⚡️Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 23-dekabrdan 10-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Qashqadaryoda 4 ta davlat oliygohlari tugatilmoqda
“Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-428-son, 10.12.2024 yil) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
📁 Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat ko'rsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari bo'yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
🗓 2025/2026-o'quv yilidan:
➖ qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va atrof-muhit muhandisligi yo'nalishlarida kadrlar tayyorlash salmog'i oshiriladi;
➖ talabalarning fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichini va professor-o'qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
➖ Ta'lim xizmatlari markazi tashkil etib, talabalarga o'qish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar bo'yicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida ko'rsatilishi yo'lga qo'yiladi;
➖ iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o'qitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.
📚 Yuqoridagi OTMlarda tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o'quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.
❗️Avvalroq respublikadagi 20 ta davlat oliygohlari tugatilishi haqida xabar berilgan edi.

Stipendiantlar (@uztdi).pdf
24.1 MB
⚡️Nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlari talabalari ham Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari qatoridan joy oldi
2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
E'tiborlisi, bir qator nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlari talabalari ham Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari munosib deb topilgan.
Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
E'tiborlisi, bir qator nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlari talabalari ham Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari munosib deb topilgan.
Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.
2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.
3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?
4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.
5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.
P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.
— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
Bu yilgi Yangi yil bayramida besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 5 kun, olti kunliklar 4 kun dam olishadi.
➖ 28-dekabr, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
➖ 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
➖ 30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14 dekabr – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
➖ 31-dekabr, seshanba — Prezident farmoni asosida barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami, dam olish kuni.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
➖ 28-dekabr, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
➖ 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
➖ 30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14 dekabr – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
➖ 31-dekabr, seshanba — Prezident farmoni asosida barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami, dam olish kuni.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi?
✅ “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan (oʻttiz bir yoshga toʻlmagan) quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:
➖ oila aʼzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;
➖ ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan;
➖ boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan;
➖ oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
➖ oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz;
➖ I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
➖ farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
➖ jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan;
➖ ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
➖ yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan;
➖ zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan;
➖ “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
➖ haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan;
➖ davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar;
➖ jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
➖ muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan;
➖ psixologik maslahatga muhtoj;
➖ nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
➖ dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan;
➖ yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar kiritiladi.
📑 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.

⚡️Maktab direktori maktabda qimor o'yini tashkil qilganligi aniqlandi
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 17-dekabr kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd natijasida 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etib, sheriklari bilan o‘ynayotganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan.

#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Endi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etiladi
Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.
Qaror bilan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlandi.
Shuningdek, quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi:
➖ oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining attestatsiyasini tashkil etishda ish beruvchi korxona va tashkilotlarga har tomonlama uslubiy jihatdan ko‘maklashish hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
➖ kasbiy ta’lim tashkilotlarida attestatsiyani tashkil etishdan kamida bir oy oldin manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida bitiruvchilarning attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlar hamda ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash va e’lon qilish;
➖ 2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursini kiritish.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
⚡️Endi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etiladi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.
Qaror bilan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlandi.
Shuningdek, quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi:
➖ oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining attestatsiyasini tashkil etishda ish beruvchi korxona va tashkilotlarga har tomonlama uslubiy jihatdan ko‘maklashish hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
➖ kasbiy ta’lim tashkilotlarida attestatsiyani tashkil etishdan kamida bir oy oldin manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida bitiruvchilarning attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlar hamda ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash va e’lon qilish;
➖ 2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursini kiritish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertadan o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlanadi
Qishki perevod haqida batafsil mana bu postlar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
1. https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2499
2. https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2502
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Qishki perevod haqida batafsil mana bu postlar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
1. https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2499
2. https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2502
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Bugun o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlanadi
Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
✅ Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.
Ruxsat kimlarga beriladi?
➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
✅ 20-dekabrdan 20-yanvargacha.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
✅ Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

❓Yoshlar daftariga kirish uchun kimga murojaat qilish kerak?
✅ “Yoshlar daftari”ga kirish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilish mumkin:
📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.
🌐 Havola: https://lex.uz/uz/docs/-6051791
Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi?
https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2514
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
✅ “Yoshlar daftari”ga kirish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilish mumkin:
➖ yashash manzili bo'yicha sektor rahbariga;
➖ www.yoshlardaftari.uz platformasi orqali elektron shaklda;
➖ 1093 qisqa raqamlari orqali operator bilan bog'langan holda;
➖ yoshlardaftari telegram bot orqali ( @yoshlardaftari_bot );
➖ Mahallalardagi yoshlar yetakchisiga.
📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.
🌐 Havola: https://lex.uz/uz/docs/-6051791
Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi?
https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2514
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bogʻcha toʻlovlarining yangi narxlari belgilandi
2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi yangi miqdorlari belgilandi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi yangi miqdorlari belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi
⚡️“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi
✅ Qarorga koʻra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
🔹28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
🔹29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
🔹30-dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
🔹31-dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
🔹1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
🔹2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
⚡️“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi
✅ Qarorga koʻra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
📌 Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
🔹28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
🔹29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
🔹30-dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
🔹31-dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
🔹1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
🔹2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kontrakt narxlari oshishiga tayyor turing
Nodavlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻning 4% qismini Respublika oliy taʼlim kengashiga yoʻnaltirish amaliyoti joriy qilinmoqda.
Qo'shimcha 4% o'lpon joriy etilgach nodavlat oliygohlar ham o‘qitish harajatlaridan kelib chiqib kontrakt narxlarini oshirish ehtimoli yuroqi, balki aniq.
Iqtisodchi-ekspert Yuliy Yusupovning yozishicha, ushbu protokol bilan “ixtiyoriy-majburiy” soliq joriy qilinmoqda. Bektosh Xotamov esa buni noqonuniy qaror demoqda.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Nodavlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻning 4% qismini Respublika oliy taʼlim kengashiga yoʻnaltirish amaliyoti joriy qilinmoqda.
Qo'shimcha 4% o'lpon joriy etilgach nodavlat oliygohlar ham o‘qitish harajatlaridan kelib chiqib kontrakt narxlarini oshirish ehtimoli yuroqi, balki aniq.
Iqtisodchi-ekspert Yuliy Yusupovning yozishicha, ushbu protokol bilan “ixtiyoriy-majburiy” soliq joriy qilinmoqda. Bektosh Xotamov esa buni noqonuniy qaror demoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
❗️Kontrakt narxlari oshishiga tayyor turing Nodavlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻning 4% qismini Respublika oliy taʼlim kengashiga yoʻnaltirish amaliyoti joriy qilinmoqda. Qo'shimcha 4% o'lpon…
Kim ekan o'sha tashabbuskor rektorlar?
Respublika oliy ta'lim kengashi (nodavlat notijorat tashkilot)ning rasman e'lon qilinmagan bayonnomasiga ko'ra,
2025-yil atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun professor-oʻqituvchilarning bir kunlik ish haqqini ushlab qolish tashabbusi ma’qullanibdi.
O'sha tashabbuskor rektorlar ro'yxati hujjatda nega ko'rsatilmadi? Xalq qahramonlarini tanib olsin baraka topkurlar.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Respublika oliy ta'lim kengashi (nodavlat notijorat tashkilot)ning rasman e'lon qilinmagan bayonnomasiga ko'ra,
2025-yil atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun professor-oʻqituvchilarning bir kunlik ish haqqini ushlab qolish tashabbusi ma’qullanibdi.
O'sha tashabbuskor rektorlar ro'yxati hujjatda nega ko'rsatilmadi? Xalq qahramonlarini tanib olsin baraka topkurlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zLiDeP deputati 4 foizlik "o'lpon" yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Bosh prokurorga "Deputat soʻrovi" yubordi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Artikov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri va bosh prokurordan Respublika oliy taʼlim Kengashining nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 4 foizini oʻtkazish boʻyicha chiqarilgan bayonnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan qayta koʻrib chiqish boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish berishni soʻradi.
Deputat tadbirkorlik faoliyati erkinligi qonunlarga muvofiq kafolatlanganini taʼkidlagan.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Artikov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri va bosh prokurordan Respublika oliy taʼlim Kengashining nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 4 foizini oʻtkazish boʻyicha chiqarilgan bayonnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan qayta koʻrib chiqish boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish berishni soʻradi.
Deputat tadbirkorlik faoliyati erkinligi qonunlarga muvofiq kafolatlanganini taʼkidlagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-2026-oʻquv yilida xususiy maktablar soni 700 taga yetkaziladi — Hilola Umarova
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
➖ Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;
➖ Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;
➖ Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;
➖ Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;
➖ Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;
➖ 2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;
➖ Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖ Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖ 4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;
➖ 6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;
➖ “Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;
➖ “Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;
➖ Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;
➖ Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;
➖ Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;
➖ Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
➖ Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;
➖ Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;
➖ Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;
➖ 6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qirgʻizistonda davlat tilida xizmat koʻrsatmagan muassasalar jarimaga tortilishi mumkin
Fuqarolar kafe, restoran va boshqa muassasalarda mijozlarga faqat rus tilida xizmat koʻrsatayotganidan shikoyat qilgan. Davlat tili boʻyicha milliy komissiya huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritish, bunday muassasalarni javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Fuqarolar kafe, restoran va boshqa muassasalarda mijozlarga faqat rus tilida xizmat koʻrsatayotganidan shikoyat qilgan. Davlat tili boʻyicha milliy komissiya huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritish, bunday muassasalarni javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aytishlaricha, HEMIS dasturi o'rniga muqobil boshqa sayt ko'rib chiqilmoqda.
U HEMIS o'rniga yangi o'quv yilidan joriy qilinib, tizimdagi menyular biroz ortishi hamda hemis kabi xususiy oliygohlar uchun ham majburiy bo'lishi aytilmoqda.
Yangi tizimda talabalar uchun baholash va o'qitish fuksiyalarida o'zgarishlar kutilmayapti. Asosiy kutilmalar saytdagi o'zgarishlar hamda har bir talabalar uchun oliygohlarga pullik obuna joriy etilishida demoqda vaziyatdan xabardor manbalar. (Obunalar talaba tomonidan to'lanmaydi)
Ushbu sayt hozirgi HEMIS asoschilariga aloqador hisoblanmaydi hamda HEMIS-2 nomi bilan joriy qilinishi mumkin.
Manba
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
U HEMIS o'rniga yangi o'quv yilidan joriy qilinib, tizimdagi menyular biroz ortishi hamda hemis kabi xususiy oliygohlar uchun ham majburiy bo'lishi aytilmoqda.
Yangi tizimda talabalar uchun baholash va o'qitish fuksiyalarida o'zgarishlar kutilmayapti. Asosiy kutilmalar saytdagi o'zgarishlar hamda har bir talabalar uchun oliygohlarga pullik obuna joriy etilishida demoqda vaziyatdan xabardor manbalar. (Obunalar talaba tomonidan to'lanmaydi)
Ushbu sayt hozirgi HEMIS asoschilariga aloqador hisoblanmaydi hamda HEMIS-2 nomi bilan joriy qilinishi mumkin.
Manba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari:
👉 1-yanvar – Yangi yil;
👉 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉 21-mart – Navro‘z bayrami;
👉 31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉 7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha);
👉 1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉 8-dekabr – Konstitutsiya kuni.
❗️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining ko‘rsatilgan kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.