MUZRABOT_TUMAN Telegram 42849
Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari bilan aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etishda rahbarlarning joylarda ommaviy va sayyor qabullar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi muammolarning manzilli yechimida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham ushbu tizimning aholi uchun yanada qulay bo‘lgan shakli – onlayn qabullar o‘tkazilishi fuqarolarning qabullarni kutib o‘tirishiga hojat qoldirmay, uzoq yo‘l bosib, boshqa hududlarga sarson bo‘lishining oldini olmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlari onlayn formatdagi navbatdagi qabulni Muzrabot tumanida o‘tkazdi. Unda Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan 156 nafar fuqaroning muammosi tinglandi.

Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish, qurish yoki ta’mirlash uchun subsidiya ajratish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, tibbiyot va ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi 187 ta murojaati tinglandi.

Qabul davomida murojaatlarning 39 tasi ijobiy hal etildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas'ullarga hal etish topshirig‘i bilan yo‘naltirildi.

Eslatib o‘tamiz, vohadoshlarimiz quyidagi havolalar orqali bevosita viloyat hokimiga murojaat yo‘llashlari mumkin:

Telegram guruh: https://www.tgoop.com/qosimovgamurojaat
Telegram bot: @surxondaryouz_bot

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

tgoop.com/muzrabot_tuman/42849
Create:
Last Update:

BY Muzrabot tumani hokimligi Axborot xizmati

Share with your friend now:
tgoop.com/muzrabot_tuman/42849

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Each account can create up to 10 public channels While some crypto traders move toward screaming as a coping mechanism, many mental health experts have argued that “scream therapy” is pseudoscience. Scientific research or no, it obviously feels good. The channel also called on people to turn out for illegal assemblies and listed the things that participants should bring along with them, showing prior planning was in the works for riots. The messages also incited people to hurl toxic gas bombs at police and MTR stations, he added. Telegram Channels requirements & features Over 33,000 people sent out over 1,000 doxxing messages in the group. Although the administrators tried to delete all of the messages, the posting speed was far too much for them to keep up.
from us

Telegram Muzrabot tumani hokimligi Axborot xizmati
FROM American