Umuman olganda qissa inson qalbining eng nozik va murakkab jihatlarini ochib beradigan, mohiyatan esa sevgining ma’naviy jihatini yuksak darajada ko‘rsatadigan, badiiyati kuchli asar. U oddiy muhabbat qissasi emas – bu taqdir, ruhiy bog‘liqlik, insoniy kurash va fidoyilik haqidagi hikoya. Bosh qahramonlar – Hilola va Shamsiddin Umarov. Shamsiddin yoshi elliklar atrofidagi adabiyot ustozidir, oilali, farzandlari va hatto kelinlari bor. Hilola esa yigirma besh yoshlar atrofidagi yosh ijodkor, turmush qurgan, ikki nafar farzandi bor, ammo o‘z oilasida eriga nisbatan chin muhabbatni, ilohiy ishqni, qalbining eng burchaklaridagi bedor yotgan tuygʻularni uygʻotuvchi ajiyb hisni sezmaydi. U ko‘p yillar davomida o‘z ruhdoshini qidiradi, va nihoyat, Shamsiddinni topadi. Shamsiddin ham xuddi shunday – u har doim kimnidir izlagan, kimdir uning koʻnglidagi azaliy haqiqatlarini tushunishini istagan. Barchaning nigohidan kimnidir qidirgan. Asar davomida keltirilgan psixologning tushuntirishicha, ular allaqachon taqdiran bir-birlariga bog‘langan edi – Almisoqdan boshlab, ularga bir ruh puflangan. Va bu haqiqat edi. Ularning yo‘llari Shamsiddinning kitob taqdimotida kesishadi. Hilola adabiyotga oshiq, Shamsiddinni esa o‘zining ilhom manbai, yo‘l ko‘rsatuvchi ustozi deb biladi. Ajablanarlisi shundaki, Hilolaning yozgan asarlari Shamsiddinning yozganlari bilan bir xil uslubda, bir xil tuyg‘ular bilan yo‘g‘rilgan, bir darddan ogʻringan, bir ishqqa topingan. Ularning badiiy dunyoqarashi, qalb ohanglari bilan hamohang. Shu uchrashuvdan boshlab, ular bir-birining hayotiga singib boradi. Shamsiddin va Hilola o‘rtasidagi aloqa asta-sekin chuqurlashadi. Avvaliga bu ustoz va shogird munosabati edi, keyin esa ular bir-birining suhbatiga o‘rganib qoldi. Bir-birini ko‘rmasa bo‘lmaydigan, ovozini eshitmasa tipirchilab qoladigan holga kelishdi. Ular bir-biriga juda yaqinlashib ketdi, lekin ular o‘rtasida oilaviy majburiyatlar, jamiyatning keskin nazari va axloqiy tamoyillar to‘siq bo‘lib turardi. Bir kuni ular Shamsiddinning ijodxonasida uchrashishadi. Hilola oʻz ustoziga jonqadar ishongani holda, ularni oʻzi kabi samimiy deb bilgani holda dalahovliga borishga rozi boʻladi. O‘z hislarini tiyib kelgan bu ikki qalb, nihoyat, bir-birini quchadi. Ammo ularning yuragiga darhol vijdon azobi va hayot haqiqatlari qaytib keladi. Ular qilayotgan ish Allohga, axloqiy qadriyatlarga, jamiyatga to‘g‘ri kelmasligini his qilishadi va yo‘llari ajraladi. Ammo sevgi shunchaki unutish bilan yo‘q bo‘lib ketmaydi. Bu orada Hilola og‘riqlarga chiday olmay, bir necha marta uydan ketib qoladi. U o‘zini jamiyatdan yulqib olmoqchi bo‘ladi, lekin oxir-oqibat baribir oilasi, bolalari uchun qaytaveradi. Shamsiddin esa tobora o‘z oilasidan uzoqlashib, butunlay Hilola haqida o‘ylash bilan band bo‘lib qoladi. Ular bir-birini unuta olmaydi. Hilola sevgidan va ichki azoblardan charchab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ladi. U dorilar ichib, hayot bilan xayrlashishga qaror qiladi. Lekin Shamsiddin yetib keladi va uni o‘lim changalidan qutqarib qoladi. Bu voqea ularning ikkisiga ham katta saboq bo‘ladi. Ular o‘z hayotlarini yo‘qotmaslik uchun, oilalarini saqlab qolish uchun bir-biridan uzoqlashishga qaror qilishadi. Sevgi bor, lekin ularning hayoti undan ham kattaroq mas’uliyatlarni o‘z ichiga oladi. Hilola ham asta-sekin oilasiga mehr bera boshlaydi. Eriga – Azizga ko‘ngil qo‘ya olmasa ham, unga sadoqatli bo‘lishga harakat qiladi. O‘zi uchun hayotining yangi sahifasini ochmoqchi bo‘ladi. U homilador bo‘ladi, lekin unga homiladorlik xavfli ekani aytilgan edi. U bu haqda hech kimga aytmaydi, hatto Azizga ham. Bu orada uning ijodi yuksaladi, u ishqni kuylaydi, yonib kuylaydi. Haqiqatga sigʻingan asarlar esa doim oʻqirmanga manzur boʻlaveradi. Va nihoyat, uning asarlaridan biri taqdimot qilinadigan kun keladi. Shu kuni ko‘p yillardan beri ko‘rinmay ketgan Shamsiddin ham tashqarida turib, uni kuzatadi. Hilola uni ko‘rib, hamma narsani unutadi va uning ortidan yuguradi. Shamsiddin undan qochadi, chunki ularning sevgi hikoyasi ochilib ketishini istamaydi.

The imprisonment came as Telegram said it was "surprised" by claims that privacy commissioner Ada Chung Lai-ling is seeking to block the messaging app due to doxxing content targeting police and politicians. Members can post their voice notes of themselves screaming. Interestingly, the group doesn’t allow to post anything else which might lead to an instant ban. As of now, there are more than 330 members in the group. The group’s featured image is of a Pepe frog yelling, often referred to as the “REEEEEEE” meme. Pepe the Frog was created back in 2005 by Matt Furie and has since become an internet symbol for meme culture and “degen” culture. Healing through screaming therapy How to create a business channel on Telegram? (Tutorial)
from us