Telegram Web
⚡️Aytishlaricha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vodiyda joylashgan nodavlat oliygoh litsenziyasini bekor qilish yuzasidan sudga da'vo arizasi kiritgan. Sud da'voni rad etib, oliygoh foydasiga qaror qabul qilgan.

Har yili vazirlik 5-6 ta xususiy oliygohni sudga berishi odatiy holga aylanib ulgurdi, balki an'anaga aylangandir.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalarining turli taklif, tashabbus hamda murojaatlari tinglandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Maktaba yoʻq bir tiyinni toʻyga ming soʻmlab berur, Chorasi mushkul kasalga mubtalodir bizni xalq.


© Abdulhamid Cho'lpon

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygohlar faoliyatiga oid muhim eslatmalar

📝 Tartibga solish va talablar:

📂 Hemis dasturi: Barcha nodavlat oliygohlar “Hemis”dasturida toʻliq roʻyxatdan oʻtishi shart. “Hemis”ga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi.

📑 Kontrakt shartnomalari: Faqatgina kontrakt.edu.uz orqali rasmiylashtirilgan kontraktlargina haqiqiy hisoblanadi. Taʼlim krediti faqat shu sayt orqali berilgan shartnomalar uchun amal qiladi.

🎓 Qabul jarayoni va kvotalar:

📅 Qabul sanasi: Nodavlat oliygohlar yilda bir marta (iyun-sentyabr oylarida)gina talabalarni qabul qilishi mumkin.
👨‍🎓 Talabalar soni cheklovi: 2025-oʻquv yildan boshlab - oliygohlar istagancha talabalarni qabul qila olmaydi. Kunduzgi taʼlim shaklidagi talabalar sonidan ortiqcha soʻnggi taʼlim shakllariga (sirtqi, kechki, masofaviy) talabalar qabul qilinishi mumkin emas.
👉 Formula: Kunduzgi = Sirtqi + Kechki + Masofaviy.

🛠️ Nazorat va sifat baholash:

📅 Davlat akkreditatsiyasi: Nodavlat oliygohlar har 4 yilda bir marta kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtishi shart. Bu akkreditatsiya oliygohlarning taʼlim sifatini baholaydi va ularning faoliyatiga qonuniy asos boʻladi.

🔰 Qoʻshimcha talablar va tavsiyalar:

📚 Oʻquv rejalari va dasturlar: Nodavlat oliygohlar taʼlim dasturlarini davlat standartlari va oʻquv rejalariga muvofiqlashtirishi lozim.
📊 Moliyaviy hisobotlar: Barcha moliyaviy operatsiyalar shaffofligi taʼminlanishi, oʻquv toʻlovlari va xarajatlari ochiqlashtirilishi kerak.
🧑‍🏫 Pedagoglar malakasi: Oʻqituvchilar doimiy ravishda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari shart.

📢 Maʼlumot uchun: Nodavlat oliygohlarda oʻqishni rejalashtirayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga ushbu qoidalarni diqqat bilan oʻqib chiqish va barcha shartlarga amal qilish tavsiya etiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: "Qishki perevod" natijalari e'lon qilindi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Bugundan boshlab talabalar OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

Quyida kimlar o‘qishni qishda ko‘chirishi mumkinligi haqida ma‘lumot berilgan: https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2518

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"3-4 yildan keyin jamiyatda "massoviy" diplomli ishsizlar paydo bo'la boshlaydi" – Axtam Yakubov


P/S. Aslida bundan ham kamroq vaqt qoldi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️​​my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

💻 my.gov.uz/uz/servitse/1017 — Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/255 — Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/855 — Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini onlayn olish tartibi;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/640 — Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/325 — Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/949 — "Ishga marhamat" monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari kurslarida oʻqish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/187 — Vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/308 — Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/126 — Soliqdan qarzi mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/357 — Elektron raqamli imzo olish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/853 — Avtotransportni onlayn sugʻurtalash;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/412 — Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/491 — Oʻz oʻzini band qilgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/263 — Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/378 — Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/418 — Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

💻 my.gov.uz/uz/servitse/587 — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/654 — Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/938 — Kredit tarixi oʻrganilganligi boʻyicha ogohlantiruvchi «SMS-xabarnoma» olish.

💻 Oilakredit.uz — oilaviy tadbirkorlik boʻyicha kredit olish uchun ariza berish boʻyicha;

💻 ipoteka-bozori.uz — yangi tartibdagi ipoteka kreditlari;

💻 Subsidiya.mf.uz — subsidiya rasmiylashtirish boʻyicha;

💻 smart-market.uz —  yirik ishlab chiqaruvchi, ulgurji savdo, yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar uchun oʻz mahsulot hamda xizmatlarini erkin sotish hamda kredit oluvchilar uchun mahsulot yetkazib beruvchi firmani erkin tanlash imkoniyati mavjud.

💻 Infokredit.uz yoki my.gov.uz — kredit tarixini bilish uchun;

💻 bank-kredit.uz  —"20 tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida kreditga ariza berish;

💻 portal.infokredit.uz — Yuridik shaxslar kredit tarixi haqidagi maʼlumotni olishi uchun.

📱my.gov.uz ilovasini yuklab olish: Google Play yoki App Store

☎️ Banklarning telefon raqami 👈

👆Yuqorida koʻrsatilgan xizmatlardan foydalanish uchun «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tili oʻqituvchilari uchun 50 million soʻmlik subsidiya ajratiladi

Arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 25 fevralga qadar topshirish lozim. Roʻyxatdan oʻtish va zarur hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus havola orqali murojaat qilish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada obunachilarim uchun pulni ishonchli saqlash va o‘tkazish juda muhim! Buning uchun T‑Bank – ishlash va yashash uchun barcha imkoniyatlarga ega eng yirik banklardan biri.
Bank ilovasi orqali pul o‘tkazmalari yuborish, soliqlarni to‘lash va uy-joy, ish hamda o‘qish bo‘yicha maslahatlar olish mumkin. Rossiya fuqaroligi bo‘lmagan xorijiy raqamga kartani rasmiylashtirish ham imkoniyati bor.

Havola orqali Black kartasini rasmiylashtirib, Pro obunasiga o‘ting va 1 oy bepul foydalanish, shuningdek:
- Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga komissiyasiz 50 000 ₽ gacha pul o‘tkazma (Pro obunasisiz – 20 000₽ gacha);
- Xorijliklarga yordam xizmati;
- Bepul xizmat ko'rsatish (agar kartada va debet hisoblarda 50 000 ₽ dan ortiq mablag‘ bo‘lsa);
- Rus va o‘zbek tillarida 24/7 yordam.

Havola orqali kartani rasmiylashtiring va u Rossiya bo‘ylab sizga bepul yetkaziladi.
https://t.tb.ru/nodavlattalim_
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi

24 fevral kuni Samarqandda 19 yoshli talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokakuratura matbuot xizmati rahbari Hayot shamsutdinov Uzreport.news'ga maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 19 fevral kuni soat 17:00 atrofida 2005 yilda tug‘ilgan S.M. Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonning derazasidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan tomonidan ko‘zdan kechirilib, S.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur fuqaro ISFT xususiy institutining talabasi ekanligi aytilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-yil 1-apreldan Oʻzbekistonda aholi isteʼmolchilari uchun elektr energiyasi tariflari quyidagicha belgilanadi:

200 kVt/soatgacha: 1 kVt/soat uchun 600 soʻm
201–1000 kVt/soat: 1 kVt/soat uchun 1000 soʻm
1001–5000 kVt/soat: 1 kVt/soat uchun 1500 soʻm
5001–10 000 kVt/soat: 1 kVt/soat uchun 1750 soʻm
10 000 kVt/soatdan yuqori: 1 kVt/soat uchun 2000 soʻm


Bu tariflar Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi qarori asosida joriy etilgan boʻlib, unda aholi va isteʼmolchilar uchun tabaqalashtirilgan tariflar hamda "ijtimoiy norma" tushunchasi kiritilgan.

Energetika vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu oʻzgarishlar elektr energiyasi taʼminoti sifatini oshirish va tarmoqni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-yil 1-apreldan Oʻzbekistonda tabiiy gaz narxlari oshirilishi kutilmoqda.

Quyida yangi tariflar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etamiz.

Aholi uchun tabiiy gaz tariflari:

Mart-oktyabr oylari (isitish mavsumidan tashqari):

100 kub metrgacha isteʼmol: 650 soʻmdan 1000 soʻmgacha oshadi.
101 kub metrdan 2500 kub metrgacha: 1800 soʻm.
2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha: 2100 soʻm.
5000 kub metrdan 10000 kub metrgacha: 2500 soʻm.
10000 kub metrdan yuqori: 3000 soʻm.

Noyabr-fevral oylari (isitish mavsumi):

500 kub metrgacha isteʼmol: 650 soʻmdan 1000 soʻmgacha oshadi.
501 kub metrdan 2500 kub metrgacha: 1800 soʻm.
2501 kub metrdan 5000 kub metrgacha: 2100 soʻm.
5001 kub metrdan 10000 kub metrgacha: 2500 soʻm.
10000 kub metrdan yuqori: 3000 soʻm.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uzoq tanaffusdan so'ng yangi xususiy universitetga litsenziya berildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 25.02.2025 sanasida "Sharq-University" MCHJga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya taqdim etildi.

E'tiborlisi, yangi oliygoh 4 ta binoda faoliyat ko'rsatish uchun ruxsat olgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-2026-oʻquv yili uchun 823.pdf
408 KB
⚡️Ustama olmoqchi bo'lgan o'qituvchilar diqqatiga!

Ustama belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari, tadbirlar va tanlovlar roʻyxati eʼlon qilindi.

2025-yil iyun oyida ustama tayinlashda aynan shu tanlov va tadbirlar hisobga olinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kelasi yildan sertifikati yo‘q abituriyentlar ba’zi yo‘nalishlarga hujjat topshira olmaydi!

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.


Bu nima degani?

Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

Kelasi yil topshiradiganlarga yuboring!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Yolg'onga asoslangan jamiyatda – universitetlarda sodir bo'layotgan teatrga "ilm" deyiladi.


© Yulo Vooglayd

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

❗️Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Oʻzbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarorini imzoladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
⚡️Endi pensiya yoshidagi oʻqituvchilar ham majburiy attestatsiyaga jalb etiladi

1-sentyabrgacha olingan toifalar umrbod amal qiladi. Ushbu sanadan keyin olingan toifa sertifikatlari har 5-yilda yangilanishi kerak.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov ma'lum qildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 11:24:09
Back to Top
HTML Embed Code: