Notice: file_put_contents(): Write of 320 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50

Warning: file_put_contents(): Only 8192 of 8512 bytes written, possibly out of free disk space in /var/www/tgoop/post.php on line 50
BONUJON@nanash_qiz P.741
NANASH_QIZ Telegram 741
BONUJON
Video message
Ko‘l jimjit. Osmon qorong‘u moviy libosini kiygach, suv sathida yulduzlarning so‘nib-yonishi aks etadi. Ko‘l uzra cho‘zilgan ko‘prikdagi rang-barang chiroqlar suv tubida sirli olam yaratgandek, ko‘l tubidan sirli ko‘zlar boqayotgandek tuyuladi. Shu yorug‘lik ostida suzib yurgan o‘rdaklar tinchlik elchilari singari shivirlashadi. Ularning har bir tovushi go‘yo unutilgan xotiralar, so‘zlanmagan so‘zlar va qalb tubida pinhon yotgan kechinmalarning yangilanishi singari quloqqa chalinadi.

Bu yer, bu tun, bu ko‘l menga hayotimni qayta-qayta kuzatish, o‘tmishimni eslash va kelajagim haqida o‘ylash imkonini beradi. Bu yerda hech kim yo‘q – na odamlar, na shovqin, na ziddiyatlar. Faqat men, ko‘l va uning hikoyasi bor. Har bir to‘lqin asta yuragimni tozalayotgandek, har bir chiroq nuri yo‘limni yoritayotgandek.

Ko‘prikning chetiga suyanaman. Yengil shabada yuzimni silaydi. Xayollarim o‘tgan kunlarni titkilaydi. Har bir kechmish lahzalar singari, suv ham o‘tganlarni olib ketayotgan, lekin shu bilan birga, har safar yangilanib, menga yangi hayot hadya qilayotgandek.

Va shu lahzada anglayman: ba’zan hamma narsadan uzoqda, yolg‘izlik bag‘rida bo‘lish – o‘zini topishning yagona yo‘lidir.

Bonu

tgoop.com/nanash_qiz/741
Create:
Last Update:

BY BONUJON

Share with your friend now:
tgoop.com/nanash_qiz/741

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

So far, more than a dozen different members have contributed to the group, posting voice notes of themselves screaming, yelling, groaning, and wailing in various pitches and rhythms. In 2018, Telegram’s audience reached 200 million people, with 500,000 new users joining the messenger every day. It was launched for iOS on 14 August 2013 and Android on 20 October 2013. "Doxxing content is forbidden on Telegram and our moderators routinely remove such content from around the world," said a spokesman for the messaging app, Remi Vaughn. While some crypto traders move toward screaming as a coping mechanism, many mental health experts have argued that “scream therapy” is pseudoscience. Scientific research or no, it obviously feels good. To view your bio, click the Menu icon and select “View channel info.”
from us

Telegram BONUJON
FROM American