tgoop.com/nanash_qiz/729
Create:
Last Update:
Last Update:
***
Visol!
Koʻzingga oy jilvasi tushgani kabi,
Uvushgani kabi butun vujuding!
Sen unga ot solib boraverasan,
Torayib boradi uning hududi.
Dildor!
Lavzini unutgan partiya misol,
Lablari tarozi, qovogʻi soliq.
Koʻngliga ichkari kiraverganing
Sari qocha boshlar oʻzini olib.
Oshiq!
Bu soʻz ikkisidan kattaroq, kengroq,
Na vaqtga, taqdirga berar koʻnimin.
Yanchilishi ayon bugʻdoy singari
Tegirmon toshiga urar oʻzini...
Men,
Esam yillarki shu uchta soʻzning,
Qaysi burchagiga sigʻinish bilmay,
Arosat yukini yelkamga ortib,
Xudodan oʻzgani tanimas qulman.
Bu soʻz barisidan kattaroq, kengroq...
©️ Bonujon
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
BY BONUJON

Share with your friend now:
tgoop.com/nanash_qiz/729