Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
777 - Telegram Web
Telegram Web
Men sizdan voz kechmadim
Deylik, men sizni oʻzimdan qutqardim...
BONUJON
Har bir hujayrangni ishga solasan, Yuzingga tabassum ilasan (shart-da!) O‘zingga begona qiyofa bilan Ko‘zguga kirasan qayta va qayta. Sochlaring to‘zg‘igan, Taroq urasan, Yig‘maysan, qolgansan axir o‘rganib. «Biroz tabassum qo‘sh. Yana... Yetarli! Ko‘ziga…
Bugun Bashorat Otajonova tugʻilgan kun!
***

Сендан олисларда
Сендан бехабар
Кўзларингдек тиниқ мезон сувида
Қирмизи балиқлар сузади ҳорғин.

Мендан олисларда
Мендан бехабар
Менга деб ўстирган
Масиҳ гулларинг
Жон берар бирма-бир
Кўзинг ўнгида.

Сен - менинг сиримсан,
Мен - сенинг сиринг.
Яхшики, бу сирни билмайди ҳеч ким:
на ҳорғин балиқлар,
на масиҳ гуллар.

© Башорат Отажонова

@nanash_qiz
Sening yo‘qliging

Kulib turgan edim...
Birdan kimdan ayrilganim yodimga tushdi.

Jilmayib yig‘layotgan odamni ko‘rganmisan hech?
Yo, doim jilmayib turgan odamni yig‘latishmi ishing?

Daf’atan yoprilib keldi xotiralar...
Xuddi sohilga yoprilib kelgan chag‘alay qushlar yanglig‘...

Qanchalar go‘zaldir xotiralar, yashalgan lahzalar...
Garchi jon berdi bugun, lekin baribir hayotdir ruhimda ular...

Gulgun davrada, go‘zal Shahrisabzda, marvarid shaharda kulib turgan edim...
Birdan bostirib keldi Sening yo‘qliging, va endi menda hech qachon bor bo‘lmasliging...

Mayli, menda, mening hayotimda, yonimda bo‘lma.
Lekin, shu sayyorada, shu aylanib turgan yer kurrasida bor bo‘l!

Qalbim, yuragim, ruhim sayyorasidan ketma!

Tabassum qilib turgandim,
Favqulodda, daf’atan o‘n sakkiz ming olam ichra yolg‘iz qolganimni his etdim.

Sensizlik kimsasizlikdir, azizim.

Guljamol Asqarova
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qalbdan

Hamma narsaning yonishi va so'nishi bor!
So'ngunga qadar, yonish kerak!
Yondirish kerak!

https://www.tgoop.com/nanash_qiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Senga borimni berishni xohlayman ammo, buncha g’amni sen nima ham qilarding…
BONUJON
Photo
Bir goʻzal tush edi mening tushim…
Yomgʻir yogʻardi. Yomgʻir emas, goʻyo osmon yuragidagi eng begʻubor dardlarini yerga toʻkayotgandek edi. Har bir tomchi shu qadar tiniq, shu qadar begʻubor ediki, ularni sanash mumkin edi. Bamisoli osmon koʻz yoshlarini yer bagʻriga sanab tushirardi. Koʻcha atrofi rang-barang gullarga toʻla, har biri yonimga egilib, menga nimadir pichirlayotgandek. Asfalt yaltiraydi, goʻyo yer osmondan tushayotgan bu sovgʻani ichiga singdirib olmoqchi.
Koʻcha chetida bir avtomobil turibdi, Matiz edi, menimcha. Men shundoq oldiga bordim. Oʻzimni yerga yotqizdim. Balki meni kimdir bosib ketmasligi uchundir, boshimni yashirdim, balki esa hech qanday sabab yoʻq edi – shunchaki shu daqiqada erkin boʻlishni, yomgʻirga singib ketishni istadim. Osmonga qaradim. U yerni quchoqladi, men esa yomgʻirni. Har bir tomchi yuzimga tegib, koʻzlarimni ohista kaftlari bilan silagandek tuyulardi. Koʻzlarim yumildi. Men endi yomgʻir bilan qoʻshilib ketayotgan edim…
Oʻsha kuni yuragimda ogʻir gʻam bor edi. Onamdan xafa edim. Otamdan xafa edim. Hayotdan xafa edim. Balki bu shunchaki sabab edi, aslida esa hech narsaga xafa emasdim, faqat bir joyga singib ketishni, yoʻqolishni, bu olamdan bir zumga boʻlsa-da chiqib ketishni istardim. Koʻp qavatli uyning zinalari notoʻgʻri qurilganidan xafa edim. Bu ham gʻalati, lekin yurak ayrim narsalarni o‘zi tanlaydi – xafalik uchun ham, ichki titroq uchun ham. Bir hovlining sahniga borib, shunchaki yotmoqchi edim, lekin u yerdagi kamera... Ha, hatto boʻsh hovli ham shaxsiy makonim boʻla olmasdi.
Lekin barchasi unutiladi. Tanish gʻamlar suvga singadi, ogʻir tuygʻular yuvilib ketadi. Men bor-yoʻgʻi oddiy bir qiz edim – yomgʻir bagʻrida yotgan, osmonga termulgan va hech narsani oʻylashni istamagan bir qiz.
Oyoq kiyimlarim yoʻq edi, balki poyabzalim bor edi, lekin u ham bir poy boshmoq edi adashmasam. Qanday ahamiyati bor?
Har safar tush koʻrsam, unda sochlarim yoyilib ketadi. Bu safar ham shunday boʻldi. Uzun sochlarim yomgʻir suvlarida ivib, yoʻl etagiga oqayotgan yomgʻir suvlari bilan qoʻshilib ketayotgan edi. Goʻyo men oʻzim ham bu yomgʻirning bir boʻlagi edim. Shunda bilaman – men barchasidan ozodman. Shu daqiqada men borligimni unutdim, tashvishlar yuvildi, dardlar singib ketdi. Bu tush emas, bu men edim.

