BONUJON
Photo
Usmon Nosir sahnasi: Haqiqat va jasoratni ulug‘lash
Kechagina Javlon Jovliyevning "Usmon Nosir" dramasi asosida sahnalashtirilgan spektaklga bordim. Rosti, spektakl meni juda chuqur o‘ylashga, o‘sha davrning og‘ir shamollarini, qarama qarshiliklarini his qilishga majbur qildi. U davom etarkan, nafaqat buyuk shoirning o‘zi, balki u yashagan davrning ziddiyatlari, jasorat va xiyonatning qarama-qarshiligi yorqin tasvirlanadi.
Usmon Nosir – chin shoir, chin inson. U she’riyatni faqat so‘z emas, balki haqiqatning quroli sifatida ko‘radi. Ammo haqiqatni aytgan odamga har doim ham osongina tinchlik nasib etmaydida. Shoirning 32 yoshida Sibirda o‘lim topgani, o‘pka sili bilan hayotdan ko‘z yumgani nafaqat o‘sha davrning adolatsizliklari, balki o‘z qadrdonlari tomonidan sotilgan shaxsning ayanchli taqdiri edi. Ayniqsa, "Naxshon" dostoni sabab uning millatchilikda ayblanishi va surgunga yuborilishi shoirning o‘z vatanida begona bo‘lish qismatini yaqqol ko‘rsatadi. Dostonda "Rim jinni teatr" deb yozilgan bo‘lsa-da, bu so‘zlar aslida Rimni emas, balki shoir o‘zi yashagan (balki hozir biz yashayotgan) davrning zulmatga botgan yashash tarzini anglatardi. Haqiqiy dardning shunchalar tasviriy va ramziy usulda ifodalanishi Usmon Nosirning buyukligidan darak.
Usmon qamoqda ekanligida ham she’rlar yozdi, adabiyotda yashadi, baqirib sheʼrlar aytdi. Sahnada bu voqealar juda ta’sirchan ifodalandi. U nafaqat qamoqda qiynoqqa solingan, balki oila, yurt diydoridan ham uzilgan. Lekin o‘sha muhitda ham qalbining erkinligini saqlab qola olgan. Uning yonida bo‘lgan bir do‘stining vataniga shoirning she’rlarini qaytarishga va’da bergan voqeasi esa, insoniy sadoqat va jasoratning o‘ziga xos timsolidir. Ha, bu ishni Usmon ishongan doʻstlari emas, Sibir avaxtasidagi bir askar qildi. Shoirning shaxsiyati va qismati orqali odamlarning xulq-atvori, o‘sha davrning murakkabligini his qilish mumkin. Shoirni bir vaqtlar maqtagan, uni ulug‘lagan "do‘stlar" hukumat oldida o‘z jonini saqlab qolish uchun xiyonat qilishga-da tayyor edi. Ularning kechagi maqtovi va bugungi sotqinligi shunchalar tabiiy va og‘riqli ko‘rsatiladiki, bu lahzalarda ko‘z oldimda hayotiy tanish voqealar ham namoyon bo‘ladi.
Shoirning onasi obrazi esa spektaklning eng ta’sirchan jihatlaridan biri boʻldi. U o‘g‘lini yo‘qotishdan cho‘chib, she’riyatdan qaytarmoqchi bo‘ldi, lekin Usmon Nosirning javobi qat’iy edi: u hech qachon haqiqatdan qaytmaydi, u chin shoir, millat oʻgʻli, uni ona tugʻmagan, uni Vatan, eʼtiqod va haqiqat tuqqan. Onaning iztirobi esa inson qadrini, o‘g‘ilni yo‘qotish dahshatini aks ettiradi. "Ay Alloh, nega boshqalarning emas, aynan mening o‘g‘limni shoir qilib yaratding..." degan so‘zlari bir onaning yuragini tilka-pora qilayotganini ko‘rsatadi. (Shu yerida tamom boʻldim men)
Spektakldagi aktyorlar ijrosi esa bu voqealarning ta’sirini yanada oshirishga xizmat qildi, barcha odam tashqi koʻrinish, mahorat, feʼl-atvor jihatidan birga bir tushgan, toʻgʻri tanlangan. Usmon Nosirni jonlantirgan aktyorning o‘yinida shoirning kuchli irodasi, chin inson sifatidagi jasorati va og‘riqli qismati to‘liq aks eta oldi. Ona rolidagi aktrisaning yurakdan chiqqan so‘zlari va har bir harakati, Qo‘chqor Samad obrazining sotqin, laganbardorlik talqini sahnada chindan jonlandi.
"Usmon Nosir" dramasi nafaqat tarixiy bir shaxsning hayoti, balki butun bir davrning ifodasi, inson jasorati va haqiqatni sevgan qalblar uchun mardlik darsidir. Bu sahna asari boshqa tomoshabinlarning ham yuragida iz qoldirgan boʻlishi kerak. Spektaklni tomosha qilgandan so‘ng, haqiqat yo‘lida kurashayotgan har bir qalbni qadrlashni, jasoratni hurmat qilishni o‘zimga yana bir bor uqtirdim.
©️ Bonujon
https://www.tgoop.com/nanash_qiz

Telegram
BONUJON
Мен энди ишқ дунёсига ҳижрат қилдим. Ундан бошқа ҳамма ҳилқат бачкана, ҳамма гап майда, ҳамма иш кераксиз, ҳамма қайғу кулгили.
***
Ҳозир деразангни чертсам телбаҳол,
Қўлларим титраса тўзғиган пардай.
Хонага ҳатласа нафасим - шамол,
Ичингга тортсанг-у...
Қайнаса зарданг...
Ва имкон бермасанг тўйиб йиғлашга,
Одам деб англасанг мени - кўнгилни.
Завқланиб-завқланиб эртаклар айтсам,
Исмини билмасанг мен келган йўлнинг.
Сим-сиёҳ кечани кечиб ўтса моҳ,
Кўзинг косасида чайқалса осмон.
Юлдузлар санасам...
Юлдузлар ногоҳ
бир-бир кўзларингда
таслим қилса жон.
Демак мен ўлганман...
........................................

Йиғласам шеър эмас, кўз ёш тўкилса...
Демак сен ўлгансан...
Башорат Отажонова

Oldinlari hayotimda rivojlangan, katta shaharlarga intilish katta o‘ringa ega edi. Ularning chiroyli osmono‘par binolari, shovqin-suron bilan to‘la ko‘chalari, imkoniyatlar va harakatga boy hayoti meni o‘ziga tortardi. Go‘yo barcha orzularimning manzili o‘sha shaharlardek tuyulardi. Ammo vaqt o‘tgan sari fikrim o‘zgara boshladi.
Endi esa qalbim tinchlikni, xotirjamlikni qidirdi. Tabiatning sokin manzaralari, yashil dalalar, tog‘lar va daryo bo‘ylarining tiniq havosi men uchun haqiqiy huzurni anglatadi. Shovqinli shaharlar bergan hayajon o‘rnini tabiatning osoyishta quchog‘idagi tinchlik egalladi. Shaharning sun’iy jilosi bilan tabiatning samimiy va haqiqiy quchog‘i o‘rtasidagi farqni his qilaman.
Bugun men uchun haqiqiy boylik – tabiatning quchog‘ida vaqt o‘tkazish. Bu yerda hamma narsa sodda, lekin ma’noga boy. Daraxtlarning shovullashi, qushlarning sayrashi, yerning nafasi – bular hayotning asl mazmunini eslatadi. Endi orzularim katta shaharlarni emas, balki tabiatning sokin manzaralarini qamrab oladi. Shu yerda men o‘zimni topaman, energiya to‘playman va haqiqiy hayot go‘zalligini his qilaman.
Shunday qilib, shaharlar imkoniyat ramzi bo‘lsa, tabiat mening haqiqiy erkinlik va huzur manzilimga aylandi.
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Endi esa qalbim tinchlikni, xotirjamlikni qidirdi. Tabiatning sokin manzaralari, yashil dalalar, tog‘lar va daryo bo‘ylarining tiniq havosi men uchun haqiqiy huzurni anglatadi. Shovqinli shaharlar bergan hayajon o‘rnini tabiatning osoyishta quchog‘idagi tinchlik egalladi. Shaharning sun’iy jilosi bilan tabiatning samimiy va haqiqiy quchog‘i o‘rtasidagi farqni his qilaman.
Bugun men uchun haqiqiy boylik – tabiatning quchog‘ida vaqt o‘tkazish. Bu yerda hamma narsa sodda, lekin ma’noga boy. Daraxtlarning shovullashi, qushlarning sayrashi, yerning nafasi – bular hayotning asl mazmunini eslatadi. Endi orzularim katta shaharlarni emas, balki tabiatning sokin manzaralarini qamrab oladi. Shu yerda men o‘zimni topaman, energiya to‘playman va haqiqiy hayot go‘zalligini his qilaman.
Shunday qilib, shaharlar imkoniyat ramzi bo‘lsa, tabiat mening haqiqiy erkinlik va huzur manzilimga aylandi.
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Telegram
BONUJON
Мен энди ишқ дунёсига ҳижрат қилдим. Ундан бошқа ҳамма ҳилқат бачкана, ҳамма гап майда, ҳамма иш кераксиз, ҳамма қайғу кулгили.
Seni asrab keldim
Kaftimga solib,
Sogʻinsam –
Yuzimga bosdim kaftimni.
Bir qultum yosh kabi
Koʻzimga olib,
Yellarga sovurgan kabi
Baxtimni –
Seni asrab keldim
Kaftimga solib.
Nega yulduz tomar
Qaroqlarimdan,
Oʻzimdan oʻtdim men,
Oʻzimdan oʻtding.
Qancha asramayin
Barmoqlarimdan –
Bir piyola suvday
Toʻkilib ketding.
Seni asrab keldim
Kaftimga solib...
Xosiyat Rustamova

MANA ZAHAR. HOZIR ICHAMAN,
Ketaman men sizning hayotingizdan,
"Sevaman", deb sizni aldadim.
Rauf Parfi

Forwarded from Rahmon Ergench
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimga achinishim kerak? Axir, bu dunyoda hamma sargardon...
©️Sergey YESENIN
©️Sergey YESENIN
Sevgilim, xabar ol,
Va so‘ngi bora sevishing aytib qol,
Xohla qovog‘ing sol, xohla jilmayib.
Bugun chap ko‘ksimda sen bor, sevgi bor,
Bugun o‘ng ko‘ksimga ko‘char yuragim.
Sevgilim, xabar ol yurak-yurakdan
qizarib, ko‘pirib kelyapti vulqon.
Bugun har kungidan ko‘proq keraksan,
Bugun har kungidan ko‘proq sevaman!
Sevgilim, xabar ol, tunda, saharda,
Tushlarimga kelib aylagin bezor.
Meni tanishim yo‘q boshqa shaharda,
Meni tanigandan Xudo bor, sen bor.
Sevgilim, xabar ol, mast-alas daydib,
Goh yerni quchoqlab, goh ko‘kka uchib.
Yurakning huruji qo‘zg‘algan payti –
ertaga kechikib qolmaslik uchun,
Sevgilim, xabar ol!
Muhammad Ali

Forwarded from Ҳикмат истаганга...
#чидама деган челленжга яна битта видеоклип қўшиш керак.
Унда ишхонада эртадан-кечгача ишлаётган, устига-устак бошлиғидан сўкиш эшитадиган, баъзи эркак коллегаларнинг қистириқ гапларидан безиган аёл-қиз вакилларига қарата "чидама, уйда ўтир, ўрнингга эринг ишласин" деган маънода тарғиб бўлиши керак.
Ия ғалатимасми, ундан кўра иш муҳитини яхшилаш керак-ку, дейишингиз мумкин. Худди шундай, оила институтини яхшилаш ва ислоҳ қилиш ўрнига "чидама, қочиб кет, ёлғиз яша" деб ўргатаётганлар ҳам худди шундай бузғунчиликни тарғиб қиляпти.

#munojot
Ilohi, dardi holimni har kimga aytsam, rad qilsa, Senga tavajjuh etgayman,
Va agar Sen rad qilsang netgayman va kimga ketgayman?
Alisher Navoiy
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Ilohi, dardi holimni har kimga aytsam, rad qilsa, Senga tavajjuh etgayman,
Va agar Sen rad qilsang netgayman va kimga ketgayman?
Alisher Navoiy
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Telegram
BONUJON
Мен энди ишқ дунёсига ҳижрат қилдим. Ундан бошқа ҳамма ҳилқат бачкана, ҳамма гап майда, ҳамма иш кераксиз, ҳамма қайғу кулгили.
***
Visol!
Koʻzingga oy jilvasi tushgani kabi,
Uvushgani kabi butun vujuding!
Sen unga ot solib boraverasan,
Torayib boradi uning hududi.
Dildor!
Lavzini unutgan partiya misol,
Lablari tarozi, qovogʻi soliq.
Koʻngliga ichkari kiraverganing
Sari qocha boshlar oʻzini olib.
Oshiq!
Bu soʻz ikkisidan kattaroq, kengroq,
Na vaqtga, taqdirga berar koʻnimin.
Yanchilishi ayon bugʻdoy singari
Tegirmon toshiga urar oʻzini...
Men,
Esam yillarki shu uchta soʻzning,
Qaysi burchagiga sigʻinish bilmay,
Arosat yukini yelkamga ortib,
Xudodan oʻzgani tanimas qulman.
Bu soʻz barisidan kattaroq, kengroq...
©️ Bonujon
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Visol!
Koʻzingga oy jilvasi tushgani kabi,
Uvushgani kabi butun vujuding!
Sen unga ot solib boraverasan,
Torayib boradi uning hududi.
Dildor!
Lavzini unutgan partiya misol,
Lablari tarozi, qovogʻi soliq.
Koʻngliga ichkari kiraverganing
Sari qocha boshlar oʻzini olib.
Oshiq!
Bu soʻz ikkisidan kattaroq, kengroq,
Na vaqtga, taqdirga berar koʻnimin.
Yanchilishi ayon bugʻdoy singari
Tegirmon toshiga urar oʻzini...
Men,
Esam yillarki shu uchta soʻzning,
Qaysi burchagiga sigʻinish bilmay,
Arosat yukini yelkamga ortib,
Xudodan oʻzgani tanimas qulman.
Bu soʻz barisidan kattaroq, kengroq...
©️ Bonujon
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
OZ QOLDI, TUGATIB QO’Y (1).pdf
18.2 MB
📖 Ramazon uchun maxsus sovg‘alar! 🌙
Assalomu alaykum, azizlar! Ramazon yaqinlashib kelmoqda, demak, bu muborak oyga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi! Sizga Ramazonni yanada mazmunli o‘tkazishingizga yordam beradigan quyidagi mahsulotlarni taklif qilamiz:
✨ Ramazon kundaligi – 40 000 so‘m
🕌 Kunlik rejalaringizni belgilash, duolar va fikrlaringizni yozib borish uchun maxsus daftarcha.
📑 Bookmark (Kitob ajratkich) – 5 000 so‘m
📜 O‘z xohishingizga ko‘ra istalgan dizayn va istalgan matn bilan tayyorlab beramiz.
Bu mahsulotlar nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham Ramazon oldidan ajoyib sovg‘a bo‘la oladi!
📩 Buyurtma berish uchun @nanashqiz ga yozing.
📦 Yetkazib berish imkoniyati mavjud emas, mahsulot pdf shaklda beriladi, istalgan print yerlarida chiqarib olishingiz mumkin! Bir qancha tayyor bookmarklarni ilova qildim, istasangiz chiqartirib oling, Ramazon kundaligi esa buyurtma bilan tayyorlanadi!
Obunachilarimdan esa bu postni tarqatishlarini iltimos qilardim.😊

Video message
Ko‘l jimjit. Osmon qorong‘u moviy libosini kiygach, suv sathida yulduzlarning so‘nib-yonishi aks etadi. Ko‘l uzra cho‘zilgan ko‘prikdagi rang-barang chiroqlar suv tubida sirli olam yaratgandek, ko‘l tubidan sirli ko‘zlar boqayotgandek tuyuladi. Shu yorug‘lik ostida suzib yurgan o‘rdaklar tinchlik elchilari singari shivirlashadi. Ularning har bir tovushi go‘yo unutilgan xotiralar, so‘zlanmagan so‘zlar va qalb tubida pinhon yotgan kechinmalarning yangilanishi singari quloqqa chalinadi.
Bu yer, bu tun, bu ko‘l menga hayotimni qayta-qayta kuzatish, o‘tmishimni eslash va kelajagim haqida o‘ylash imkonini beradi. Bu yerda hech kim yo‘q – na odamlar, na shovqin, na ziddiyatlar. Faqat men, ko‘l va uning hikoyasi bor. Har bir to‘lqin asta yuragimni tozalayotgandek, har bir chiroq nuri yo‘limni yoritayotgandek.
Ko‘prikning chetiga suyanaman. Yengil shabada yuzimni silaydi. Xayollarim o‘tgan kunlarni titkilaydi. Har bir kechmish lahzalar singari, suv ham o‘tganlarni olib ketayotgan, lekin shu bilan birga, har safar yangilanib, menga yangi hayot hadya qilayotgandek.
Va shu lahzada anglayman: ba’zan hamma narsadan uzoqda, yolg‘izlik bag‘rida bo‘lish – o‘zini topishning yagona yo‘lidir.
Bonu

Keladi
Qayrilib qaramay, shartta qo'l siltab,
Yelkamga to'nimni ilgim keladi.
Yurgim kelmay qoldi tirikchilik deb,
Tiriklik ko'yida bo'lgim keladi.
Qattiqlashib borar kun sayin qahr,
Tikonda ham zahr, gulda ham zahr
Tirnoqqa arzimas borliging axir,
Ko'ksimni tirnoqlab yulgim keladi.
Yuragim oqadi Samarqand tomon,
Ey, achchig'i shirin, gumoni ayon,
Sevgingga ishonib yashayman hamon,
O'zimning holimga kulgim keladi.
Ketsam, senga eltar jamiyki yo'llar,
Yolg'iz seni quchsam, yuragim to'lar.
Qanday soz, tepamda nafarmon gullar,
Sochingga ko'milib o'lgim keladi.
Iqbol Mirzo
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Qayrilib qaramay, shartta qo'l siltab,
Yelkamga to'nimni ilgim keladi.
Yurgim kelmay qoldi tirikchilik deb,
Tiriklik ko'yida bo'lgim keladi.
Qattiqlashib borar kun sayin qahr,
Tikonda ham zahr, gulda ham zahr
Tirnoqqa arzimas borliging axir,
Ko'ksimni tirnoqlab yulgim keladi.
Yuragim oqadi Samarqand tomon,
Ey, achchig'i shirin, gumoni ayon,
Sevgingga ishonib yashayman hamon,
O'zimning holimga kulgim keladi.
Ketsam, senga eltar jamiyki yo'llar,
Yolg'iz seni quchsam, yuragim to'lar.
Qanday soz, tepamda nafarmon gullar,
Sochingga ko'milib o'lgim keladi.
Iqbol Mirzo
https://www.tgoop.com/nanash_qiz
Forwarded from BookWamp
Milliy sertifikat olishingiz kerak ammo konuşmangiz yaxshi emasmi?
Hayajon va qo'rquv bormi?
Yoki imtihonda qanday gapirish kerakligini bilmaysizmi?
Va boshqa muammolar uchun menda yechim bor.
1 oylik turkcha konuşma kursimga taklif qilaman.
Dars yopiq guruhda bo'lib o'tadi.
Haftasiga 3 marta.
Davomiyligi 2 soat:
18: 00 dan 20: 00 gacha
Kurs narxi 350 ming som
Murojaat uchun: @Meryam_hoca_kursu
Tel: +998945010198