⚡️Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi
🔰 Qarorga ko'ra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to'qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
📌 Muhandislik, qurilish, to'qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko'rsatish sohalari bo'yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma'lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg'or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
✅ 2025/2026-o'quv yilidan ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralari ko'riladi.
➖ 2026/2027-o'quv yiligacha Universitetning kamida ikkita bakalavriat ta'lim yo'nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o'tkazilishi ta'minlanadi.
➖ 2025-yildan yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
➖ Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to'qimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o'quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
“Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-23-son, 24.01.2025 y.) qabul qilindi

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Turkiy davlatlar xalqaro nodavlat universiteti tashkil etiladi
🔰 Qarorga ko'ra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi.
Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan:
➖ muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash;
➖ o'quv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qo'shma ta'lim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish.
📝 Universitet nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanadi hamda o'z faoliyatini O'zbekistonning ta'lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.
🗓 2025/2026-o'quv yilidan Universitetda ta'lim jarayoni ta'lim sohasida xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro'yxatga kirgan, shuningdek, o'z yo'nalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy ta'lim tashkilotlarining o'quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
✅ Universitetda talabalarni o'qitish to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to'lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.
📁 Universitet faoliyatini yo'lga qo'yish va muvofiqlashtirish bo'yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-24-son, 25.01.2025 y.) qabul qilindi.

⚡️Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi
🔰 Qarorga ko'ra, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
📚 Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
🎓 Universitetda Ilg'or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
🗓 2025/2026-o'quv yiligacha Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasi tashkil etiladi.
✅ 2025/2026-o'quv yilidan:
➖ Universitet talabalarining fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichini va professor-o'qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi.
➖ Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar bo'yicha kasbiy ta'lim dasturlarida to'liq davlat granti asosida o'rta bo'g'in kadrlari tayyorlash yo'lga qo'yiladi.
📌 Hozirda tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini Universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
“Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-25-son, 24.01.2025 y.) qabul qilindi.

❓Men sessiyada 1 ta fandan yakuniy nazoratdan o‘ta olmay fandan 5 kredit qarzdor bo‘lib qoldim. Endi fanni qayta o‘zlashtirishim uchun 5 kreditga qancha pul to‘layman?
✅ Talaba akademik qarzdor boʻlgan bitta fanni qayta oʻzlashtirishi uchun uning tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻladigan toʻlovning miqdori (QTM) bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining (BTKM) bir oʻquv yili uchun belgilangan jami kreditlar miqdoriga (JKM) boʻlinganda hosil boʻladigan boʻlinmani tegishli fanga ajratilgan kredit miqdoriga (FKM) koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Masalan: Aytaylik 1 yil uchun 60 kredit ajratilgan shundan bu semestr (1,3,5,7) uchun ajratilgan umumiy fanlar kredit miqdori 30 kredit. Endi kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun belgilangan bazaviy kontrakt 6.412.000 so‘m bo‘lsa, ushbu summani yarmi 3.206.000 soʻmi ya'ni yarim yillik kontrakt summasini ushbu semestr jami fanlar uchun ajratilgan 30 kreditga bo‘linadi.
6 412 000 : 2 = 3 206 000 soʻm
3 206 000 : 30 (kredit)= 106 866.6 so‘m
106.866 × 5 (kredit)= 534 333 so‘m
📌 Siz 5 kreditga 534 333 so‘m qo‘shimcha pul to‘laysiz.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
✅ Talaba akademik qarzdor boʻlgan bitta fanni qayta oʻzlashtirishi uchun uning tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻladigan toʻlovning miqdori (QTM) bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining (BTKM) bir oʻquv yili uchun belgilangan jami kreditlar miqdoriga (JKM) boʻlinganda hosil boʻladigan boʻlinmani tegishli fanga ajratilgan kredit miqdoriga (FKM) koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Masalan: Aytaylik 1 yil uchun 60 kredit ajratilgan shundan bu semestr (1,3,5,7) uchun ajratilgan umumiy fanlar kredit miqdori 30 kredit. Endi kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun belgilangan bazaviy kontrakt 6.412.000 so‘m bo‘lsa, ushbu summani yarmi 3.206.000 soʻmi ya'ni yarim yillik kontrakt summasini ushbu semestr jami fanlar uchun ajratilgan 30 kreditga bo‘linadi.
6 412 000 : 2 = 3 206 000 soʻm
3 206 000 : 30 (kredit)= 106 866.6 so‘m
106.866 × 5 (kredit)= 534 333 so‘m
📌 Siz 5 kreditga 534 333 so‘m qo‘shimcha pul to‘laysiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
⚡️Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi
(kredit-modul tizimi boʻyicha)
✅ 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan;
✅ 1 kredit 30 soatga teng;
✅ 1 ta fanning 6 krediti 180 soat;
✅ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni, 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
(kredit-modul tizimi boʻyicha)
✅ 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan;
✅ 1 kredit 30 soatga teng;
✅ 1 ta fanning 6 krediti 180 soat;
✅ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni, 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farg'onada bir qator OTMlar tashkil etiladi
Qarorga ko'ra, quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi:
➖ Farg'ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali negizida Farg'ona davlat texnika universiteti;
➖ Qo'qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filiali negizida Qo'qon davlat universiteti;
➖ O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filialini qo'shib yuborish yo'li bilan Farg'ona davlat universiteti.