Qani edi shu tushni kameraga muhrlab boʻlganda edi… Yoʻq, aslida hayotning eng unutilmas lahzalarini suratga olishning iloji yoʻq. Shunday lahzada agar kimningdir qoʻlida kamera boʻlsa, demak, u lahza uyushtirilgan. Bu lahzalarning eng qadrli tomoni shundaki, ularni faqat yurak his qiladi, faqat ruh saqlab qoladi. Suratlar, videolar – ular shunchaki ko‘rinish, ammo haqiqatda, ular orqasida yashiringan tuyg‘ularni takrorlab bo‘lmaydi. Shu sabab men bu lahzaning ichida yashayapman, uni muhrlash emas, his qilish uchun.
Baʼzi sabablarga koʻra ushbu kitoblarni sotmoqchiman.
Kitoblarni olguchilar boʻlsa yozinglar, hammasi birdan sotiladi.
Boshlangʻich narxi 400 ming soʻm.
📖 Said Ahmad – "Ufq"
📖 Asqad Muxtor – "Chinor"
📖 Gyote – "Faust"
📖 Bek Ali – "Voh" (sheʼriy to‘plam)
📖 Qurʼon yodlash va o‘qitish asoslari


@nanashqiz ga yozing
***

Deraza yonida o‘tirasan,
Issiq xonang, yumshoq o‘rinda.
Qayoqqadir borishing kerak,
Fursat borday ko‘rinar senga.

Darpardani surib qaraysan,
Zerikishdan to‘lib ketsa dil.
Sokinlik. Cho‘zilib yotar ko‘chada,
Mashinalar bosib ketgan yil.

Fursat borday ko‘rinar senga...

Aziz Said
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eylül Tekı seviyor...
"Кўз ўнгидаги муттасил ҳаракатлар тасвири миясини чалғитмасин учун кўзларини юмди. Оҳ! Қароқларида икки томчи ёш илиниб турган экан! Соқчи киприклар бирлашиб, худди баланд чўққидан бировни мажбурлаб улоқтиргандек, ёшларни думалатиб юбордилар." O'xshatishni qarang...
Мен ботиб бораркан,
Қаршимдан чиқдинг,
Эй, Янги ой!
Сен чиқиб келаркан,
Ботар эдим мен,
Эй, Янги ой!
Менга шарафли кетишлар,
Сенга гўзал келишлар,
Қутлуғ бўлсин!
Эй, Янги ой!
Менинг мағрур ботишимни
Агар кўрган бўлсанг,
Сенинг гўзал чиқишингни
Кўрган эсам мен,
Шудир бизнинг фурсат,
Шудир бизнинг муҳаббат,
Эй, Янги ой!..
Салом, дедим сенга,
Сўнгра, алвидо!..
Эй, Янги ой,
Салом, алвидо!!..

Mahbuba Abdurahimova
@nanashqiz
2025/03/04 10:01:22
Back to Top
HTML Embed Code: