Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
BONUJON
Photo
Xonangni ustingdan qulflaysan, butun borliqning ovozini televizor pultini bosgan kabi bir harakat bilan oʻchirasan. Endi dunyo jimjit, hech kim yo‘q, hech narsa yo‘q—faqat sen va o‘ylaringdan iborat bir atmosfera. Derazalardagi pardani sidirasan. Tashqaridan tushayotgan xira yorug‘lik xonang devorlariga uriladi. Sen esa deraza oldiga borib, qurib, allaqachon gʻunchabarglarini toʻkkan lolalarning urugʻchisini hidlaysan. Hidi bormi? Yo‘qmi? Baribir. Faqat shu daqiqada, shu hidni his qilging keladi. Go‘yo bu lola sening o‘zingday, bir vaqtlar yashnagan, endi esa faqat ildizlari qolgan. Boshqa tuvakdagi gullarga bir qur nazar tashlaysan. Yashil, lekin allaqachon qurishga yuz tutgan yaproqlar. Ular ham asta-sekin o‘z so‘nishiga guvoh bo‘layotganini bilmaydi. Deraza ortiga qaraysan—har kuni ertalabdan kechgacha seni oʻziga qul qilgan, oʻzining nozik, hashamdor, ammo shu bilan birga ich-ichidan kirlangan dunyoni kuzatasan. Necha bor ishonib, necha bor aldanganing, necha bor yuraging ezilgani, xotirlaring uvishgani yodingga tushadi.
"Oh" deysan. Nafasing ichingga botib ketadi.
"Esiz…" deysan, bu so‘zlar go‘yo havoda erib, o‘zingga qaytib keladi.
"Nima qildim oʻzi yigirma yoshgacha? Shu yoshgacha nimalarni boshdan kechirmadim? Oʻzimni sakson yoshli kampirlarday his qilayapman…"
Dunyo shuncha arzimasmidi? Shuncha ahmoqmidim men? Nega shu paytgacha biron marta aql bilan ish koʻrmadim? Faqat yuragimga quloq solibman. Faqat uning, ich-ichimdagi meni qiynayotgan oʻylarning izmiga koʻndimmi?! Oʻzimni, jismimni, amallarimni topshirib qoʻydimmi unga?!

O‘ylaysan… Yurak noto‘g‘ri qaror qilishi mumkinmi? Inson qalbi bilan eʼzozlanmasmidi? "Qalb go‘zal bo‘lsa bo‘ldi" degan gaplar qayoqqa ketdi? Yoki… qalbim ham kirlanganmidi? Lekin yo‘q! U meni biron marta yomonlikka undamadiku!? Biron marta kimgadir qattiq ozor berishimni buyurdimi? Yo‘q! U faqat o‘zini abgor qildi. O‘zini fido qildi. Oilasiga. Akasi-ukasiga. Ota-onasiga. Qaysidir qarindoshiga. Do‘stiga.

Qalbim o‘zini fido qilib yashadi.

Agar aqlim bilan ish koʻrganimda, men hozir qayerda boʻlardim? Kim bilan boʻlardim? Nima boʻlardi menga? Agar aqlim buyurganiga kirsam, balki hozir koʻzimda yosh emas, quvonch boʻlar edimi?! Yoki har tun oʻzimni yemasdan, har kunlik sitamlarni, har kunlik adolatsizliklarni ichimga yutmasdan shirin uyquda boʻlarmidim..?

Bilmayman.

Bilganim — buyog‘iga bunday yashab bo‘lmaydi. Bilganim — endi aql bilan ish koʻrish kerak. Endi insonlarga hadeb ishonavermaslik, faqat “ha” demaslik kerak. O‘zini asrash kerak. Ruhni, ichidagi kichkina, shirintoy bolachani o‘ldirmaslik kerak. Kichkina Bonuni asrash kerak. Shu paytgacha uni asra deya ruhimizni taqdim etganlar uni asray olishmadiku! O‘ldirishsa o‘ldirishdiki, zig‘ircha mehr ko‘rsatishmadiku!

Eshik taqillaydi. Onang. U sening bu tarzda xonangga qulflanib, bu tarzda oʻy oʻylashing nimalarga olib kelishini yaxshi biladi. Chunki… onalar yuragi sezadi.

https://www.tgoop.com/nanash_qiz
BONUJON
Photo
Uch yuzta boʻlaylik, ushbu kitoblarni 300-obunachiga shundoq sovgʻa qilaman!
Men yolg'iz.
Kechada tanho bir o'zim
Oyni o'pmoqlikni etaman xayol.
Orzuyimni ketmang boltalab,
Oy nuriga yo‘g'rilgan ayol.

Men yolg'iz.
Ko'chada tanho bir o'zim.
Qo'l ushlashib keldim kapalak bilan.
Orzuyimni ketmang yakkalab,
Kiprigi kapalak qanotli sanam.

Men yolg'iz.
Osmonni suraman xayol,
Yulduzdan yulduzga sakrab o'ynagum.
Telba deb koyimang, ey baxtli ayol,
Yulduzga burkangan oppoq ko‘ylagi.

Men.
Meni qo'ying,
Ketay orzularga ergashib.
Ketay dengizlarning poyiga,
Bugun sizni o'yladim, balki.
Tushar deb ko'nglingiz joyiga.

Yomon bo'ldi,
Yomoni nima?
Bir lahza qo'lingiz tutgan emasman.
Men faqat orzular qilganman xolos,
Birorta orzumga yetgan emasman.

Muhammadali Gʻafforov
@nanash_qiz
Oʻzingnikilar urib-turtib, navbatingga tashlanadi... Oldingda turgan koreys oʻzini navbatini beradi, iltifot qilib.
Esiz, men uyaldim, qachon nomimizga yarasha mardligimiz boʻlarkina...
BONUJON
Photo
Ba’zan hayot shunday tomoshaga aylanib ketadiki, kulmaslikning iloji yo‘q. Faqatgina kulgidan tuproq larzaga keladigan darajada qah-qah otish kerak. Shunday baland kulish kerakki, atrofdagilar sizni chinakam baxt ichra kulayapti deb o‘ylashsin. Qiziqsinib soʻrashadi:
— Nima seni bunchalar kuldirayapti?
— Sizlar, — deysiz jilmayib.
Ular hayron bo‘lishadi. Chunki o‘zlarini “hayot sirlarini anglab yetgan dono” sanashadi. O‘zlarini hech kim sezmaydigan, hech kim payqamaydigan mohir aktyorlar deb bilishadi. Axir kechagina yoningizda bo‘lib, siz bilan “dildan” gaplashganlar bugun ortingizdan chivin chaqqanday pisanda qilishmay ig‘vo tarqatayotganlarini o‘zlari sezishmaydi. Kechagina sizga «sendan boshqa hamrohim yo‘q» deb yolg‘onlariyu g‘iybatchi yuraklarini to‘kib solganlar bugun kim bilandir pinhona mehr ulashayotganliklarini sezmaydi deb oʻylashadi. Kechagina qarsaklar bilan “chin do‘st” sahnasini o‘ynaganlar bugun boshqa spektaklda “begona” rolini ijro etishayotganini anglashmaydi. Ha, ular buni sezishmaydi. Chunki o‘zlarining o‘yinlariga o‘ralashib, aktyordan tomoshabinga aylanib bo‘lishgan. Va eng kulgilisi, ular haligacha teatr sahnasida emas, hayotda ekanliklarini unutib qo‘yishgan. Shuning uchun siz kulasiz. Qah-qah otasiz. Sizga qarab turishibdi, siz esa ularga oyna tutib, o‘zlarini ko‘rsatmoqdasiz. Ular esa o‘z akslarini taniy olishmay, har doimgidek o‘zlarini oqlashga shoshilishadi. Bularni jiddiy qabul qilgan inson achinib, yurak hovuchlab o‘tirar. Lekin siz bundaylardan emassiz. Siz bu tomoshadan zavq olasiz. Shunday qah-qah otib kulasizki, hayot ham o‘ziga o‘zi shubha qilishi mumkin.
Va Nargiza Odinayeva aytganidek:

"Ko‘zlarim kulib turgay olovlarga botib ham,
Childirmangni chalaver, men boshqacha o‘ynayman..."

https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Hayot gulzor deya kezdim
tikonlari chiqdi yo'ldan.
Na-da tikonlari, turfa ilonlari
chiqdi yo'ldan.
ҲАЁТ БИР МАРОМДА ЎТИБ ЁТИБДИ

Ҳаётим дарёдай шовуллаган он
Ё дилни қўпганда қиёмат-қойим
Ва энди ишларим юришган замон,
Қайсидир қилмишим ёқмай, Худойим
Бир урса, ўлурман!

Нафсимга иштону куйлакча бичдим,
Гуноҳимни қудуқ ютиб ётибди.
Менинг камчилигим тополмас ҳечким,
Ҳаёт бир маромда ўтиб ётибди.
Қўрқаман, қўрқаман, бир кунлар келиб
Қудуқлар сўзласа, бирпул бўлурман.

Севгилим, сен ҳақда ўйламоқ оғир,
Олчадек лабларинг, кўзу даҳанинг.
Ҳар бир бармоқларинг биттадан шоир,
Еттинчи осмондир сенинг баданинг.
Бошқалар бир сиқим тупроқ бўлади,
Сен гул бўл, мен ўлсам булбул бўлурман.

Тағин жим кетаман, автобусларнинг
Катта ойнасидан боқаман дилгир.
Уйга сохта кулгу олиб кетяпман,
Юрсам оёқларим титрайди дир-дир.
Ҳа демай, эшаклар минги бўладир,
Мен омоч қўшилган дулдул бўлурман.

Кўп ўйлаб қолурман, ўйлаб кўп қолурман,
Мени кимдир кутиб туради доим
ва айтилган жойга бораолурман,
Гулим, дийдор сари чорла боройин...
(Қолганин айтишга ҳаё қилурман.)
Қўрқаман, сен сори чоғланганимда
Жуда кўп кулурман.
Кулишим ғашига тегиб, Худойим
Бир урса, ўлурман.

