tgoop.com/namanganv_xtb/20344
Last Update:
NAMANGAN SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMIDA TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGIGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH BO‘LIB O‘TDI
Shahardagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarini OTMlarga yo‘naltirish, sifat va samaradorlik, ta’lim tizimida bugungi kun islohotlarining borishi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov, shahardagi barcha maktab va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ilm maskanlaridagi ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, muammolarni tizimli hal etish masalalari chuqur tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar muhokama etildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Shoxista Turg‘unova Namangan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shoxista Turg‘unova 2020 - yildan hozirgi vaqtga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i asosida amalga oshirildi.
Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
BY Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
Share with your friend now:
tgoop.com/namanganv_xtb/20344