🗓 2025/2026-o'quv yilidan:
➖ mazkur universitetlarning malaka talablari va o'quv dasturlari yuqori 300 talik ro'yxatga kirgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi;
➖ iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o'qitiladigan alohida guruhlarda tashkil etiladi;
📋 Farg'ona davlat texnika universitetida Ilg'or muhandislik maktabi va “spin-off” korxonalari faoliyati tashkil etiladi hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
🎓 Tugatilayotgan oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
“Farg'ona viloyatidagi oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-26-son, 24.01.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi:
➖ Farg'ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali negizida Farg'ona davlat texnika universiteti;
➖ Qo'qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filiali negizida Qo'qon davlat universiteti;
➖ O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filialini qo'shib yuborish yo'li bilan Farg'ona davlat universiteti.
🗓 2025/2026-o'quv yilidan:
➖ mazkur universitetlarning malaka talablari va o'quv dasturlari yuqori 300 talik ro'yxatga kirgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi;
➖ iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o'qitiladigan alohida guruhlarda tashkil etiladi;
📋 Farg'ona davlat texnika universitetida Ilg'or muhandislik maktabi va “spin-off” korxonalari faoliyati tashkil etiladi hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
🎓 Tugatilayotgan oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yuridik texnikum o'qituvchilari 1,5 mln. so'm atrofida oylik ish haqqi olishlariga to'g'ri kelmoqda
Yurist Saidali Muxtoraliyevning yozishicha, oʻqituvchilarga 0,5 stavkalik hajm boʻyicha ish haqi toʻlashga toʻgʻri kelmoqda. Bu taxminan 1,5 mln. soʻm atrofidagi oylik ish haqi degani.
Yuridik texnikumlarning oliy yuridik maʼlumotli va malakali pedagoglarini toʻliq yoʻqotish arafasida turibmiz. - deydi huquq faoli.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Yurist Saidali Muxtoraliyevning yozishicha, oʻqituvchilarga 0,5 stavkalik hajm boʻyicha ish haqi toʻlashga toʻgʻri kelmoqda. Bu taxminan 1,5 mln. soʻm atrofidagi oylik ish haqi degani.
Yuridik texnikumlarning oliy yuridik maʼlumotli va malakali pedagoglarini toʻliq yoʻqotish arafasida turibmiz. - deydi huquq faoli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin
Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.
Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.
Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo’ldi
Sirdaryolik o’qituvchi 20 yildan buyon bir maktabda ishlab, kasb kasalligi “surunkali laringit” ga chalingani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo’lishicha, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi kasb kasalligi tufayli nafaqaga chiqqan pedagogning pullarini o‘z vaqtida to‘lab bermagan. Shu sababdan u O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyat kengashi esa sudga da’vo arizasi kiritgan.
Shuningdek, bu bo’yicha javobgar kasaba uyushmasi tomonidan tegishli ko’rsatma xatlari kelib tushgan lekin bajarilmagan. Sud yakuniga ko‘ra, o‘qituvchining manfaati qondirilib, 70 million so’m zarar va tovon pullari undirib beriladigan bo‘ldi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Sirdaryolik o’qituvchi 20 yildan buyon bir maktabda ishlab, kasb kasalligi “surunkali laringit” ga chalingani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo’lishicha, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi kasb kasalligi tufayli nafaqaga chiqqan pedagogning pullarini o‘z vaqtida to‘lab bermagan. Shu sababdan u O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyat kengashi esa sudga da’vo arizasi kiritgan.
Shuningdek, bu bo’yicha javobgar kasaba uyushmasi tomonidan tegishli ko’rsatma xatlari kelib tushgan lekin bajarilmagan. Sud yakuniga ko‘ra, o‘qituvchining manfaati qondirilib, 70 million so’m zarar va tovon pullari undirib beriladigan bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gazsiz yashash mumkin, Qodirov bilan uzoq yashab bo'lmaydi - manba
Avvalroq "gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi" - deya post qoldirgandi Alisher Qodirov
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Avvalroq "gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi" - deya post qoldirgandi Alisher Qodirov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati
© Misrlik yozuvchi Mustafo Mahmud
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Qoloq davlatlar erishgan eng katta yutuq — ular oʻz fuqarolarini jahon chempionatiga chiqish eng katta yutuq hamda taʼlim va tibbiyotning inqirozi oddiy narsa ekaniga ishontira olishdi.
© Misrlik yozuvchi Mustafo Mahmud
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025
Javoblar varaqasi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi.
PDF shaklini yuklab olish
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Javoblar varaqasi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi.
PDF shaklini yuklab olish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati
© Margaret Tetcher
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
"Hech qanday davlat puli yo‘q. Faqat soliq to‘lovchilarning puli bor."
© Margaret Tetcher
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).
PDF ro'yxatni yuklab olish
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).
PDF ro'yxatni yuklab olish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkentda hokim yordamchisi 20 kishi nomiga 427 mln. so‘m kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi.
Poytaxtda hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Poytaxtda hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nostrifikatsiya uchun ro'yxatdan o'tish va imtihon tartibi haqida batafsil
Nostrifikatsiya (xorijiy diplomlarni O'zbekiston hududida tan olinishi) uchun ro'yxatdan o'tishning 2 xil usuli mavjud:
➖ My.gov.uz sayti orqali
➖ Davlat xizmatlari markazi orqali
🗂 Kerakli hujjatlar:
➖ Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom (o'zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)
➖ Diplom ilovasi (o'zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)
👨🦱 DXM orqali murojaat qilinganda:
➖ pasport;
➖ Diplom va ilovaning asl nusxasi;
➖ Diplom va ilovaning o'zbek tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan nusxasi.
💵 Nostrifikatsiya uchun to'lov mavjud bo'lib, u bazaviy hisoblash miqdoring 3 barobarini (1 125 000 so'm) tashkil etadi.
🖋 Ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi va hujjatlarda kamchilik mavjud bo'lmasa imtihonga kirish uchun tegishli ruxsatnoma shakllanadi.
💻 Imtihon va o'tish bali haqida:
Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir test savoli uchun 2 daqiqadan, jami 100 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoli 2 ball bilan baholanadi. Imtihondan o'tish 56 balni tashkil etib, undan kam to'plangan holda testdan o'tolmagan hisoblanib, diplom tan olinmaydi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Nostrifikatsiya (xorijiy diplomlarni O'zbekiston hududida tan olinishi) uchun ro'yxatdan o'tishning 2 xil usuli mavjud:
➖ My.gov.uz sayti orqali
➖ Davlat xizmatlari markazi orqali
➖ Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom (o'zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)
➖ Diplom ilovasi (o'zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)
➖ pasport;
➖ Diplom va ilovaning asl nusxasi;
➖ Diplom va ilovaning o'zbek tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan nusxasi.
Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir test savoli uchun 2 daqiqadan, jami 100 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoli 2 ball bilan baholanadi. Imtihondan o'tish 56 balni tashkil etib, undan kam to'plangan holda testdan o'tolmagan hisoblanib, diplom tan olinmaydi.
👫 Test sinovlaridan o'tolmagan talabgor qaytadan ro'yxatdan o'tishi mumkin va qayta ro'yxatdan o'tishda bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari (750 ming so'm) to'lov amalga oshiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygohning filial manzili litsenziyada koʻrsatilishi shart!
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziya talablari va shartlari tasdiqlangan.
Har bir nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasida faoliyat manzili aniq koʻrsatilgan boʻladi va oliygoh faqatgina mazkur manzilda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.
Litsenziyada faoliyat manzili aniq koʻrsatib oʻtilishining sababi litsenziya berishdan avval aynan ushbu manzildagi bino va hududning qarorda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi. Qonuniy filiali mavjud universitetlarning litsenziyasida filial manzili ham koʻrsatib oʻtilgan boʻladi.
Ayrim nodavlat oliygohlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida boshqa viloyatda ham qabul ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyishi mumkin. Biroq bu holat universitet oʻsha viloyatda ham oʻqitadi, degan maʼnoni anglatmaydi.
Agar qaysidir nodavlat universitetning vakillari Sizga boshqa manzilda filiali borligini maʼlum qilsa, litsenziyadagi faoliyat manzili qismida oʻsha manzil ham koʻrsatib oʻtilganligini tekshirib koʻring.

⚡️Quyidagi oʻqish davrlari ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi
❗️Talabalar yuqorida keltirilgan taʼlim turlarining kunduzgi taʼlim shaklida oʻqigan boʻlsa pensiyaga chiqayotganida oʻsha oʻqigan davrlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Manba
Asos: https://lex.uz/acts/-112314
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan:
➖ Oliy ta’lim muassasalarida;
➖ magistratura va klinik ordinaturada;
➖ stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutida;
➖ katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida;
➖ tayanch doktoranturada;
➖ doktoranturada;
➖ chet elda o‘qigan davlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadigan davrlari hisoblanadi.
❗️Talabalar yuqorida keltirilgan taʼlim turlarining kunduzgi taʼlim shaklida oʻqigan boʻlsa pensiyaga chiqayotganida oʻsha oʻqigan davrlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Manba
Asos: https://lex.uz/acts/-112314
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun tanlov
📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.
✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.
2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.
📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.