Бек АЛИ

https://www.tgoop.com/nanash_qiz
BONUJON
Photo
Umuman olganda qissa inson qalbining eng nozik va murakkab jihatlarini ochib beradigan, mohiyatan esa sevgining ma’naviy jihatini yuksak darajada ko‘rsatadigan, badiiyati kuchli asar. U oddiy muhabbat qissasi emas – bu taqdir, ruhiy bog‘liqlik, insoniy kurash va fidoyilik haqidagi hikoya. Bosh qahramonlar – Hilola va Shamsiddin Umarov. Shamsiddin yoshi elliklar atrofidagi adabiyot ustozidir, oilali, farzandlari va hatto kelinlari bor. Hilola esa yigirma besh yoshlar atrofidagi yosh ijodkor, turmush qurgan, ikki nafar farzandi bor, ammo o‘z oilasida eriga nisbatan chin muhabbatni, ilohiy ishqni, qalbining eng burchaklaridagi bedor yotgan tuygʻularni uygʻotuvchi ajiyb hisni sezmaydi. U ko‘p yillar davomida o‘z ruhdoshini qidiradi, va nihoyat, Shamsiddinni topadi. Shamsiddin ham xuddi shunday – u har doim kimnidir izlagan, kimdir uning koʻnglidagi azaliy haqiqatlarini tushunishini istagan. Barchaning nigohidan kimnidir qidirgan. Asar davomida keltirilgan psixologning tushuntirishicha, ular allaqachon taqdiran bir-birlariga bog‘langan edi – Almisoqdan boshlab, ularga bir ruh puflangan. Va bu haqiqat edi. Ularning yo‘llari Shamsiddinning kitob taqdimotida kesishadi. Hilola adabiyotga oshiq, Shamsiddinni esa o‘zining ilhom manbai, yo‘l ko‘rsatuvchi ustozi deb biladi. Ajablanarlisi shundaki, Hilolaning yozgan asarlari Shamsiddinning yozganlari bilan bir xil uslubda, bir xil tuyg‘ular bilan yo‘g‘rilgan, bir darddan ogʻringan, bir ishqqa topingan. Ularning badiiy dunyoqarashi, qalb ohanglari bilan hamohang. Shu uchrashuvdan boshlab, ular bir-birining hayotiga singib boradi. Shamsiddin va Hilola o‘rtasidagi aloqa asta-sekin chuqurlashadi. Avvaliga bu ustoz va shogird munosabati edi, keyin esa ular bir-birining suhbatiga o‘rganib qoldi. Bir-birini ko‘rmasa bo‘lmaydigan, ovozini eshitmasa tipirchilab qoladigan holga kelishdi. Ular bir-biriga juda yaqinlashib ketdi, lekin ular o‘rtasida oilaviy majburiyatlar, jamiyatning keskin nazari va axloqiy tamoyillar to‘siq bo‘lib turardi.
Bir kuni ular Shamsiddinning ijodxonasida uchrashishadi. Hilola oʻz ustoziga jonqadar ishongani holda, ularni oʻzi kabi samimiy deb bilgani holda dalahovliga borishga rozi boʻladi. O‘z hislarini tiyib kelgan bu ikki qalb, nihoyat, bir-birini quchadi. Ammo ularning yuragiga darhol vijdon azobi va hayot haqiqatlari qaytib keladi. Ular qilayotgan ish Allohga, axloqiy qadriyatlarga, jamiyatga to‘g‘ri kelmasligini his qilishadi va yo‘llari ajraladi. Ammo sevgi shunchaki unutish bilan yo‘q bo‘lib ketmaydi.
Bu orada Hilola og‘riqlarga chiday olmay, bir necha marta uydan ketib qoladi. U o‘zini jamiyatdan yulqib olmoqchi bo‘ladi, lekin oxir-oqibat baribir oilasi, bolalari uchun qaytaveradi. Shamsiddin esa tobora o‘z oilasidan uzoqlashib, butunlay Hilola haqida o‘ylash bilan band bo‘lib qoladi. Ular bir-birini unuta olmaydi. Hilola sevgidan va ichki azoblardan charchab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ladi. U dorilar ichib, hayot bilan xayrlashishga qaror qiladi. Lekin Shamsiddin yetib keladi va uni o‘lim changalidan qutqarib qoladi. Bu voqea ularning ikkisiga ham katta saboq bo‘ladi. Ular o‘z hayotlarini yo‘qotmaslik uchun, oilalarini saqlab qolish uchun bir-biridan uzoqlashishga qaror qilishadi. Sevgi bor, lekin ularning hayoti undan ham kattaroq mas’uliyatlarni o‘z ichiga oladi.
Hilola ham asta-sekin oilasiga mehr bera boshlaydi. Eriga – Azizga ko‘ngil qo‘ya olmasa ham, unga sadoqatli bo‘lishga harakat qiladi. O‘zi uchun hayotining yangi sahifasini ochmoqchi bo‘ladi. U homilador bo‘ladi, lekin unga homiladorlik xavfli ekani aytilgan edi. U bu haqda hech kimga aytmaydi, hatto Azizga ham. Bu orada uning ijodi yuksaladi, u ishqni kuylaydi, yonib kuylaydi. Haqiqatga sigʻingan asarlar esa doim oʻqirmanga manzur boʻlaveradi. Va nihoyat, uning asarlaridan biri taqdimot qilinadigan kun keladi. Shu kuni ko‘p yillardan beri ko‘rinmay ketgan Shamsiddin ham tashqarida turib, uni kuzatadi. Hilola uni ko‘rib, hamma narsani unutadi va uning ortidan yuguradi. Shamsiddin undan qochadi, chunki ularning sevgi hikoyasi ochilib ketishini istamaydi.
BONUJON
Photo
Ammo Hilola baribir unga yetib oladi va yana bir bor bir-birini quchoqlashadi.Ularning sevgi tarixi jismoniy emas, balki ruhiy uyg‘unlik darajasida davom etayotganini yana bir bor his qilishadi. Ruhlari qovushadi.
Lekin bu to‘qnashuv Hilola uchun qimmatga tushadi. U zinadan yiqilib tushadi va natijada homilasini yo‘qotadi. Ko‘p qon yo‘qotgan Hilola shifoxonaga yotqiziladi. O‘sha yerda Shamsiddin unga qon beradi. Shamsiddinning qoni endi Hilolaning tomirlarida oqmoqda edi – bu ularning yana bir bor ruhiy birlashuvining belgisi edi.
Shamsiddinni shifoxona oldida ko‘rgan Aziz uni avval mushtlaydi. Ammo keyin, xotiniga aynan shu odam qon berganini bilib, o‘zini bosadi. Hilola va Shamsiddin hayotda birga bo‘lolmaydi, lekin ularning sevgisi ularni poklik va vijdon sari yetaklaydi. Ular sevgi orqali nafsga emas, yurakka, qalbga ergashish kerakligini tushunadi. Ular hech qachon birga bo‘lmagan bo‘lsalar ham, sevgi ularni baxtsiz qilmagan. Aksincha, ular ruhiy yaqinlik orqali o‘zlarini topgan, o‘z hayotlariga to‘g‘ri yo‘l tanlagan insonlardir.
Qissa soʻngida, Shamsiddin Hilolaga maktub yozadi:
"Biz hech ajralmadik. Mening qonim sening tomirlaringda oqmoqda. Muhimi – bizning ruhlarimiz topishdi, biz bir-birimizni topdik."
Ba’zan hayot sevgini nafsdan yuksak qo‘yishni, unga boqiy ma’no berishni talab qiladi. Ular o‘z sevgisidan voz kechishmadi – ular uni ruhiy yuksaklikka olib chiqishdi. Ular uchun muhimi jismoniy birga bo‘lish emas, balki yuraklar va ruhlarning tutashuvi edi. Shu bois ular ajralmadilar – sevgi ularning yuragida, qalb tubida yashab qoldi.

https://www.tgoop.com/nanash_qiz
***

Mayliydi, may boʻlsam oshiqning,
Qoniga shasht boʻlib qoʻshilsam.
Mayliydi, soʻng oʻlsam,
Sharobday koʻksingga toʻkilsam...

Dostoevskiy, o, azal daho,
Oq tunlarda sharob koʻtarib,
Senga ishqdan dars oʻtar besas,
Soʻng tushlaring ketar oqarib...

Soʻng qoʻlingga sigor olasan,
Qismatingdan rang olar zulmat.
Oh, koʻksingda koʻtargan narsang
Ogʻir kelar, ogʻir beadad...

Dunyo azal nayrangboz, betin,
Chaqalarga qurilgan dunyo.
Men mezon oralab sangʻiyveray,
Sen,
Sen zinhor oʻzingdan boʻlmagin judo...

Senga faqat yor oʻlsin Xudo,
Senga faqat yor oʻlsin Xudo...

©️ Bonujon
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
***
Fusunkor kechada gulgun shafaqning,
Koʻzlari yonadi qizarib.
Xaridor kutadi ufq rastasida
Osmonning soʻnggi shoh asari.

Bir nasim yeladi shabgardon,
Pichirlab sirlarin ochadi qadim.
U shunday mayinki, quloqqa
Chaqaloq nafasi yangligʻ tegadi.

Maʼshuqa-peshona tutyotgan yalpiz,
Oshiq-soyning kumush iplari.
Shoir oʻz sheʼrini sevgani kabi,
Billur oʻpich hadya etadi.

Voh, bu kecha qanchalar nafis,
Tagʻin bu manzara bunchalar sokin.
Yaratgani shu qadar boʻlsa,
Unda Yaratganning Oʻzi qandaykin..?

Bonujon
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Forwarded from Oʻzim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ИСЛОМГА БАҒИШЛАНГАН УМР"

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳ хотирасига бағишланган ҳужжатли фильм
Bugun Nargiza Odinayeva tugʻilgan kun!

ГУНГ ҚЎШИҒИ

Ўн беш кун тўлган ойнинг дардларини тилайман,
Оққанот турналарни юрагимга белайман.
Чўғ босган раққосига қисмат тутган коинот,
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

Уфққа оққан куйлар остонамда бўй етган,
Жавдирайди юрагим, ҳар тун азоб тўй этган,
Йўл теролмай кўнглимнинг сарҳадига ўт кетган,
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

Шамолдай чопиб кўрдим, бир нуқтада қотиб ҳам,
Тошлардан қутилмайсан, -- минг осмонга отиб ҳам.
Кўзларим кулиб тургай оловларга ботиб ҳам,
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

Йил думалаб йилларнинг борар шоми қорайиб,
Ёрилган пешонамни шабнамларга қўй чайиб.
Бобоси гунг атторнинг савдосида не айб,
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

Ёмғир соғинч исими, шоир ғамга эрками,
Дунё оғиб кетарди бўлмаганда бир ками.
Ҳайқираман чўғ босиб: "Aзоб -- руҳнинг байрами!",
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

©Наргиза ОДИНАЕВА
@nanash_qiz
Muborak Ramazon barchamizga qutlugʻ kelsin! Bu oydan savob qoplarimizni toʻldirib, xayrli ishlar-la chiqaylik, Alloh nasib💙
Кимда ким саҳарлик ёки ифторликга озиқ-овқати бўлмаса ёки шароити йўқ оилаларни билса бехижолат бизга мурожаат қилинглар. +998 94 386 60 60
+998 97 139 60 60
Озиқ-овқатлар етказиб берилади.
Илтимос шуни тарқатиб юборинглар
Зеро Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам "Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганчалик ажри берилади" деганлар!
Nimagaki erishmoqchi boʻlsak hammasi bizni kuchliroq sevishlari uchun emasmi...
2025/03/04 06:44:36
Back to Top
HTML Embed Code: