tgoop.com/nanash_qiz/751
Last Update:
Sening yo‘qliging
Kulib turgan edim...
Birdan kimdan ayrilganim yodimga tushdi.
Jilmayib yig‘layotgan odamni ko‘rganmisan hech?
Yo, doim jilmayib turgan odamni yig‘latishmi ishing?
Daf’atan yoprilib keldi xotiralar...
Xuddi sohilga yoprilib kelgan chag‘alay qushlar yanglig‘...
Qanchalar go‘zaldir xotiralar, yashalgan lahzalar...
Garchi jon berdi bugun, lekin baribir hayotdir ruhimda ular...
Gulgun davrada, go‘zal Shahrisabzda, marvarid shaharda kulib turgan edim...
Birdan bostirib keldi Sening yo‘qliging, va endi menda hech qachon bor bo‘lmasliging...
Mayli, menda, mening hayotimda, yonimda bo‘lma.
Lekin, shu sayyorada, shu aylanib turgan yer kurrasida bor bo‘l!
Qalbim, yuragim, ruhim sayyorasidan ketma!
Tabassum qilib turgandim,
Favqulodda, daf’atan o‘n sakkiz ming olam ichra yolg‘iz qolganimni his etdim.
Sensizlik kimsasizlikdir, azizim.
Guljamol Asqarova
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
BY BONUJON

Share with your friend now:
tgoop.com/nanash_qiz/751