Odamlar nomahramlardan saqlanishlik uchun o'rangan ayollarni madaniyatsizlikda ayblashayotgan bo'lsa...
Erkaklar uyida xotini turib, ko'chada ko'ringan ayolga shahvat ko'zlari bilan qarab, ular bilan birga bo'lish istagini hech tortinmay aytishayotgan bo'lsa...
Odamlar Xudodan duo qilib emas, turli marosimlarda "Shayton suvini" qo'llariga ko'tarib o'zlariga muvaffaqiyat so'rashayotgan bo'lsa. Demak bilingki bizni bosib olgan rus imperiyasi bizni xalqimiz ongiga va qalbiga allaqachon o'zini "Dunyoviylik dinini" singdirib bo'lgan!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir necha oy avval ushbu serialni barcha qismlarini bir kanalga joylagan edim. Bugun o'sha kanal obunachilari deyarli asosiy kanalimizga yetib olibdi...👏

Bu ham ushbu "Yunus Emro" seriali ko'plab insonlarga naqadar manfaatli boʻlayotganini bir ko'rsatkichidir!

Agar siz ham Qalbingizni nafs o'yinlaridan poklab, kibringizni eritib yuborib Allohga bo'lgan asl muhabbatni his etishni istasangiz albatta bu serialni ko'rib chinqishingiz va unda beriladigan saboqlarni ongingizga singdirishingiz kerak. Shunda hayotning asl mohiyatini va o'z bandalik darajangizdan kelib chiqib Yaratganga bo'lgan taslimiyat ongini lazzatlarini tezroq his etolasiz, inshaAlloh!


"YUNUS EMRO" seriali 👈

@muzaffar_vakkosov1
Ushbu kitoblarni istasangiz hozir o'qing, istasangiz 10 yildan keyin...

Lekin bir narsa aniqki, qachon o'qigan taqdiringizda ham ertaroq bu ilmlardan boxabar bo'lmaganingizdan afsuslanasiz!

Agar sizni yoki yaqinlaringizni uzoq vaqtdan beri turli kasalliklar qiynayotgan bo'lsa.
Ichingizni turli xil kimyoviy dorilar sabab jonli "apteka"ga aylantirib qo'ygan bo'lsangiz ham, zamonaviy meditsinaning barcha usullarini qo'llab ko'rsangiz ham hastaliklardan qutilolmayotgan bo'lsangiz, demak siz albatta bu kitoblarni o'qib chiqishingiz shart!


Yaxshi tarafi shundaki, bu kitoblar bebaho bo'lishiga qaramay ularni koʻpini xalqimiz uchun bepul sovg'a qilganmiz.👍


Quyidagi ko'k yozuvlarni bosish orqali ularni tezda topishingiz mumkin 👇

📗 S. Lazarev - Barcha dardlarga davo

📕 N. Peychev - Ko'p o'lchamli inson modeli

📙 N. Peychev - Salomatlikni tiklashning to'liq tizimi

📕 L. Burbo - Kasalliklarning metafizik sabablari

📙 Chakralar to'liq ensiklopediyasi


@muzaffar_vakkosov1
Fikr mashinaga o'xshaydi!

Agar sizda shaxsiy mashina mavjud bo'lmasa, hayotingizni muhim pallalarida boshqalarni mashinasida harakatlanishga yoki butun jamoatni olib yuradigan umumiy transportni kutib yashashga majbur bo'lasiz!

Xo'sh sizda shaxsiy mashina bormi yoki jamoat transporti harakatiga qarab hayotingiz manzillarini belgilab yashaysizmi?


@muzaffar_vakkosov1
Ko'plab iltimoslarga ko'ra "Ko'p o'lchamli inson modeli" Kitobining PDF formatini ham kanalga yuklaymiz👍

Umid qilamizki ushbu kitobdan olgan ilmlari orqali xalqimizning minglab insonlari o'z hastaliklari sabablarini anglay olishadi va tezda sogʻliklarini tiklab olishadi.
Kitobni turli kasalliklardan aziyat chikayotgan yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin👍


📚Kitob👇
@muzaffar_vakkosov1
Boylik maqtanadigan narsa emas!

Chunki bu dunyodagi har bir narsa avvalo Allohnikidir.
Kimki boyligi sabab kibrlansa, u aslida boshqasiga tegishli narsaga havolanayotgan bo'ladi!
"Meniki" deyish bu shaytonning juda katta fitnasi, ya'ni illyuziyasidir!

Bandani faqat amallari va shu amallar ortidan oladigan savob va gunohlari o'zinikidir.

Shunday ekan, agar Alloh boylik ne'mati bilan sizni siylangan ekan, uni shunchaki ko'z-ko'z qilib emas, bu ne'matdan foydalangan holda qilgan savob ishlaringiz bilan maqtaning!

Shunda hayotingizni ertaga afsuslanmaydigan darajada, oqilona yashab o'tkazgan bo'lasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertangi rizqingizni bugun ishlatmang.
Ertaga nima bo'lishi faqat Yaratganga ayon!

Shunday ekan bugun bugungi rizqingizga mos hayot kechiring, shunda ertangi rizqingiz barakali bo'lib keladi. InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Jahl va g'azab rizqingizni kesadi!


Yaqinda "Insonning ilohiy energiyalari (rizqi)" haqida bir kitobni o'qigandim.
Unda 100 yil taqvoda yurib o'ziga anchagina savob to'plagan bir rohib, bu savoblaridan qanday qilib bir lahzada ayrilgani haqida yozilgan ekan:
Rohib bir kuni daraxt tagida meditatsiya qilib o'tirganida daraxt shoxiga bir qush qo'nadi va rohibni boshiga ahlatini tashlaydi...
Shunda jahli chiqqan rohib qushga g'azab bilan baqirib ketadi va shuncha yillik taqvosi bilan toʻlgan savobidan ayriladi
.

Ko'plab postlarda "Rizq" bu qilgan savoblarimiz va taqvoimiz orqali to'plagan ilohiy energiyamiz, ya'ni ruhimiz ozuqasi ekanini aytib kelaman!
Endi yuqoridagi voqeadan xulosa qilib, yashab o'tgan hayotingizga chuqur tafakkur qilib bir nazar solingda, nega bugun rizqingizda baraka yo'q ekanini anglaysiz. Chunki har birimizning hayotimiz atrofimizdagi jarayonlar va mavjudodtlarga (odamlarga) qilgan jahl va g'azablarimiz bilan to'la!

Xo'sh o'zi nega biz g'azablanamiz?
Bejizga "Ego" bu shayton illyuziyasi ekanini doimo takrorlaymayman.
Bizda o'sha "Soxta ego"imizni o'zim degan e'tiqod mavjud ekan, biz o'sha illyuziya chegarasida o'zimizga qo'ygan bahoimizdan kim bizni pastga tushurishga intilsa unga qarshi negativ energiyalarimiz bilan jang qilib yuraveramiz!

G'azab bizni savoblarimizdan ayirar ekan va g'azablanish bu kibrdan ekan, endi chuqurroq angladingizmi Ego qayerdan kelganini?
Ha bu Shaytonning qurolidir u orqali bizni taqvo va hayri ishlarimiz bilan to'plagan savoblarimizni kamaytirishimizga undaydi. Ya'ni shaytonning maqsadi iloji boricha bizni jannatiy inson darajasiga erishishimizga yo'l qo'ymaslikdir!

O'zingizga chetdan nazar tashlab, his tuygʻularingiz va fikrlaringizni kuzating. Shunda hayotingiz ssenariylari va rizqingiz salmogʻi nega aynan bugungidek ekanini anglaysiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Bugun "Ustoz va murabbiy" bayrami ekan!

Lichkamga ko'pchilik "Ustoz bayramingiz bilan tabriklayman!" deb yozmoqda...
Albatta chiroyli tilaklar uchun ulardan minnatdorman!
Lekin, o'ylab qoldim... Men nima qildimki meni "Ustoz" deb bilishlariga arzigulik?
Axr men o'zim hali ilm izlab yurgan va ustozga muhtoj Tolib bo'lsam!

Albatta kanalimda hayot haqida o'z anglashlarimni qo'ldan kelganicha bo'lishib bormoqdaman. Chunki maqsadim kam sonli insonlarga bo'lsa ham hayot haqiqatlarini anglashlariga va jannatiy inson boʻlishlariga oz bo'lsa ham ko'maklashishdir. Ammo men hali o'zimni kimlargadir ustozlik qila oladigan darajada ilmli inson sifatida ko'rmayman!!!🙏
Alloh ko'plab insonlarga haqiqatdan ham ustozlik qila oladigan darajani nasib etsin inshaAlloh! 🤲


Shu o'rinda ko'plab insonlarga ilm va tarbiya berayotgan "Haqiqiy" Ustozlarni bugungi bayram bilan tabriklayman!!! 👏

Talim, tarbiya va kasb o'rgatuvchi bunday insonlar yilda faqat bir kun emas, har kun e'zozlanishga haqlidir!!! 🙏


@muzaffar_vakkosov1
Do'zaxga olib boradigan ikkita yo'l bor:
Birinchisi doim boshqalarni aqliga ko'ra ish ko'rib yashash. Ikkinchisi boshqalarni qalbiga quloq solmay yashash.


Birinchisida boshqalarni tasiri girdobida o'z asliyatingizni anglashga o'zingizga imkon bermaysiz va oqibatida Yaratganni sizni yaratishdan maqsadini ham anglay olmay bu dunyodan ketasiz.

Ikkinchisida boshqalarni qalbini ko'rmay ularga ozor berib yashash orqali ruhingizga ko'plab gunohlar bagajini to'plagan holda bu dunyoni tark etasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Savol noto'g'ri yo'nalishda berilsa, javob topilmaganidan hissiyotlar avj oladi.
To'g'ri yo'nalishda berilganida esa, javoblar tafakkurni kengaytiradi!

Masalan: Ota-onangizga - nega meni bu ahvolda dunyoga keltirdingiz? deb emas.
O'zingizga - nega men aynan shu oilada dunyoga keldim? deb savol berib ko'ring!

....

Ko'rdingizmi?
Ikkinchisida tafakkur hissiyotlardan holi ishga kirishdi va sizga hozirgacha tushuna olmagan qandaydir hayot haqiqatlari bor ekanini tushunishizngizga va ularni bir uchini ko'ra olishingizga imkon bera boshladi....!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Eringizga ayol kerak!


Bir ayol oilaviy munosabatlar bo'yicha bir psixologdan so'rabdi:
👩🏻 Erimni ishlari hech yurishmayapti oilamiz moliyaviy muommolar girdobida, vaziyatni yaxshilash uchun nima maslahat berasiz?

👨‍⚕Agar bu endi boshlangan bo'lsa, hech qisi yo'q. Eringizni qo'llab quvvatlab, unga ishonishingizni, u barchasini uddalashini aytib turing.
Agar bu (ijtimoiy faoliyatdagi omadsizlik) uzoq vaqtdan beri davom etayotgan bo'lsa, unda eringizni "Uylantirib" qo'ying!

👩🏻 Nima? Axr uni xotini bor, men xotiniman!!!

👨‍⚕Bilaman! Lekin faqat qog'ozda er-xotin bo'lish bu hali er-xotinlik munosabatlari o'z o'rnida ekanini bildirmaydi!
Erkakni ijtimoiy faoliyatidagi muvaffaqiyati bu uning o'ziga bo'lgan ishonchiga bogʻliq. Erkakda bu ishonch qanchalik kuchli bo'lsa, har bir harakatiga katta energiya va masuliyat bilan yondashadi. Bu albatta ikkilamchi moliyaviy oqimni oshishiga ham sabab bo'ladi.
Ba'zida tajribasizlik va xatolar sabab faoliyatida omadsizlik bo'lib turishi mumkin, ammo bunday paytlarda uni yonida u uchun dunyodagi eng yaqin, bir tana misoli bo'lib ketgan insoni, ya'ni ayoli unga ishonch bildirib, barchasini uddalashi uchun qo'llab quvvatlab tursa, erkakda yana "tog'ni talqon" qila oladigan quvvat paydo bo'ladi, so'ng bu energiyani ijtimoiy faoliyatida ishlatib, olilasi uchun bu energiyalarni pul ekvivalentga aylantiradi.

👨‍⚕ Aytingchi, telefoningiz zaryadi tugasa nima qilasiz?
Uni quvvatlash uchun zaryadga qo'yasiz, to'g'rimi?
Erkakni ham bir texnikaga qiyoslash mumkin. Agar uni ham quvvatlab turish o'rniga so'ngi zaryadini ham "Janjallar" bilan yeb bitirsangiz. Umuman ishlari yurishmay "o'chib" qoladi.
....
Ko'plab ayollar aynan sinzniki kabi muommosi bo'yicha kelishadi, tajribam shuni koʻrsatadiki, uzoq vaqt davomida ijtimoiy omadsizlik, ya'ni moliyaviy muommolar girdobidan chiqolmagan erkaklarni ayollari ularni qo'llashni, eriga ishonch berishni o'rniga, aksincha erini qo'lidan hech nima kelmayotganini aytib, ularni battar tushkunlikka tushirib, o'ziga bo'lgan ishonchlarini butkul yo'q qilishadi ekan. Oqibatda esa, erkak umuman ishlay olmay ishsiz qoladi.
Bunday ayollarni erkaklari bilan suhbatda "Nega ko'p pul topadigan ishlarni qilmayapsiz?" deb savol berganimda, "uddalay olmasamchi?" degan qo'rquvi bor ekani ayon bo'lgan. Ya'ni bunday ayoli bor erkaklarni o'ziga ishonchi deyarli yoʻqolib ketgan.
Shuning uchun aytdim: Eringiz uylanishi kerak deb. Chunki erkakni oldida uni qo'llamaydigan va unga ishonch bildirmaydigan ayol yo'q ekan. Demak uni yonida haqiqiy ayoli hali yo'q!

👩🏻 Hmmm! O'ylab qarasam rostdan ham ko'p pul topmasliklarini aytib ko'p bor janjallashar ekanman, hatto pul kerakligi uchun ularga zarda qilib o'zim ishlashga chiqib ketganman!

👨‍⚕ Ayollarning eng katta xatosi shu, ya'ni eri kam pul topishi sabab o'zi pul ishlashga tushishi.
Qayerda ko'rdingiz "Xotinim bola tugʻmayapti" deb o'zi bola tugʻadigan erkakni?
Moliyaviy ta'minot ham shu darajada jiddiy tarzda erkakni masuliyatidir.
Bola uchun avvaliga er ham hissa qo'shadi Amma dunyoga keltirishdagi asosiy ishni ayol bajaradi.
Oilaga keladigan moliyaviy oqimda ham, avvaliga ayol erga ishonch berib, unga boshlang'ich quvvatni beradi, qolganini esa Er bajaradi.

👩🏻 Shunchaki qo'llasam bo'limi?
Erimni ishi yurishadimi?

👨‍⚕ Ishonch eng muhimi!
Ishoning u sizni va oilangizni taminlay olishiga va o'z faoliyatida yutuqlarga erishishiga. Shunda qo'llab-quvvatlashingiz ham chin dildan bo'ladi.
Eringizga o'z rizqingizni shunday topshiringki, Huddi Xudoga rizqingizni ishonib topshirgandek. Shunda Xudo siz qanchaga haqli bo'lsangiz shuni eringiz orqali yuboradi.

* Erkakni ishi yurishmayaptimi?
Demak unga ayolini ishonchi yetishmayapti!



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Eringizga ayol kerak! Bir ayol oilaviy munosabatlar bo'yicha bir psixologdan so'rabdi: 👩🏻 Erimni ishlari hech yurishmayapti oilamiz moliyaviy muommolar girdobida, vaziyatni yaxshilash uchun nima maslahat berasiz? 👨‍⚕Agar bu endi boshlangan bo'lsa, hech…
Allohga bo'lgan iymoningiz darajasi U bergan rizqqa qanchalik qanotli ekaningizda ham namoyon boʻladi.

Qanchalik qanoatli bo'lib, qalban shukronalikda bo'lsangiz shunchalik oilaviy rizqingiz barakali bo'lib boradi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Agar "Rizq" Allohdan bo'lsa, nega unda pul topmagan och qoladi?!


Kecha menga shunday savol berishdi:
Ko'plab postlaringizda rizq Allohdan ekanini takidlaysiz, albatta ko'pchilik bunga ishonadi. Lekin yana ba'zi postlaringizda pul faqat odamlarda bor, pulingiz ko'payishi uchun odamlarga foyda keltiring, shunda ular pul beradi degansiz.
Aslida odamlarni hayotiga qarasak, rostdan ham ishlamagan och qoladi.
Men tushunolmagan narsa shuki, rizq Allohdan bo'lsa nega odam och qolmasligi uchun ter to'kishi kerak?


*Ushbu post sizga pulga bogʻliq ko'plab kitoblar berolmagan anglashni berishi va moliyaviy hayotingizni o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin, shuning uchun keng tafakkur qilib, chuqurroq anglashga harakat qiling!


"Pul" bu Rizqning birlamchi ko'rinishi emas, ikkilamchi va hatto undan keyingi harakatidir, ya'ni sizga berilgan ilohiy rizq energiyasining moddiylashtirilgan qogʻoz ekvivalentidir!

Avval ham bu mavzuda, kimsasiz orolda yolgʻiz yashagan Robinzonni misol keltirib post yozgandim. U jamiyat ichida yashamaydi, shuning uchun unga pul kerak emas, ammo uning rizqi uzilmagan, shu sabab ham pulsiz ham tirik qolgan!

Ana endi Rizqning birlamchi mohiyatini anglashga harakat qilamiz:
Rizq bu ruhingizni bu dunyoda faoliyat olib borishi uchun berilgan ilohiy quvvatidir!
Agar tongda ko'zingizni ochganingizda yana shu dunyoda o'zingizni topdingizmi? Demak Alloh bu kuningiz uchun ham sizga rizq bergan!

Lekin nega ishlashimiz kerak?
Sabab: Rizqning birlamchi quvvati bizning o'zimizdadir, atrofda emas!
Biz bugun tongda uygʻongan ekanmiz va tanamizda bugun uchun quvvat bor ekan, demak Alloh allaqachon bizni bugun uchun rizqlantirgan!

Biz bu olamga Yaratguchini tanish va u yaratgan bandalariga ezgulik ulashgan holda yer kurrasini go'zallashtirish uchun kelganmiz. Bizga berilgan ilohiy quvvatni ham hozircha tirik ekanmiz tanamizni ishlatgan holda o'sha missiyalarni bajarishga sarflashimiz kerak!

Tana yer kurrasidagi missiyalarimizni bajarishimiz uchun ruhimizga berilgan bir mashinadir. Tanani ozuqasi yeriy nematlardir. Shunday ekan, bizga berilgan ilohiy quvvatni biz yerdagi turli xizmatlarimiz bilan moddiylashtirishimiz orqali tanamizni ham rizqlantiramiz. Agar biz ruhiy quvvatimizni jismoniy yoki aqliy mehnatlarimiz orqali moddiylashtirmasak bizga berilgan ilohiy rizqni ishlatmagan bo'lamiz. Shu sabab ham dangasalik qilganlar kam pul topadi va tanasini rizqlantirish uchun puli yetarli ega bo'lmaydi.

Demak hozircha tirik ekansiz "Ishlash" degan so'zni, "Yer kurrasiga xizmat qilish" so'zga almashtirgan holda, Alloh sizga bergan ilohiy rizqingizni o'z qobiliyatlaringiz orqali insoniyat va tabiatga foydali xizmatlar qilishga sarflab, ruhiy energiyangizni moddiylashtiring. Buni qanchalik yaxshi bajarsangiz, yer kurrasidagi moddiylashgan energiya oqimlari ham shunchalik katta miqdorda sizga yo'naltiriladi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Agar "Rizq" Allohdan bo'lsa, nega unda pul topmagan och qoladi?! Kecha menga shunday savol berishdi: Ko'plab postlaringizda rizq Allohdan ekanini takidlaysiz, albatta ko'pchilik bunga ishonadi. Lekin yana ba'zi postlaringizda pul faqat odamlarda bor, pulingiz…
Tabiyki uyda o'tiradigan ayollarda unda biz nima qilaylik? degan savol paydo boʻlgan.

Xizmat, ya'ni ilohiy energiyani moddiylashtirish turli xil ko'rinishda bo'ladi.
Bu jismoniy yoki aqliy mehnat, kimgadir ijobiy kayfiyat berish, yaxshi so'zlar aytish bilan ham sodir boʻladi.

Alloh bizni mavjudot tanasida yaratgan ekan, bizni yana bir buyuk missiyamiz bor. Bu yangi bu dunyoga kelajak ruhlarga, ya'ni avlodlarimizga yangi tana olishlari uchun juftlashishimizdir. Shu sabab ham juftimiz bilan munosabatlarimiz va u bilan qurgan oilamizga va dunyoga kelgan farzandlarimizga xizmatlarimiz ham eng buyuk xizmatlardir!

Demak barchasi avvalo oiladan boshlanadi!
Erkak bo'lsangiz ham, ayol bo'lsangiz ham avvalo oila a'zolaringizga o'z hilqatingizdan kelib chiqqan holda chin qalbdan xizmat qiling. Oilangizga sarflagan ilohiy quvvatingiz oila baxti va barakasi sifatida o'zini namoyon etadi albatta.

Avvalgi postlarda eringizni qo'llasangiz ishlari yurishadi degan edim. Ba'zi ayollar ma'nosini anglamay. Avval menga nimadir qilsin yoki o'zi harakat qilsin deb qarshi fikr yozishdi.
O'sha postni ma'nosi shuki, oiladagi ruhiy quvvatni jamiyatga chiqib moddiylashtirgan holda oilaga moddiy rizq olib keluchi erkakka o'z ilohiy quvvatingizni qo'shsangiz Alloh ikkingizni rizqingizni ham eringiz orqali oilaga kiritadi.

Kibrli inson "faqat men" deydi. Bunday insonlar oilada umumiy barakani qura olmaydi. Erkak ham, ayol ham birgalikda quvvatlarini oila manfaatlarini uchun birlashtira olsagina oilada baxt va moddiy baraka oshadi. InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Inson o'zini qanchalik Yaratganga banda (qul) ekanini qabul qilib borsa, u haqiqiy kamolotga shunchalik yaqinlashib borayotgan bo'ladi.

Aksincha, o'zini tobora Yaratganga tenglashtirib boryotganlar esa, asliyatini va kelajagini barbod qiladigan, "Qalb" maskasini taqib olgan Nafsini kamolotga yetkazayotgan bo'ladi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Yangilik!🤩

Kanalimizning ilmsevar kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda sotuvdagi kitoblarning audio formati elektron formatini olganlar uchun BEPUL qo'shib beriladi 📚+🎧=🤗

Maqsadimiz har bir kitobxonga bizdagi kitoblardan oladigan anglashlari yanada samarali bo'lishiga ko'maklashishdir!

* Bu avvalroq elektron kitoblarni olganlar uchun ham amal qiladi👍
Bundan tashqari avval faqat audio formatini sotib olganlarga PDF formatiga chegirma beriladi.👍


🎧 Audio formati mavjud bo'lgan sotuvdagi kitoblarimiz quyidagilar👇

📙Champion Toych - IDEAL metod

📘Sergey Lazarev - Ruhni shifolash

📕Marina Targakova - Kuchli, ojiza ayol

📔Liz Burbo - Beshta ruhiy jarohatlar

📗Mark Wolynn - Bu sizdan boshlanmagan



Murojaat uchun @m_vakkosov

@muzaffar_vakkosov1
G'aflatda yashamang!


So'ngi paytlarda pul topishning shunaqangi ko'p usullari vujudga keldiki, iymonli inson ularning qay biri halol ekanligi ustida bosh qatirishga majbur bo'lib qolmoqda!

Ayniqsa internet orqali yengil pul topishga intilganlar tezda onlayin qimorlaru, turli xil nomdagi odamlarni e'tiboridan quvvatlanadigan, suniy qiymat berilgan onlayn "manetlar"ni quliga aylanib bormoqda.

Bu ham yetmagandek go'yo siz hech nima qilmasangiz ham shunchaki raqamlarni aytib yursangiz sizga katta boyliklar oqib kelishiga ishontirishga urinadigan ta'limotlar ham paydo boʻldi.

Shunday boylik keltiradigan raqamlarni odamlarga sotadigan bir inson bilan gaplashgandim, u aytgandiki uyida kir mashinasi buzilgan va yangisiga puli yo'q ekan, odamlarga bir nechta raqamlarni sotib uni tamirlab olishni o'ylayotgan ekan!!!

*Ko'rdingizmi? Undaylarni o'zi ham odamlardan pul oladi, qanaqadir ilohlardan emas!
Faoliyatning ikkilamchi oqibati kelajagimizga tasir etadi. Shunday ekan sotayotgan narsangiz olgan odamga manfaat berishi kerak, aks holda bunday faoliyat go'yo o'g'irlikka teng bo'ladi!

***

Odamlarni ongini uch xil energiya boshqaradi, bular:
G'AFLAT; Bunday odamlar hayotga hech nima berishni istamaydi, lekin hamma narsasi bo'lishini va orzusidagi qulay sharoitlarda yashashni istashadi. Shuning uchun g'aflat energiyasidagi insonlar boylikka yengil erishish uchun o'zlarini turli xil qimor o'yinlariga, trendingga va lotoreyalarga urishadi. Aynan shunday ongdagilar shunchaki raqamlarni aytib yurilsa ularga boylik kelishiga ham ishonishga moyildir, oqibatida qo'llaridagi ozgina pulini ham o'sha havoi istaklari uchun yo'qotishadi.

EHTIROS: Bunday ongdagi odamlarni asosan kibrlari boshqaradi ular kimlardandir o'zini ustun ko'rsatish uchun qo'llaridan kelgan hamma ishni qilishadi. O'z ustilarida ishlashadi, tinmay mehnat qilishadi maqsad o'z istaklariga erishib, atrofdagilarga hammadan zor ekanliklarini isbotlashdir! Bular ham tezroq kibrlari istagiga erishish uchun yengil pul keltiradigan o'yinlarga kirib ketib qolishlari mumkin!

EZGULIK: Bunday ongdagilar hayotga faqat o'zlariga manfaat keltirish uchun emas, butun insoniyatga manfaat keltirish uchun kelganliklarini anglashadi. Ular o'z energiyalarini shartsizlik bilan atrofdagilarga sarflashadi, ketkazgan energiyalariga arzigulik javob olmasalar ham o'z ishlaridan to'xtashmaydi. Chunki maqsadlari yer kurrasini go'zalalshtirishdir, nafsi yoki kibrini qondirish emas! Bu darajaga odatda ko'plab ilmlar orqali erishiladi, chunki ilm odamga nafsidan ustun bo'lishi o'rgatadi!
Ular yana har bir energiya oqibatlarini aglagan holda, oqibati yaxshilikka xizmat qiladigan ishlarnigini qilishga intilishadi.

G'aflatdagilar bu dunyodan olish uchun yashasa, Ezgulikdagilar bu dunyoga berish uchun yashashadi. Ehtirosdagilar esa, hammadan zor ekanligini isbotlash uchun yashashadi.

Avvalroq ilohiy energiyamizni uch xil qiymatda moddiylashtirishimiz haqida postlar yozgandim. O'sha uch xil qiymatdan qay biriga intilayotganingizni o'z harakatlaringizni kuzatgan holda anglashingiz mumkin.
Unutmang: Dunyoga foyda keltirmay boylikka erishsangiz siz karmik qarzdorga aylanasiz, oqibatida kelajakdagi bankrotlik va kasalliklar orqali buni to'laysiz. Kibrlanish uchun yashasangiz natijalar o'xshamagan paytlar sizga azob beradi va o'zingizda turi kasalliklarni vujudga keltirasiz.
Ezgu amallarni Alloh rizoligi uchun qilib yashash esa, sizga ulakan savoblar bagaji bilan bu dunyodan ketishingizga sabab bo'ladi. Bu savoblar mukofoti sifatida hayotingizni ikkinchi yarmini el yurt hurmat qiladigan inson sifatida yashab o'tkazasiz.

Boylik va baxtga raqam yodlash bilan erishilinmaydi.
Uch o'lchamli dunyo matohlariga ruhiy quvvatingizni moddiylashtirish, ya'ni amaliy xizmatlar orqali erishilinadi!

Azizlar ko'zingizni oching! Umringiz o'tib bormoqda, biz bu dunyoga ijobiy oʻzgarishlar qilib insoniyat kamolotiga hissa qo'shish uchun kelganmiz.
O'rningizdan turing va o'z qobiliyatingizni ishlatib atrofga manfaat berishni boshlang. Hech yo'q oilangiz uchun nimadir qiling!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
2024/11/27 14:48:28
Back to Top
HTML Embed Code: