tgoop.com »
United States »
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY »
Telegram web »
Post 20521
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov Namangan tumanidagi 16- va 17- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, ilm maskanlaridagi o‘quv jarayonlari, moddiy-texnik baza, o‘quvchilar davomati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari bilan tanishdi. Dars mashg’ulotlari kuzatilib, yaratilgan shart – sharoitlar o‘rganildi. Ustoz-muallimlar bilan yoshlar istiqboli hamda soha faoliyatidagi yangilanishlar xususida muloqot qilindi. Bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olish, ularni qiziqishlaridan kelib chiqib kasb tanlash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada taklif va tavsiyalar berildi. Qish mavsumi doirasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, isitish tizimlari va qozonxonalarning mavsumga tayyorligi tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

tgoop.com/namanganv_xtb/20521
Create:
Last Update:

BY Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
Share with your friend now:
tgoop.com/namanganv_xtb/20521